Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish


Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish


Download 11.38 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi11.38 Kb.
#1526689
1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu FAO-WPS Office

Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish

irga qadar rivojlangan mamlakatlarda moliyalashtirishda elektr energiyasi, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog’liq investitsion loyhalar katta ommaviylikka ega bo’lganlar. Endi loyihaviy moliyalashtirish ham sanoatning infratuzilmasini va qayta ishlab chiqaruvchi sohalari bilan bog’liq va ham ilmiy-texnik yangiliklar va ilg’or texnologiyalarga qaratilgan sanoat ob’ektlarining ko’pchiligiga keng tarqalgan. Keyingi yo’nalish yuqori texnologik, ko’p ilm iste’mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga investitsiyalar kiritishning kam sonli tajribasida paydo bo’lgan.

Loyihaviy moliyalashtirish an’anaviy ravishda investitsion loyihalarga mo’ljallanganligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda bu usullar noyob novatorlik yondoshishlar va tubdan yangi ishlab chiqarishlar sohasiga tez kirib bormoqda. Bunda, shubhasiz, loyihaviy va moliyaviy xatarlar, demak loyihalarni ekspertli baholashga talablar ham o’sadi. Bu masalalarni ham uslubiy va ham amaliy va tashkiliy jihatdan hal qilish zarur. Nafaqat kreditorlarni, balki mahsulotning yaroqligini baholash va xatarni bartarf qilishga qodir mustaqil maslahatchilarni topish qiyin. Ishonchli ta’sischilar, samoyadorlar, kafolatchilar, pudratchilar va operatorlardan tashkil topgan loyihaviy jamoani tanlab olish undan ham qiyin. Shunga qaramasdan xuddi innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish bugun eng katta qiziqishni uyg’otadi. Loyihaviy moliyalashtirish kamida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va moliyalashtirish haqidagi uchta printsipial qoidalarni ishonchli ravishda namoyish qiladi.

Birinchisi-sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida shu narsa ko’rinadiki, innovatsion jarayonlarning asosiy qismini har xil darajada va ko’lamdagi xususiy kompaniyalarning kuchlari bilan malga oshirish mumkin. Shubhasiz, innovatsion jarayonlar bu erda maqsadning o’zi emas, balki tadbirkorlik muvaffaqiyatiga erishish vositasi sifatida bo’ladilar. Innovatsion biznes har xil tashkiliy fondlarda akademik “sof fan” va xususiy sarmoya manfaatlari o’rtasida vositachi bo’ladi, chunki innovatsion jarayon daromadli sifatida ko’rib chiqiladi.


1

Download 11.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling