“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet57/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Tayanch iboralar
Kapital, mulk, intellektualqobiliyat, intellektual salohiyat,bilim, ijod,ijodiysalohiyat,iqtisodiysamara,rag‘batlantirish, ixtiro, patent, mulkchilikhuquqi, mualliflikhuquqi,xalqaroshartnomalar, xalqaro-kelishuvlar.


Nazoratvamuhokamauchunsavollar
1.Intellektualkapitalningmohiyativatarkibiytuzilishini yoriting.
2.Intellektualmulkniinnovatsiyagaaylantirishjarayonini sharhlab bering.
3.Mualliflikhuquqivaturdoshhuquqlarnita’riflang.
4.Butunjahonintellektualmulktashkilotiningvazifasinima?
5.O‘zbekistondaintellektualmulk muhofazasiqaydarajada?


14. Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash


Reja
14.1. Ilmiy kashfiyot, ixtiro tushunchalarining mohiyati va ularning respublikamiz innovatsion iqtisodiyotidagi ahamiyati.

14.2. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni litseziyalashning o‘rni.


14.3. Ilmiy kashfiyot, ixtiro va litsenziyalash huquqlari hamda ular bo‘yicha talabnoma tuzish qoidalari.


14.1. Ilmiy kashfiyot va ixtiro tushunchalarining mohiyati va ularning respublikamiz innovatsion iqtisodiyotidagi ahamiyati
Korxona raqobatbardoshligini saqlab turish uchun, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida, mahsu­lot­ning mavjud xususiyatlarini yaxshilash, yangi foydali xusu­siyat­larni qo‘shish yoki mutlaqo yangi mahsulotni yaratish uchun doimiy ravishda yangi innovatsion ijodiy g‘oyalar yoki ixtirolarni joriy etish talab etiladi. Korxonalarda texnik muammolarni yangi eng maqbul tarzda hal qiladigan g‘oya yoki konsepsiyani ishlab chiqish, shu ijodiy g‘oyalar uchun patentni olish orqali shaxsiy, qonuniy himo­ya­langan texnik ustunlikka aylantirish korxonalarga raqobat ustun­ligini tuhfa etadi.

Ko‘pchilik odamlar ixtirolar, ijodkorlik yoki ixtiro yorqin ilhomni talab qiladi yoki bu chuqur ilmiy izlanishlar, davlat yoki korporativ tadqiqot laboratoriyalari yoki tadqiqot institutlari tomonidan olib boriladigan keng ko‘lamli innovatsion ilmiy izlanishlar bilan bog‘liq, deb hisoblashadi. Birinchi marta Ame­rika korporatsiyalari individual ixtirochilarga qaraganda ko‘proq patentni 1931 yilda oldi va bu tendensiya bugungi kungacha ham davom etib kelmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, patentlangan ixtirolarning aksariyati katta ilmiy yutuqlar emas, unchalik katta bo‘lmagan, ammo mavjud texnikaga nisbatan aniq texnik yaxshi­lash­lar­ni o‘zida aks ettiradigan ishlanmalar edi. Ba’zi mashhur ixti­ro­lar ham –oddiy odamlar yoki mustaqil ixtirochilar tomonidan,ilga­ri ishlab chiqilgan texnologiyani takomillashtirish orqali yaratil­ganligitarixdan ma’lum. Ko‘p hollarda, taniqli ixtirolar tasodifiy kashfiyotlar orqali kelib chiqqan.


Kashfiyot ­­– bu izlanish, tekshirish, ilmiy tadqiqot natija­si­da ba’zan esa tasodifan topilgan ilmiy yangilikdan iborat. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravishda il­miy idrok qilish natijasida erishiladi. Kashfiyot tufayli mod­diy dunyoning ilgari insoniyatga ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv qonun­iyat­lari, xossalari hamda hodisalari ma’lum bo‘ladi.
Kashfiyot fan-texnika inqilobining asosini tashkil etadi hamda fan va texnika taraqqiyotiga tubdan yangi yo‘nalishlarni yarati­lishiga imkon yaratadi.
Iqtisodiyotda kashfiyotlar va ixtirolar bir-biridan farq qiladi. Kashfiyotlar shunday inqilobiy hodisalarki, ular natija­sida muhim qonuniyatlar yaratiladi. Masalan, yerning tortishish qonunining yaratilishi va boshqalar. Ixtirolar esa jamiyat hamda iqtisodiyot uchun muhim yangiliklar yaratilishi bilan cheklanadi. Bizning bobolarimiz Beruniy,Ibn Sino, Ulug‘bek va boshqa shunga o‘xshagan allomalar yaratgan qonuniyatlar kashfiyotlar jumlasiga kiritiladi.
Ixtiro ­– bu iqtisodiyotning turli sohalarida (ijtimoiy, madaniy, qurilish, mudofaa va hokazo) ijobiy samara beradigan o‘ziga xos texnikaviy yechimga ega bo‘lgan yangilikdan iborat. Tor ma’noda ixtironi davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli jamiyatda chiqarilgan qonunlar bilan muhofaza qilinadigan yangi texnikaviy yechim sifatida ifodalash mumkin. Har qanday yangilik ixtiro bo‘lavermaydi. Masalan, ilmiy asoslanmagan quruq ilmiy qoidalar, amalga oshirib bo‘lmaydigan xato takliflar ixtiro hisoblanmaydi. Olimlar tomonidan yaratilgan u yoki bu taklif yoki texnikaviy yechim ixtiro bo‘lishi uchun quyidagi talablarga javob berishi zarur:

Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling