Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish
Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tartibi
Download 11.38 Kb.
|
13-mavzu FAO-WPS Office
Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tartibiXorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tartibiAQShda moliyaviy resurslar ham federal va munitsipal byudjetlar orqali davlatdan (1998 yilda 49%) va ham xususiy firmalar va tashkilotlardan (o’sha 1998 yilda 46,7% ni tashkil qilgan ) kelib tushadi. Universitetlar, kollejlar va xususiy- hukumat fondlari ITTKI ni moliyalashtirishda 5%dan ko’proq ishtirok etganlar AQShda innovatsiyalarni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlar tizimi uchun keyingi yillarda dasturli-maqsadli yondoshishni tarqalishi xosdir.Bunda moliyaviy resurslar ham ustuvor texnologik (biotexnologiya, energetika, elektronika, sog’liqni saqlash) va ham sohaviy yo’nalishlar(agrokosmik, harbiy sanoat va h.k.) jamlanadilar. Masalan, agronomik sanoatda ITTKI ning to’rtdan uch qismidan ko’prog’i davlat assignovatsiyalarida bo’ladilar. Yangi konstruktsion materiallarni ishlab chiqarishdagi ilmiy tadqiqotlarning 35% ham davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bunda moliyaviy resurslar ham ustuvor texnologik (biotexnologiya, energetika, elektronika, sog’liqni saqlash) va ham sohaviy yo’nalishlar Yevropa mamlakatlar xuddi shunday tartibda ko’p ilm iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlar va yuqori texnologik mahsulotlarning ahamiyati o’smoqda. ITTKI ni davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida innovatsion jarayonni vositali qo’llab-quvvatlashning ham to’g’ridan to’g’ri shakllari va ham samarali usullari (soliq imtiyozlari, imtiyozli hukumat krediti, amortizatsion hisobdan chiqarishlar) biriktiriladi. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning bunday turi Frantsiya, Avstriya, Shvetsiya va h.k.da keng qo’llaniladi. Xuddi davlatning qo’lida moliyalashtirishning bunday manbalari innovatsion faoliyatni rivojlantirishning rag’batiga aylanadiEng istiqbolli innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar xususiy kasbiy boshqariladigan innovatsion venchurli fondlarga murojaat qiladilar. Qoidaga ko’ra, byurokratik himoya va ko’p bosqichli bo’ysunishdan xoli bu fondlar, innovatsion tadbirkorga kerakli boshlang’ich sarmoyalarni, shu jumladan start oldi xarajatlarni beradilar.Download 11.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling