“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Respublikamizda milliy innovatsion tizimni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
12.3. Respublikamizda milliy innovatsion tizimni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Respublikamizda fan-ta’lim ishlab chiqarish integratsiyasi asosida yaratilgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bir qator o‘ziga xos yondashuvlarni talab etadi. Shu jihatdan respublikamizda yuqorida ta’kidlanganidek,O‘zbekiston Respub-likasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPQ-3682-sonli Qaroriga asosan yangicha yondashuv asosida tashkil etish vazifasi qo‘yilgan. Bunday yangicha yondashuv bo‘yicha innovatsiyalar yarmarkasini tizimli tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: “Tashabbuskor biznes” bloki asosida. Bunda tayyor ilmiy va innovatsion ishlanmalar natijalarini va texnologiyalarini maxsus ko‘rgazma maydonida tashkil etiladi va tijoratlashtirish faoliyati yoritilishi tashkil etiladi. Innovatsion yechimlar bloki asosida. Bunda maket va prototip ko‘rinishida eng zur mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalarni namoyish etish shaklida tashkil etiladi. Kooperatsion aloqalar bloki asosida. O‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sherikchilik hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari sohasidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish uchun maxsus platformadan foydalanish. Bunday innovatsion yarmarkalarni respublikamizda tashkil etilishi xalqaro talab darajalariga mos keladi hamda innovatsion g‘oya, ixtiro, texnologiya yaratuvchilarni rag‘batlantirishga yo‘nal-tiril-gan bo‘ladi. Respublikamizdagi milliy innovatsion tizimni kelgusi taraqqiyoti kadrlar zaxirasiga va ularning ilmiy tadqiqot ishlari bilan qanday darajada shug‘ullanishiga bog‘liq bo‘ladi. Xalqaro tajribaga ko‘ra innovatsion faoliyatga kadrlarni jalb qilish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifoda qilinadi: Ilmiy tadqiqot va ishlanmalar yaratadigan xodimlar soni. Ilmiy tadqiqot bajaruvchi tashkilotlar soni. Ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanuvchilar soni. Texnologik innovatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot va korxonalar soni. Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekistonda milliy inno-va-sion tizimni rivojlantirishga imkon beruvchi kadrlar oldi-dagi vazifalar quyidagilardan iborat: Jahon ta’lim bozorida O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlarining raqobatbardoshligini. Zamonaviy texnologiya va uslublardan foydalanishni o‘rga-tish darajasini oshirilishi. Milliy va global iqtisodiyot uchun samarali innovatsion infratuzilmani yaratuvchi kadrlar salohiyatining mavjudligi. Innovatsion texnologiyalar asosida milliy iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qiladigan kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqa shu kabi vazifalar bilan belgilangan. Respublikamizda milliy innovatsion tizimning eng muhim harakatlantiruvchi jihati davlat ilmiy-texnik dasturi va uning bajarilishini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Davlat ilmiy-texnik dasturlari o‘z ichiga fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda ilmiy-texnikaviy loyihalar asosidagi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. 2018 yil ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 1700 dan ortiq fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari, innovatsion ishlanmalar, yosh olimlarning fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari bajarilgan. Bugungi kunda yangi tashkil etilgan innovatsion vazirligiga ilmiy tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish vazifasi topshirilgan. Bugungi jahon bozoridagi fan, ta’lim sohasidagi tezkor o‘zgarishlardan kelib chiqib davlat ilmiy-texnik dasturlari bajarilishi bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilangan: Jahon bozori va respublikamiz bozor talabidan kelib chiqib ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni olib borish. Ilmiy tadqiqot ishlanmalarini yaratishda zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalardan foydalanish asosida natijalarga erishish. Davlat ilmiy dasturlariga yuqori malakaga ega bo‘lgan olimlarni hamda yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan ilmiy tadqiqotchilarni jalb etish hamda ularni yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda ilmiy stajirovkalar o‘tishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish. Davlat ilmiy-texnik dasturlari loyihalari bo‘yicha olingan muhim ilmiy natijalarni iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etilishini, shuningdek monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar chop etilishini amalga oshirish va boshqalardan iborat. Respublikamizda milliy innovatsion tizimni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 1. Respublika iqtisodiyotini resurslar va xomashyolarni tejovchi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishgaasoslangan respublika innovatsion g‘oyalar texnologiyalar va loyihalarni yaratish yo‘nalishlari. 2. Innovatsiyaning nanotexnologiyalar hamda kimyo texnologiyalardan foydalanishga yo‘naltirilgan milliy innovatsion ishlanmalar tizimini yaratishga yo‘naltirilgan yo‘nalish. 3. Zamonaviy biotexnologiyalar va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha milliy innovatsion ishlanmalar tizimini yaratish. 4. Axborot kommunikatsion texnologiyalar, axborotlarni yangi innovatsion tizimini yaratish bo‘yicha ishlanmalar yo‘nalishi. 5. Tibbiyot va farmakologiya sohasida milliy innovatsion tizimni yaratish. 6. Geologiya, mineralogiya, seymsologiya va mineral ma’danlar sohasi bo‘yicha ilmiy innovatsion ishlanmalar yaratish yo‘nalishi. 7. Fizika atom energetikasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalar yaratish. 8. Xizmat ko‘rsatish, servis sohasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalar yaratish. 9. Aniq fanlar sohasi bo‘yicha ilmiy ishlanmalar yaratish. Milliy innovatsion muhitni rivojlantirish bo‘yicha respub-likamizda amalga oshirilgan ishlar quyidagilardan iborat: ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish; rahbarlarning innovatsion loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini oshirish; innovatsion faoliyatda qatnashuvchilarni erkin darajasini oshirish; yaratilgan milliy innovatsion loyihalarni iste’molchilar ehtiyojlari bo‘yicha sotish; innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling