“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet38/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Texnologik innovatsiyalar – bu bozorda texnologik jihat­dan mutlaq yangi jarayon yoki usul asosida mavjud ehtiyojdan kelib chiqa­digan mahsulot ishlab chiqarish yoki ko‘rsatilgan xizmat bo‘yicha amalga oshiriladigan innovatsion faoliyatning yakuniy natija­sidir. Agar u bozorda yoki ishlab chiqarish jarayonida munosib iste’molchisini topsa, amalga oshirilgan deb hisob­la­na­di.
Marketing innovatsiyalari– bu iste’molchilar ehtiyoj­lari­ni yaxshiroq qondirishga, ularning tarkibini kengaytirishga, soti­shni ko‘paytirish uchun yangi sotish bozorlarini ochishga qara­til­gan innovatsiyadan iborat. Sotishning yangi usullarini qo‘llash va mahsulotni namoyish qilish sotishni kengaytirish bilan bog‘­liq, ammo logistika (transport va saqlash) usullarini o‘z ichiga ol­may­di. Masalan, sutni paketlarda ishlab chiqarish dastlab mar­ke­ting innovatsiyasi sifatida qabul qilingan.
Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar deganda xizmat yoki tovarga belgilangan narxning noodatiy qoidalar asosida belgilanishi natijasidagi innovatsiyalar hisoblanadi. Masalan, zamonaviy avikompaniyalar samolyot dvigatellarini xarid qilmaydi balki uni “ijaraga” oladi, chunki dvigatel avia­kom­paniya uchun faqat vosita xolos. Shuni hisobga olib dvigatel ishlab chiqaruvchilar tovarning nima berishiga qarab narx bel­gilay­di. Boshqacha aytilganda, o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra narxlarni sha­kl­lantiradi va bu innovatsiya sohalarining yangi turi hisoblanadi. Mana shu qoida narxlarni shakllantirish innovatsiya­si­ga misol bo‘la oladi.
Tashkiliy innovatsiya – bu tashkilot uchun yangi g‘oyani yoki o‘zini tutish shaklini qabul qilishdir. Bunday innovatsion yonda­shuv joriy etilgan yangilik boshqa odatiy va tanish amaliyot shak­li­da ham bo‘lishi mumkin. Ammo bunday innovatsiya birinchi tash­ki­lot uchun soha innovatsiyasining yangi turi bo‘lib qolaveradi.
Tashkiliy va biznesyuritishdagiinnovatsiya– bu tadbir­kor­lik faoliyatini tashkil etishda rivojlantirish va yuqori iqti­so­diy natijaga erishishda yangi usullarini joriy etishni angla­ta­di. Bularga quyidagilar kiradi:
  • ishlab chiqarish jarayonining yangi yoki sezilarli dara­ja­da o‘zgartirilgan korporativ strategiyani ishlab chiqish va amalga oshi­rish;


  • zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish (zamo­na­viy, mutlaqo yangi axborot texnologiyalari asosida);


  • korxonada yangi yoki sezilarli darajada o‘zgartirilgan tash­kiliy tuzilmalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.


Ta’kidlash joizki, innovatsion biznesni yuritishda boshqa korxonalar bilan hamkorlik innovatsiyalari muhim o‘rin tutadi. Innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun shartnoma tuzish tartibi ham boshqa faoliyat turlaridan birmuncha farq qiladi. Ushbu shartnomalar ilmiy va texnikaviy hamkorlikning barcha shakllari uchun muhim va zarur bo‘lgan barcha ma’muriy masalalarni o‘zichigaolishikerak. Avvalo, hamkorlikning maqsadi va tomonlarning niyatlarini imkon qadar aniq bo‘lishi kerak. Keyin sheriklar soni va turini aniqlash kerak. Ko‘pincha tomonlar hamkorlik maqsadi shunchaki "loyiha" sifatida ishora qiladilar va tadqiqot holatini aniqlamaydilar. Ammo har qanday ilmiy hamkorlik uchun eng muhimi, loyiha boshlanishidan oldin uning shartlari va maqsadlarini aniq­lash­ti­rishdir.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling