“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
O‘zbekistonda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish yo‘llari
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
7.3.O‘zbekistonda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish yo‘llari
O‘zbekistonda xizmatlar bozorining rivojlanishi o‘ziga xos bo‘lib, u moddiy ishlab chiqarish bilan birga parallel ravishda shakllanmoqda va rivoj topmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida shunday xizmat turlari vujudga kelmoqdaki, ularni rivojlantirmasdan turib, moddiy ishlab chiqarish sohasini ham rivoj toptirish qiyinlashib qoladi. Bugungi kunda axborotlarsiz va ularni amalga oshiradigan xizmat tarmoqlarisiz ishlab chiqarish rivojini tasavvur etish qiyin. Ular esa o‘z navbatida barcha taraqqiyot uchun, shu jumladan, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ham asosiy omillarga aylanib ulgurdi. Tabiiyki, bu jarayonda O‘zbekiston ham dunyo hamjamiyatidan orqada qolib ketmasligi lozim. Bu esa xizmatlar bozorini yanada rivojlantirishni taqozo qiladi. Xizmatlar bozorining yanada rivojlanishiga bir qator sharoitlar ta’sir etadi. Ularga asosan quyidagilar kiradi: bozorning faoliyat yuritish sharoitlari; kishining shaxsiy manfaati; tadbirkorlik, qarorlar qabul qilishi erkinligi; raqobat; . erkin narxlashtirish; huquqiy va iqtisodiy kafolatlar. Xizmatlar bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarga –texnika va texnologiyalarning zamon talabiga javob bermasligi, mutaxassis kadrlarning va moliyaviy resurslarning taqchilligi, aholi daromadlari va xizmatlarga talab darajasining pasayishi, bozor narxlarining darajasi, soliq rejimi va hokazolar kiradi. Milliy iqtisodiyotda xizmat turlarini rivojlantirish uchun, shu sohada yangi ish o‘rinlarini ochish boshqa sohalarga nisbatan arzonligi va qulayligi, xizmatlarning ko‘p turi milliyligi va an’analarimizning saqlanishi hamda rivojlanishiga moyilligining mavjudligi, bozor ko‘nikmasiga, xizmatlarga bo‘lgan talabning, bozor kon’yunkturasining o‘zgarishiga moslashish imkoniyatining kattaligi, xususiy sektorda ushbu sohani tez rivojlantirish mumkinligi, unda moddiy manfaatdorlikning yuqoriligi kabi omillar ham mazkur sohaning rivojlanishini taqozo qiladi. Shuningdek, xizmatlarning turlari xalqaro iqtisodiy munosabatlarda sezilarli darajada rivojlanishi ham mamlakatimizda bu sohani rivojlantirish zaruratini tug‘dirmoqda. Oldinlari bir mamlakat ikkinchi bir mamlakatga asosan transport xizmatlarini ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda ularning ulushi kamayib bormokda. Ularning o‘rnini axborot-kommunikatsiya, moliya va bank xizmatlari, turizm, eksport qilingan tovarlarga iste’mol va ekspluatatsiya qilinayotgan joylarda xizmat ko‘rsatish kabi turlarining ulushi ortib bormokda. Xizmatlar bozori takror ishlab chiqarishda alohida bo‘g‘in sifatida ajralib turmagan bo‘lsada, uning mazkur jarayonning amalga oshirilishida va jadallashishida hissasi katta. U kengaytirilgan ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etmoqda. Mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilishni xizmatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli, kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida xizmatlar rolining kattaligini e’tirof etish lozim. Hozirgi zamon bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqobat afzalliklari– ular tomonidan tanlangan strategik yo‘nalish va uni amalga oshirishning muvaffaqiyatiga yaqinroq bog‘liqlikda bo‘ladi. Shuning uchun xizmat ko‘rsatish korxonalari o‘zlarining maqsadlariga muvofiq innovatsion strategiyani shakllantirishga katta e’tibor qaratishlari lozim. Xizmat ko‘rsatish korxonalari innovatsion strategisining ob’ekti – innovatsion faoliyatdan iborat bo‘ladi. Ehtimol bo‘lgan katta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh xizmatlarni yaratish va ularni innovatsion texnologiyalarning zamonaviy darajasida ishlab chiqarish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Innovatsion strategiya korxonalarning umumiy strategiyasini chuqurlashtiradi, aniqlab beradi va amalga oshishiga ko‘maklashadi. U korxonalar tasarrufidagi resurslardan oqilona foydalanishga, yuqori samarali va qulay sotsial-iqtisodiy natijalarga erishishga yordam beradi. Korxonalarning umumiy strategiyasi va ilmiy-texnik taraqqiyot sohasidagi strategiya o‘rtasidagi aloqa, yangi xizmatning tatbiq etilishi va xizmat ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Innovatsion strategiya–bu korxona faoliyati muammolarining butun majmuasi bilan uzluksiz bog‘liqlikda amalga oshirilishi-dan iborat. Innovatsion xizmatni tatbiq etish strategiyasi – korxona nimani, qachon va qanday texnik-iqtisodiy darajada hamda qanday sharoitlarda ishlab chiqarishini belgilab beradi. “Bunday strategiyani alohida olingan iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari bo‘yicha ham ifodalash mumkin.Jumladan, respublikamiz iqtisodiyotining muhim strategik sohasi turizmda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish raqobat strategiyasideyilgandaturistik xizmat ko‘rsatish sub’ektlari o‘rtasida narx siyosatiga asoslangan xizmat sifati, moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha tuzilgan uzoq muddatli istiqbol rejasi va uni amalga oshirishdan iborat”.36 Innovatsion strategiya korxonadagi xizmat ko‘rsatish jarayonini rivojlanishining, uning sifatiy ta’riflari nuqtai nazaridan samarali dinamikasini ta’minlaydi. U umumiy strategiyada dvigatel rolini o‘ynagandek bo‘ladi. Bir qator rivojlangan davlatlarda innovatsion strategiya – korxonaning raqiblar, iste’molchilar, yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini ta’riflaydi. Demak, innovatsion strategiya yo‘nalishlarini belgilash, istiqbolli rivojlanishning ustuvorliklarini tanlash – korxonaning rivojlanishi va maqsadlarga erishish uchun chora-tadbirlar majmuasiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri − bu hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish hisoblanadi. Mamlakatdagi ayrim hududlarining rivojlanish darajasi, turli omillar ta’sirida (resurslarning kamligi, geografik joylashuvning noqulayligi va hokazolar tufayli) boshqa hududlarga nisbatan jiddiy ortda qolishi kuzatilmoqda. Hududlar o‘rtasida sotsial-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha differensiatsiyaning kuchayib borishini bartaraf etishda, turli mexanizmlar vositasida, ularda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion xizmatlar bozorining hudud iqtisodiyoti rivoj-lanishiga quyidagi chora-tadbirlar ta’sir etishi mumkin: innovatsion taklif va yangiliklarning amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash orqali hudud iqtisodiyotining modernizatsiyalashuvi; hududdagio‘z innovatsion ishlanmalarini yaratishga erishgan va innovatsion mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatlari oshib borayotgan tashkilot (korxona, muassasa)larning qo‘llab-quvvatlanishi va rag‘batlantirilishi; hududiyinnovatsion ishlanmalar bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengayishi; xizmatlar bozorida tadbipkoplik bilan shug‘ullanuvchi va shug‘ullanish istagi bop shaxslapga biznesni yupitishda asqotadigan (moliya, mapketing, axbopot texnologiyalapi va boshqa) muhim masalalap bo‘yicha bepul o‘quv seminaplapining tashkil etilishi; tadbirkorlik faoliyatini yuritishda to‘siq bo‘layotgan infpastpuktupaviy (ichimlik suvi, gaz, elektp enepgiyasi ta’minoti, kanalizasiya) muammolapini baptapaf etish uchun mahalliy hokimiyat vakillari ishining jonlantirilishi va boshqalar. Hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish, nafaqat ularning barqaror rivojlanib borishini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘libgina qolmay, mamlakat hududlarining mutanosib rivojlanishini ta’minlaydi. Xizmatlar bozorining rivojlanishi – mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining o‘stirish va aholining xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish bilan bir qatorda, jamiyatda ishsizlikni birmuncha kamaytirish imkonini tug‘diradi va ushbu bozorda ishlayotgan insonlarning moddiy farovonligini ta’minlaydi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, xizmatlar bozorini rivojlantirish nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshiradi, balki jamiyatning sotsial barqararligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Sotsial yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmushining munosib sifat darajasini ta’minlash, kishilarga jahon andozalari darajasida servis xizmatlar va maishiy qulayliklar yaratish, ishchilarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun ularning uy-ro‘zg‘or tashvishlari uchun sarflanadigan vaqtlarini tejash va buning evaziga bo‘sh vaqtlarini ko‘paytirish muammolari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammolarni yechish uchun xizmat ko‘rsatish bozorini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, unga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni ko‘paytirish, xizmatlar xilma- xilligini va yuqori sifatini ta’minlash zarur bo‘ladi. Xizmatlar bozori − aholining sog‘ligiga, kayfiyatiga, mehnatga bo‘lgan munosabatiga, ishchi-xodimlarning mehnat unumdorligiga, o‘z hayotidan rozilik darajasi va xursandligiga, umuman ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim iqtisodiy segmentdir. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi esa, o‘z navbatida, xo‘jalik jarayonlarining tezlashishiga, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashishiga olib keladi. Binobarin, rivojlangan mamlakatlar tajribasi ham shuni ko‘rsatadiki, qulay sotsial sharoitlarda va kishiga qaratilgan e’tibor kuchli bo‘lganda mehnatga qiziqishning oshib borishi, ish kuchi sifatining yaxshilanishi va shu asosda mehnat unumdorligining ko‘tarilishi, noishlab chiqarish xarajatlari va kadrlar qo‘nimsizligining qisqarishi, hayotiy kuch va quvvatning tezroq hamda sifatliroq tiklanishi, asosiy ishlab chiqarish operatsiyalari va sifatliroq mahsulot ishlab chiqarishga vaqtning ko‘payishi kabilar oqibatida ishlab chiqarishning pirovard natijalari yaxshilanib, yalpi mahsulot hajmi oshib boradi. Xizmatlar bozorini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish va shu tariqa uning mamlakat sotsial-iqtisodiy hayotidagi, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish, yangi ish joylarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, aholi turmush sifatini yaxshilash, e’tiborga molik qulayliklar tug‘dirishdagi rolini oshirishning amaliy vositalarini va yo‘llarini, amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalariga kiradi. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling