“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet39/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Tayanch iboralar
Innovatsiya, siyosat, loyiha, innovatsion jarayon, texnologik innovatsiyalar, marketing, narx, biznes, innovatsion hamkorlik.


Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Innovatsion siyosatni sharhlab bering.
2.Iqtisodiyot sohasidagi innovatsiyalarni ayting.
3. Texnologik innovatsiyalar xususida nimalarni bilasiz?.
4.Marketing innovatsiyalarini yoriting.
5.Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalarni sharhlab bering.


2-MODUL. INNOVATSION IQTISODIYoTNI RIVOJLANTIRIShGA TA’SIR ETUVChI OMILLAR


9-mavzu.Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish
Reja
9.1. Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar, ilmiy -texnika taraqqiyoti bosh­qa­ruvi, innovatsion klaster strategiyasi.
9.2. Innovatsion texnologiyalarning rivojlantirishni ustu­vor yo‘nalishlari va ulardan korxonalarda foydalanish zaruriyati, aso­siy jihatlari.
9.3. Innovatsion rivojlanish indekatorlari (ko‘rsat­kichla­ri).


9.1. Korxonalarda innovatsion texnologiyalarni salohiyatini oshirishga ta’sir etuvchi omillar, ilmiy -texnika taraqqiyoti boshqaruvi, innovatsion klaster strategiyasi
Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foyda­la­nish hamda ularning salohiyatini qanday omillar asosida rivoj­lanishining o‘rganish muhim iqtisodiy jarayon hisoblanadi. Shunday ekan, korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiya­ti­ni oshirishga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat:
  1. Korxonalarning innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan bozor talabi.


  2. Yuqori malakali, bilimli va iqtidorli kadrlarning mavjud­ligi.


  3. Innovatsion texnologiyalarni salohiyatini oshirish uchun za­rur bo‘lgan moddiy -texnik bazaning mavjudligi.


  4. Korxonalarda innovatsion texnologiyalarni salohiyatini oshi­rish uchun zaruriy ijtimoiy-iqtisodiy muhit va moliyaviy mablag‘larning mavjudligi.


  5. Davlatning bu jarayonni huquqiy kafolatlaydigan tegishli huquqiy asoslari shuningdek, Prezident qarorlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarining mavjudligi.


  6. Korxonalar uchun innovatsion texnologiyalarni salohiyatini oshirishda zarur bo‘ladigan innovatsion infratuzilmaning mav­jud­ligi.


  7. Korxonada xodimlarni innovatsion texnologiyalarni yaratishi uchun rag‘batlantirish mexanizmi va motivatsiyaning yo‘lga qo‘yi­l­gan­ligi.


  8. Yaratilgan innovatsion texnologiyalarni intellektual mulk sifatida himoya qilinganligi va ularning zaruriy huquqiy asos­la­ri va boshqalardan iborat.


Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foyda­la­nish ilmiy-texnika taraqqiyotini qay darajada rivojlan­gan­li­gi­ga bog‘liq hisoblanadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti deyilganda, barcha (tabiiy, iqtisodiy) fanlarning rivojlanishi, ilmiy tadqi­qot­ning taraqqiy topishi asosida bilimli va malakali kadrlar tayyor­lanishi oqibatida yangi samarali innovatsion texno­logiya­lar­ni yaratilishi nazarda tutiladi. Shu bilan birga ilmiy-texnika taraqqiyoti bu innovatsion iqtisodiyotda ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) zamonaviy asosda tashkil etish, uni moder­nizatsiya­lash, diversifikatsiyalash hamda “Fan - ta’lim - ishlab chiqarish zanjiri” asosida yuqori iqtisodiy va innovatsion samaradorlikka erishish tushuniladi. Ilmiy -texnika taraq­qiyo­tini boshqarishning huquqiy asoslari bu jarayonni tashkil etish uchun hukumat tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) huquqiy me’­­yo­­riy hujjatlar (qarorlar, farmonlar va boshqa me’yoriy huj­jat­lar) hisoblanadi.


Zamonaviy korxonalar biznesini boshqarishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va marketing fao­liya­tini rivojlantirishda yangi boshqaruv usullari va vositalari yoki ilmiy bilimlarni qo‘llash orqali ularning samaradorligini oshi­rishga imkon beradigan yangi shakl va usullarni qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Turli tizimlarning samarali rivojlanishi ijti­mo­iy-iqtisodiy o‘zgarishlar orqali fan, texnik va texnologik soha­lar­ga ta’sir etuvchi innovatsion jarayonlarga bog‘liq. Innovatsiya­lar­ning paydo bo‘lishi tabiatda siklik va to‘lqin kabi bo‘lib, u iqtisodiy, ilmiy va texnik sikllarning (N.D.Kondratievning to‘lqin­lari konsepsiyasiga46 ko‘ra) bosqichlari bilan bog‘liq tizim­ning doimiy rivojlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu tushun­cha yuqori ilmiy va texnologik salohiyatga ega va yangi iste’­mol­chi fazilatlarini o‘zida mujassam etgan inson intellektual faoliyatining bozordagi yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqarishni boshqarishni anglatadi. Ama­liy jihatdan esa, ayni paytda innovatsion texnologiyalar mavjud tizimning samaradorligini keskin oshirishni ham ifoda etadi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti boshqaruvining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan “Elektron hukumat” tizimi bo‘yicha boshqaruv jarayonini yaratish.
2. Moddiy-texnika resurslari,moliyaviy, iqtisodiy va boshqa mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishda ilmiy asosda tashkil etishda ortiqcha sarf-xarajatlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratuvchi samarali boshqaruv texnologiyalarining mavjudligi.
3. Innovatsion boshqaruv tizimida ishlaydigan yuqori mala-ka-li ilmiy-texnik kadrlar va ularni rag‘batlantirish tizimi-ning yo‘lga qo‘yilganligi va boshqalardan iborat.
Respublikaning ilmiy-texnik taraqqiyotida korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshirish uchun innovatsion klaster strategiyasidan foydalanish yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Bu borada davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev shunday degan edi: “... mamlakatimizda klaster shakliga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha izlanishlarimizni davom ettiramiz ... boshqa tarmoqlarda ham bugungi kun talabiga javob beradigan klas­ter­larni tashkil etish...” hukumat oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Shunday ekan, “Parlamentimiz ushbu islo­hot­lari­miz­ning huquqiy asosi bo‘lgan “Kooperatsiya va klaster to‘g‘risida”gi yangi qonunni tezroq qabul qilsa, ushbu katta reja va niyat­larimizga mos ish bo‘lur edi”47. Bunday innovatsion klaster strategiyalari iqtisodiyotni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni yaratadi.
Umuman olganda, korxonalarda innovatsion texnologiyalar salo­­hiyatini oshirishda innovatsion klaster strategiyasi quyidagi imko­niyatlarni yaratadi:
  1. Iqtisodiyot jadal va innovatsion asosda rivojlanadi.


  2. Korxonalar raqobatbardoshligi oshadi hamda raqobatbardosh tovar va mahsulotlar ishlab chiqariladi hamda xizmat ko‘rsa­ti­la­di.


  3. Mahsulot sifatini oshirilib, tizimda ishtirok etayotgan tad­bir­korlar faoliyati rag‘batlantiriladi.


  4. Geografik hududdagi davlat organlari, tadbirkorlar, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va kooperatsiya aloqa­la­ri kuchaytiriladi.


Korxonalarda innovatsion texnologiyalar salohiyatini oshi­rish­da innovatsion klaster strategiyasi 3 ta bosqichdan iborat:


Birinchi bosqich loyihalash bosqichi hisoblanib, bunda innovatsion klasterlar bo‘yicha loyihalar, g‘oyalar yaratiladi va zaruriy hisob-kitoblar olib boriladi.
Ikkinchi bosqich klasterning tahliliy bosqichi hisoblanib, bunda klasterning tuzilmasi, chegaralari, kuchli va kuchsiz tomon­la­ri hamda mavjud to‘siqlari va rivojlanish imkoniyatlari, qan­day natija, samaradorlikka erishish yo‘llari ochib beriladi.
Uchinchi bosqichda, bu innovatsion klasterning strategik rivoj­lanish va harakat dasturi bo‘lib, ishtirokchilarning o‘zaro muno­sabatlari, hamkorlik dasturlari, kelajak istiqbollari bel­gilab beriladi.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling