“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish elementlari


Download 2.56 Mb.
bet80/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

17.3. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish elementlari,
manbalari va shakllari
Ma’lumki, innovatsion jarayonlar katta hajmda kapital, yirik investitsiya loyihalarni moliyalashtirishni talab etadi. Ammo mamlakatimizda innovatsion g‘oyalarning asosiy investori sifatida davlat fondlari xizmat qiladilar, va albatta, davlat mablag‘lari chegaralangan sharoitda ko‘plab innovatsion loyihalar va g‘oyalar moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Xususiy tadbirkorlarning mablag‘lari, rivojlangan davlatlar iktiso­diyo­tidagi singari, ushbu jarayonda deyarli qatnashmaydi.

Shuning uchun ilmiy va amaliy jihatdan rivojlangan davlatlarda tashkil topgan – davlat, korporativ va xususiy investorlarning mablag‘larini jamlab, innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiradigan mexanizm katta ahamiyatga ega.


AQShda iktisodiy o‘sishning innovatsion modelini investitsion ta’minotida faol ishtirok etishi quyidagi qoidalar bilan asoslanadi:
  • ilmiy bilimlar kelajak kalitidir;


  • yuqori texnologiyalar sotsial-iktisodiy taraqqiyotni ta’min­lov­chi kuchdir;


  • hukumatning mas’uliyati fan va texnologiyalarni rag‘bat­lan­ti­rishdan iborat.


Umuman olganda, fan sohasida yetakchilik qilayotgan rivojlangan mamlakatlarda ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni moliyalashtirish ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Bir tomondan, ilmiy tadqikotlarni davlatning o‘zi bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirsa, ikkinchi tomondan, xususiy sektorning ITTKI ga xarajatlarni oshirishni soliq imtiyozlari kabi tadbirlar orqali rag‘batlantiradi.


Innovatsion foaliyat raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion loyihalarni mukammal moliyalashtirish tizimining bo‘lishi talab etiladi.
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimining ele­ment­lari quyidagilardan iborat:
  • investitsiya resurslari manbalari;


  • moliyaviy resurslarni to‘plash mexanizmi va ularni innovatsion loyihalarga sarmoyalash;


  • mablag‘lardan samarali foydalanish va boshqarish mexanizmi.


Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning quyidagi shakllari mavjud:


  • davlat tomonidan moliyalashtirish;


  • xususiy kapital bilan ta’minlash;


  • venchur kapitali hisobiga moliyalashtirish va boshqalar.


Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish – mulkchilik shakllariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:


  • davlat grantlari asosida moliyalashtiriladigan innovatsion loyihalar;


  • xalqaro moliyaviy institutlar grantlari hamda boshqa xorijiy donorlar kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan innovatsion loyihalar;


  • tijorat va notijorat xarakteriga ega bo‘lgan xo‘jalik yuri­tuvchi sub’ektlar hamda jismoniy shakllarining investitsion moli­yaviy resurslari asosida moliyalashtiriladigan innovatsion loyihalar.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qaroriga muvofiq: “Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot loyihalarini moliya­lash­tirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratilgan hamda shu maqsadlar uchun jalb qilingan boshqa manbalar hisobidan amalga oshi­ri­ladi”.


Unga ko‘ra, tarmoq va sanoat korxonalari muammolarini hal etishga qaratilgan davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot loyihalari tarmoq va sanoat korxonalari bilan kelishuvlar asosida sheriklikda moliyalashtirilishi mumkin.
Loyihani moliyalashtirish bilan bog‘liq hisob-kitoblar va moliyaviy rejaning shakllari, tartibi, xarajatlarning hajmi hamda turlarini aniqlash tartibi Innovatsion rivojlanish vazir­ligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qarorning 90-bandiga ko‘ra: “Loyiha doirasida ajratilgan mablag‘lar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablag‘ning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, xom-ashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va natijada yuqori qiymatga ega, tijoratlashtirish imkoni yuqori bo‘lgan yangi mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarishni ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim.
Xarid qilingan ilmiy asbob-uskunalar negizida noyob ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari tashkil etilishi mumkin”.
Korxona (firma) darajasidagi innovatsion loyiha bo‘yicha ham tanlovlar e’lon qilinadi. Tanlovda yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Bunda ham loyiha baholanadi va eng maqbuli tanlab olinadi.
Buning uchun loyiha muallifi (ijrochisi) loyihani ko‘rib chiqish uchun buyurtmachiga, ya’ni korxona (firma)ga bir qator hujjatlarni, jumladan, rasmiy xat, loyihaning biznes-rejasi, xarajatlar smetasi kalkulyatsiyasi hamda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga oid ma’lumotlarni taqdim etishi zarur bo‘ladi.
O‘zbekistonda korxona (firma) darajasida amalga oshiri­la­yot­gan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish o‘ziga xos xusu­siyatga ega.
Tanlab olingan loyiha qiymati doirasidagi summa, dastlab, “kelgusi davr xarajatlari”da qayd etiladi. Kelgusi davr xara­jatlari – bu hisobot yilida kelgusi davrlar uchun qilingan xara­jatlardir.
Loyihaning bajarilish bosqichlari davomida unga tegishli bo‘lgan “kelgusi davr xarajatlari”ni hisobdan chiqarish quyi­da­gicha amalga oshiriladi:
  • loyiha doirasidagi ilmiy tadqiqot ishlari yakun­lan­gan-dan so‘ng, yangi texnologiyalar yaratish va qo‘llanilayotgan texno-lo-giya­larni takomillashtirish bo‘yicha patent olishga erishilgan holda “kelgusi davr xarajatlari” korxona nomoddiy aktivi sifa­ti­da tan olinadi;




  • loyiha natijalari aktiv sifatida tan olinmagan taqdirda unga tegishli “kelgusi davr xarajatlari” O‘zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 2.3.18 va 2.3.19- bandlarida belgilangan tartibga ko‘ra korxona (firma)ning “davr xarajatlari” tarkibidagi “boshqa operatsion xarajatlari”ga o‘tkaziladi.


Nizomning 2.3.18 va 2.3.19-bandlarida, korxonaning innovatsion faoliyatiga oid “boshqa operatsion xarajatlar” tar­ki­bi quyidagicha keltirilgan:


  • yangi texnologiyalar yaratish va qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xomashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‘liq mahsulotlar sifatini oshirish xara­jat­lari;


  • ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsio­naliza­torlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, serti­fikat­lashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to‘lash xarajatlari va boshqa xarajatlar.


Shuni ta’kidlash lozimki, yaqin xorijiy davlatlarning ayrimlarida, korxona (tashkilot)larning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish manbai bo‘lib – amortizatsiya ajratmalari fondi hamda o‘z ixtiyorida qoladigan sof foyda hisobidan shakl­lan­tiri­la­digan “ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi” hisob­la­na­di100.


Iqtisodiyotning globallashuvi va raqobatning kuchayishi sharoi­tida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xususiy sektorni keng jalb etish eng dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboevaning ta’kidlashicha: “Ilm-fan, innovatsiyalar sohasiga xususiy sektorni ham keng jalb qilish, ular faoliyatini olib borishi uchun qulay shart-sharoit yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratish kerak. Bugungi kunda bu yo‘nalishga xususiy sektor deyarli jalb qilinmagan desak bo‘ladi. Jalb qilingan bo‘lsa ham juda past ko‘rsatkichda. Ilm-fan, innovatsiyalarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti zimmasiga yuklanib qolgan. Ilm-fan sohasiga ajratilgan moliyalashtirish bugungi kunda YaIMga nisbatan 0,2 foizni tashkil qiladi.
So‘nggi yillarda davlat byudjetidan sohaga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi 3 martagacha oshirildi. Lekin ular asosan ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning maoshlari, moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanmoqda.
Ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnika va ilmiy labora­toriya­lar ba’zalarini rivojlantirmas ekanmiz, ko‘zlagan maqsa­di­miz­ga erisha olmaymiz”101.
Shu sababdan ham, vaziyatni o‘nglash va 2030 yilga kelib O‘zbekistonning Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahon­ning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish maqsa-di­da – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentya­br­dagi PF-5544-son Farmonida, innovatsion faoliyatni moliya­lashtirish tizimini takomillashtirishning quyidagi yo‘na­lishlari belgilangan:
  • ilmiytadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarf­­la­na­digan davlat xarajatlarini ko‘paytirish va 2021 yilga borib, bu ko‘rsatkichni yalpi ichki mahsulot hajmining 0,8 foiziga yetkazish;


  • innovatsion faoliyatni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus ins­ti­tut­lar (innovatsiya jamg‘armalari, innovatsiya banklari, venchur jam­g‘armalari) tashkil etish;


  • mamlakatni innovatsion rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun bank kreditini olish tartib-taomillarini va talablarini sod­dalashtirish;


  • innovatsion taraqqiyotni mikromoliyalashtirish tizimini takomillashtirish;


  • ilmiy-texnologik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va moliyalashtirishda xususiy sektor ishtirokini rag‘­bat­lantirish;


  • innovatsion loyihalar va salohiyatli investorlarning doimiy ravishda yangilab boriladigan yagona ma’lumot bazasini tash­kil etish;


  • innovatsion loyihalar uchun grantlar va texnik ko‘mak mablag‘­la­rini olish va ulardan foydalanish tartib-taomillarini sodda­lash­tirish va shaffofligini oshirish.


Xulosa shuki, innovatsion loyihalar hayotiy siklining barcha bosqichlarida moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi, ularning rad etilishi yoki to‘xtatib qo‘yilishi kabi holatlarning bo‘lmas­ligini kafolatlaydi.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling