Innovatsiyalar menejment konsepsiyasida bozor kon’yunkturasini o‘rganish, innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish va boshqarish, ya’ni uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorda harakatlantirish, ya’ni innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning tizimli tashkil etish integratsiyasini ifodalaydi.
Innovatsiyalar menejmenti ob’ekti – intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar va yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda yangi texnologik usullar menejmentning yangicha innovatsiyani yaratuvchi tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Innovatsiyalar menejmentda iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy biznesda ustuvorlikni “funksional” mahsulotlardan «innovatsion» mahsulotlarga o‘tkazishni tashkil etish (boshqarish) hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi:
funksional mahsulotlardan eng muhimlarini, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi va aksariyat hollarda joyiga qarab o‘tirmasdan xarid qilinishini tashkil etadi. (“Kerak bo‘lib qoldi - ko‘rib qoldi - xarid qildi”);
innovatsion mahsulotlarni yaratish yoki ishlab chiqarish texnika va modifikatsiyaning so‘nggi natijalarini ifodalaydigan talabning o‘zgarishiga mos va hayotiylik davri esa ancha qisqa bo‘lgan iste’molchi uchun ahamiyatli bo‘lgan yangiliklarga asoslanadi. Biroq yangilik darajasi turlicha bo‘lishi va ular bir necha pog‘onada ko‘rib chiqilishi mumkin. Korxona uchun ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar innovatsion tovarlar bo‘ladi va bunday tovarlar iste’molchi talabi asosida ishlab chiqarish innovatsion jarayonini tashkil etadi.
Shunday qilib, innovatsion menejmentda maqsadli bozorga va innovatsiyalarni potensial iste’molchilariga ta’sir ko‘rsatishni tashkil etishga yo‘naltirish va ularni maqsadli boshqarish, raqobat muhiti va iste’molchilar istaklaridagi o‘zgarishlarnio‘zida ifoda etadi va shunga mos amaliy chora-tadbirlar yig‘indisi bo‘yicha menejment strategiyasini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |