Raqamli iqtisodiyot sharoitida zamonaviy korxonalarni innovatsion rivojlantirish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob-uskunalar, materiallar va hokazolarni joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning o‘sishini ta’minlaydi;
fan-texnika va ishlab chiqarish sohalarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratadi;
zaruriy innovatsion infratuzilma (texnoparklar, innovatsion-texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologik korxonalar va boshqalar), innovatsion faoliyat sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratadi va ularni jadal rivojlantirishga yangi imkoniyatlar ochib beradi;
korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta’minlaydigan, samarali faoliyat ko‘rsatadigan, bozorni egallashga yo‘naltirilgan innovatsion tizim yaratadi;
yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshiradi, jumladan qonunchilik va normativ-huquqiy asoslarni shakllantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlari yaratishni amalga oshiradi;
raqamli texnologiya asosida ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirib mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligini ta’minlaydi.