“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
Birinchidan, ixtirodan iqtisodiyot tarmoqlarida bir necha marta foydalanish mumkin bo‘lishligi.
Ikkinchidan, ixtiroda u bo‘yicha yaratilgan yangilik boshqalarga qaraganda birinchi ekanligi va buni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarning mavjudligi (mualliflik guvohnomalari, patentlar) bilan belgilanadi. Ba’zida korxonalar o‘zining tadqiqot va ishlab chiqish salohiyatiga ega bo‘lmasa ham, ishlab chiqarishda, ko‘pincha uni anglamasdan, ishchilar mahsulot bilan ishlash orqali ixtiro yaratishi yoki uni muayyan ehtiyojlarga moslashtirish zaruratiga duch kelishi mumkin. Ixtirochilik g‘oyalari korxonaning istalgan tuzilmasida paydo bo‘lishi mumkin. Ixtirolar – bu bozor tendensiyalari va mijozlarning yangi ehtiyojlari yuzaga kelganda bunday ehtiyojlarni qondirish uchun texnik yechimlarni taklif qiladigan marketing va savdo xizmat-lari ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Ixtironi patentlash natijasi uni nomoddiy mulkka aylantirish orqali amaliyotda qo‘llanishi ustidan to‘liq nazorat qilish imkoniyatini ta’minlaydi. Oqibatda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida qo‘shimcha daromad olinib raqobat ustunligiga erishiladi. Ixtiro va innovatsiya tushunchalarini ajratish juda muhim. Ixtiro innovatsiya bo‘lishi uchun uni bozorga olib chiqish va yuqori bahoda iste’molchi ehtiyoji asosida oldi-sotdini amalga oshirish jarayoni kerak bo‘ladi. Amaliyotda ba’zi ixtirolarning bozorga chiqishi uchun yillar talab qilinadi. Ular ko‘pincha boshqa kichik ixtirolar bilan aralashib yagona maxsulot bo‘lib chiqadi. Misol sifatida uyali telefonni olishimiz mumkin. Telefonning o‘zi garchi XX asrning boshlarida yaratilgan bo‘lsa-da, hozirgi holatdagi multifunksional darajaga yetguncha 80 yil talab qilindi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizda ixtirolar davlat tomonidan himoya qilingan va ularni innovatsion mahsulot bo‘lishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”81gi qonuni 5-moddasida ixtironing xususiyatlari keltiriladi: Ixtiro sifatida ko‘rsatilgan ob’ekt, basharti u yangi, ixtirochilik darajasiga ega bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi. Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ixtironing yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi. Basharti, ixtiroga oid talabnoma, shu ixtiroga taalluqli ma’lumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita ushbu ma’lumotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga topshirilgan bo‘lsa, bu holat ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan vaziyat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi. Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo‘lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo‘llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi. Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi: ilmiy nazariyalar va matematika usullari; xo‘jalikni tashkil etish va boshqarish usullari; shartli belgilar, jadvallar, qoidalar; aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari; elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari; estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar; integral sxemalarning topologiyalari; o‘simlik navlari va hayvon zotlari; jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar va boshqa shu kabilar ixtiro hisoblanmaydi. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling