“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet53/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Tayanch iboralar
Innovatsiya, raqobatbardoshlik, bilim, fan, ta’lim, ishlab chiqarish, integratsiya, aqliy bilim, fan sig‘imi, g‘oyalar, innovatsion texnologiyalar, innovatsion loyihalar.


Nazoratvamuhokamauchunsavollar
1.Innovatsionfaoliyatniamalga oshirishdaxalqaro hamkorlikning zaruriyati.
2.Innovatsion texnologiyalarni yaratishda hozirgi davr ilm-fanning ahamiyatini yoriting.
3.O‘zbekistondamilliy innovatsion rivojlantirish borasida kadrlarning vazifalarini sanab bering.
4. Innovatsion faoliyatga kadrlarni jalb qilish ko‘rsat­kich­larini ayting.


13‑mavzu. Intellektual kapital, intellektual mulkni shakllantirish va boshqarish


Reja
13.1.Intellektual kapitalning mohiyati va tarkibiy tuzilish.

13.2 Intellektual mulkni boshqarish.


13.3.O‘zbekistonda intellektual mulkning muhofazalanishi.
13.4.O‘zbekistonning xalqaro intellektual mulk tashkilotlari bilan aloqalari.


13.1.Intellektual kapitalning mohiyati va tarkibiy tuzilishi
Kishilik jamiyati faoliyatining eng muhim jihati–bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi va uning natijasi sifatida mahsulotlar va xizmat­lardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi.

Mamlakatimiz olimlari tomonidan chop etilgan iqtisodiy adabiyotlarning aksariyatida, iqtisodiy resurslar–ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan iborat ekanligi qayd etiladi. Jumladan, B.Yu.Xodiev va Sh.Sh. Shodmonovlar mual­lifligida yozilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida: “Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’i nazar ishlab chiqarish sodir bo‘lishi uchun uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart.


... iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan pul resurslari iste’mol mollari zaxiralari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili bo‘la olmaydi.”71, deyiladi.
Hozirgi G‘arb mamlakatlarida iqtisodiyot sohasining yirik olimlari iqtisodiy resurslar tarkibiga tadbirkorlik qobiliyatini ham kiritishadi72. Bizning nazarimizda, iqtisodiy resurslar tarkibiga “tadbirkorlik qobiliyatining” kiritilishi asosli, chunki, ishlab chiqarishning taqdiri, rivojlanishi tadbirkorlarning tug‘ma-aqliy qobiliyati, uddaburonligi, ishbilarmonligi kabi omillarga ham bog‘liqdir. Tadbirkorlarda bunday sifatlarning bo‘lishligi, ayniqsa iqtisodiy tanglik, resurslar taqchilligi sharoitida yanada sezilarli bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish natijasi – uning omillarining birikishi bilan chegaralanib qolmaydi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar hajmi hamda iste’molchilar talabini qondira olish darajasi ishlab chiqarish omillari: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlarining sifatiga ham bog‘liq. Bu – ishlovchilarning malaka-mahorati, bilimi va tajribasi, ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi demakdir. Buning zamirida esa intellektual73 kapital74 yotadi.
Intellektual kapital –bu mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning bilimi, mahorati va ishlab chiqarish tajribasi hamda nomoddiy aktivlar (patent, litsenziya, nou-xau va hokazolar)dir.
Innovatsion iqtisodiyotda intellektual kapital o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, ishlovchilarning malaka-mahorati, bilimi va tajribasi ko‘rinishidagi intellektual kapital yig‘ilib (to‘planib) boradi.
Ikkinchidan, intellektual kapitalni uning sohiblaridan ajratib bo‘lmaydi. Intellektual kapital – shaxsga tegishli oliy darajadagi xususiyat: yaratuvchanlikka yo‘g‘rilgan bilim, g‘oya, ixtiro va yangi mahsulot yoki xizmatlarni yaratish va hokazo.
Uchinchidan, intellektual kapitalni shakllantirishda shaxs­ning tug‘ma-aqliy yoki tarbiyalanishi va o‘qishi davomida shakllan-gan qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
To‘rtinchidan, intellektual kapitalga sarflangan mablag‘ – qilingan sarfdan bir necha marotaba katta hajmda va uzoq vaqt mo­bay­nida iqtisodiy va sotsial samara beradi. Shuningdek, intellek-tual kapitalga kiritilgan investitsiyalar davri, boshqa ob’ekt-larga kirilgan investitsiyalarga nisbatan uzunroq bo‘ladi.
Beshinchidan, intellektual kapital –inson kapitalining aj­ral­mas qismidir.
Intellektual kapital–mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsa­tish jarayonlarida ishlatilganidagina qiymatga ega bo‘ladi, aks holda, u iqtisodiyot va jamiyat uchun ahamiyatli emas, ya’ni hech qanday qiymatga ega bo‘lmaydi.
Intellektual kapital– ishlab chiqarish jarayonida ishtiroki davomida qiymat yaratadi va intellektual resurs sifatida transformatsiya bo‘ladi. Va bunday ishlab chiqarish – intellektual ishlab chiqarish deb ataladi.
Intellektual ishlab chiqarish insonning ijodiy fikrlash va ma’naviy jihatdan yaratuvchilik qobiliyatiga ega ekanligini tavsiflaydi. Insonning intellektual ijodkorligining mahsuli– intellektual mahsulot deyiladi. U foydali yaratuvchilik xusu-siyatiga ega. Bunday mahsulotdan foydalanuvchilarning barchasi maksimal darajada naf ko‘radi.
Intellektual mahsulot bitmas-tuganmasdir. U jamiyatning innovatsion texnik-texnologik, sotsial-iqtisodiy rivojlanganlik darajasini aks ettiradi. U ijodiy faoliyat natijasi hisob­lana­di. Bu ko‘p hollarda aqliy mehnat kishilari – yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar, injener texnik xodim va boshqalar faoliyati-ning mahsulidir.
Intellektual mahsulot yangilik xususiyatiga yoki o‘ziga xos takrorlanmas belgilariga ega bo‘ladi. Bunday mahsulotlarning ko‘pchiligi g‘oyaviy – nomoddiy ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyo, ya’ni moddiy ob’ektga nisbatan qo‘llaniladigan huquq me’yorlarini qo‘llab bo‘lmaydi. U o‘ziga xos ob’ektdir.
Intellektual mahsulotlar iqtisodiy faoliyat jarayonida foydalaniladigan moddiy ashyolar hamda qimmatbaho qog‘ozlardan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
  • intellektual faoliyat natijalari ko‘p hollarda moddiy ko‘rinishda emas, balki g‘oya bilan axborot shaklida namoyon bo‘ladi;


  • g‘oya, bilim shaklidagi intellektual mulk ob’ektiga odatda moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas;


  • bunday ob’ektlardan bir vaqtning o‘zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalanishi mumkin;


  • intellektual mulk huquqi ob’ektlariga mulk huquqining bemuddat ekanligi haqidagi qoida qo‘llanilmaydi;


  • qonunda belgilangan muddatlar o‘tishi bilan intellektual mulk sohibining ma’lum intellektual mulkiga nisbatan huquqlari bekor bo‘ladi va bu ob’ektlar umuminsoniy boylikka ay­­la­nadi, har qanday shaxs undan ma’lum shartlar asosida tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli bo‘ladi;


  • intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vijdonan da’voni qo‘llash imkniyati amalda mav­jud emas;


  • intellektual mulk huquqi ob’ektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqi emas, mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qo‘llani­la­di;


  • intellektual mulk huquqining amal qilishi, ayni vaqtda ma’lum hudud bilan chegaralangan bo‘ladi. Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan patent75, mualliflik guvohnomasi yoki boshqa hujjatlar davlatimiz hududida amal qiladi;


  • ko‘pgina intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan ular mualliflarning shaxsiy huquqlari mavjud bo‘lib, bu ob’ek­t­lar­dan foydalanuvchimualliflar shaxsiy huquqlarga rioya qilish­la­ri lozim.


Ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan intellektual faoliyat natija-lariga quyidagilar kiradi:


  • fan, adabiyot, san’at asarlari, eshittirish tashkilotlarining ijrosi, fonogrammalari va ko‘rsatuvlari;


  • EHM dasturlari va ma’lumot ba’zalari;


  • ixtiro, foydali modellar, san’at namunalari, seleksiya yutuq­lari;


  • oshkor etilmagan axborot, shuningdek, ishlab chiqarish siri, ya’ni nou-xaular;


  • integral mikrosxemalar topologiyalari.



Интеллектуал мулк

Фан, адабиёт, санъат асарлари ва улардан фойдаланиш

Саноат мулки

Носаноат мулки

Ихтиролар;


Саноат намуналари; Фойдали моделлар;
Товар белгилари;
Хизмат кўрсатиш белгилари;
Товар келиб чиқиш жойларининг номлари;
Рационализаторлик ишланмалари.

Адабий-бадиий, илмий, ўқув ва публицистик асарлар;


Драма ва сценарий матнли ёки матнсиз мусиқа, мусиқали драма асарлари;
Хореография асарлари;
Ҳайкалтарошлик, графика, дизайн, тасвирий асарлар;
Архитектура шаҳарсозлик ва боғ-парклар барпо этиш;
Фотография ва уларга ўхшаш асарлар;
География, геология хариталари, топография ва ҳоказолар.

ЭҲМ дастурлари;


ЭҲМ маълумотлар базалари;
Интеграл микросхемалар, топологиялари;
Селекция ютуқлари;
Фирма номлари.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling