“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsion marketing strategiyalarini joriy etish masalalari


Download 2.56 Mb.
bet48/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

11.2. O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsion marketing strategiyalarini joriy etish masalalari
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tayotgan sharoitda–ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari oldida turgan muhim vazifalardan biri marketing tamoyillaridan samarali foydalanish hisoblanadi. Marketing tamoyillari – bu marketing asosini va uning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi ho­lat, talabdir.

Marketingning vazifasiga tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish albatta iste’molchiga, ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo‘ljallashdan iborat. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida marketingning asosiy tamoyil­lari quyidagilar hisoblanadi:


  • iste’molchilarga nima kerak bo‘lsa shu narsani taklif etish. Bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarning muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;


  • xaridorlar motivlarini, ularning xulq-atvorlarini tahlil qilish;


  • raqobatchilarni, ularning strategiyasi va taktikasini o‘rga­nish;


  • bozordagi raqobatning o‘zini tahlil qilish;


  • iste’mol tovarlari bozorini bilish, har bir turdagi tovarga xaridorlar talabini har tomonlama o‘rganish, olingan axborotdan xo‘jalik yuritish qarorlarini qabul qilish jarayonlarida foyda­la­nish;


  • tovarlarni sotish va servis jarayonini maqsadli boshqa­rilishini ta’minlash;


  • marketing izlanishi natijasida yuzaga kelgan masalalarni hal etilishiga ijodkorlik bilan yondashishni rivojlantirish va rag‘batlantirish;


  • yangi, ayniqsa yuqori sifatli tovarlarni iste’molchilarga yetkazishdan kech qolmaslik;


  • korxona xizmat ko‘rsatayotgan hududlarni guruhlarga ajratish (bozorni segmentlashtirish) va korxonaning imkoniyatiga yarasha ish yuritish;


  • iste’molchilar talab-ehtiyojini tadqiq qilgandan so‘ng mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish;


  • marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marke­ting dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsad­larga erishish uchun kompleks yondashish va maqsadli dastur uslu­bini ishlatish.


Yuqorida keltirilgan marketingning asosiy tamoyillari umumiy holda – bu iste’mol bozorini bilish, unga moslashish va bozor­ga ta’sir o‘tkazishdan iborat.


Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari marketing tamoyillariga tayangan holda marketing strategiyasini ishlab chiqishadi. “Marketing strategiyasi – firmaning maqsadli bozor­dagi marketing faoliyatini ifodalovchi bosh dasturi bo‘lib, uning uzoq muddatga mo‘ljallangan marketing kompleksi (marketing - MIKS)ni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ko‘zlangan maqsadiga erishish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Bozordagi har bir segment uchun alohida tovar tarqatish, sotish va kommunikatsiya siyosatlarini aniqlanadi. Marketing strategiyasida korxona qaysi mahsulot (xizmat) bilan, qaysi bozorga qachon kirishi kerakligi belgilanadi. Shunday qilib marketing strategiyasi, korxonani o‘z imkoniyatlaridan foydalanib, atrof-muhit (bozor, makro omillar va boshqalar) sharoitida maqsadiga erishish yo‘llarini aniq­laydi”62.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida marketing strategiyasiga nisbatan qo‘yilayotgan umumiy talablar quyida­gilar­ga olib kelishi kerak:
  • bozor va o‘z imkoniyatlarini haqqoniy baholashga;


  • qo‘yilgan maqsadlarni aniqlashtirishga;


  • harakatlar moslashuvchanligi (biron-bir omilning ta’sir etishi holatida vaziyatning o‘zgartirishga tez moslashishi)ni ta’­minlashga va boshqalarga.


Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining asosiy maqsadi iste’molchilar talabini qondirish orqali foyda olish bo‘lsa, unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni ko‘paytirish, ular hissasini oshirishlari zarur bo‘ldi. Bu vazifalar– marketing vazifalari bo‘lib, marke­ting strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi.


Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, iste’molchilar talabini qondirish asosida korxonani foyda olishga yo‘naltirish hisoblanadi.
Bunda bozorni o‘rganish, taklif manbalarini topish, korxo­naga tegishli har bir tovar bo‘yicha kon’yunkturani o‘rganish va xu­lo­sa chiqarish jarayoni bajariladi.
Marketing strategiyasi – bu korxonaning maqsadga erishish yo‘lidagi harakat qilish rejasi. Strategik rejalashtirish– korx­o­na­ning nima ishlab chiqarishligini, ularning iste’molchilarini, narx, reklama, sotish kabi yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Rejalashtirishning maqsadi – korxona faoliyatini olib borishda xavf-xatarni kamaytirishdir. Korxonalar biznes reja asosida ish yuritishni yo‘lga qo‘yish uchun quyidagilarga amal qilishlari zarur:
    • bozor kon’yunkturasini o‘rganish;


    • ichki muhitni tahlil qilish;


    • korxona kelajagi istiqbollarini bashorat qilish;


    • bo‘lajak xavf-xatarni o‘rganish;


    • rivojlanish konsepsiyasini va strategiyasini iqtisodiy asoslash;


    • biznes rejasini tuzish;


    • moddiy resurs ta’minotini aniqlash;


    • moliyaviy natijalarni aniqlash;


    • moliyaviy resurslar manbalarini belgilash;


    • xarajatlarni nazorat qilish tadbirlarni ishlab chiqish demakdir.


Bozorga yangilikni kiritish strategiyasi va taktikasi marke­ting tadbirlarining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. U o‘zida yangi mahsulotlarni bozorlarda joylashtirish va sotish yo‘llarini shakllantirishga asoslangan yangilikning raqobatbardosh strate­giyasini o‘z ichiga oladi.


Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida marketing strategiyasi zaminida quyidagilar yotadi:
  • bozor bir xil emas, u o‘ziga xos tabaqalar (segmentlar)dan ibo­rat;


  • korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi mumkin. Ammo har doim tanlangan bozori taba­qa-lari (segmentlari)ni o‘ziga jalb etishda, ko‘prok muvaffaqiyat qozo­nishni o‘ylash lozim;


  • korxona bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi mumkin;


  • marketing vositasini tanlashda, ko‘proq bir-biriga mos va o‘zaro vazifalari bilan bir-birini to‘ldirib turuvchilarni ishga solishni ko‘zda tutish kerak. Masalan, tovar upakovka (o‘rama)si bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyini, iste’molchilar bilan aloqalarni reklamaga qo‘shib ishlatilishi tavsiya etiladi;


  • korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon’yunkturasining holatini, raqobatchilarning bozorda tutgan o‘rni va boshqalar.


Shuni ta’kidlash lozimki, innovatsion marketing – korxonaning ishlab chiqarishni takomillashtirish va bozor sharo­itiga ta’sir ko‘rsatishga asoslangan faoliyatdir. Kuzatishlar shun­dan dalolat beradiki, innovatsiya hayotiy davrining har bir bos­qichi turli marketing usullarini va yondashuvlarini, turli strate­giya va taktikani talab qiladi.


Innovatsion marketing tadbirlari tizimi faqatgina ishlab chiqarishni yangilash bilan emas, balki kapitalning jamlanishi va oqimi dinamikasi bilan uzviy bog‘langan.
Innovatsion marketing raqobatchilariga nisbatan ko‘proq foyda olishni istagan korxonalar uchun muhim bo‘lib, innovatsiyalarga va yangiliklarga asoslangan ustun raqobat strate-giyasi­ni shakllantiradi. Shuningdek, innovatsion marketing faqatgina bozordagi yangi mahsulotni yoki mavjud mahsulotni realizatsiya qilish emas, balki yangi texnologiyalardan: yangi mahsulot yoki texnologik jarayon bo‘yicha ixtiro va nou-xaular uchun litsenziya-larni sotish hamda uni tayyorlash uchun uskunalarni takomilash­tirish­ni nazarda tutadi.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling