“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish Reja
- 7.1.Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmatlar bozoriningmazmun-mohiyati va ahamiyati
Tayanch iboralar
Inson omili, resurs, boshqarish,konsepsiya,kadrlar, startegiya,kadrlarni tanlash, kadrlarnitayinlash, rag‘batlantirish, malakalikadrlar,ijodiy qobiliyat. Nazoratvamuhokamauchunsavollar 1.Innovatsion tizimda inson omilini sharhlab bering. 2.Inson omilining faollik darajasini baholash mezonlarini ayting. 3.Insonresurslariniboshqarishkonsepsiyasi to‘g‘risida tushuncha bering. 4.Kadrlarniboshqarishstartegiyasiningmohiyativaturlarini yoriting. 5.Kadrlarniboshqarishstartegiyasiningturlarini sanab bering. 6.Kadrlarnitanlash vabaholashda nimalarga e’tibor qaratiladi? 7-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish Reja 7.1.Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmatlar bozorining mazmun-mohiyati va ahamiyati. 7.2.Xizmatlar bozorining mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida tutgan o‘rni. 7.3.O‘zbekistonda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish yo‘llari. 7.1.Innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmatlar bozoriningmazmun-mohiyati va ahamiyati Kishilik jamiyatidagi buyuk tarixiy kashfiyotlardai biri– bozor hisoblanadi. Bozor o‘z taraqqiyoti davomida iqtisodiy ahamiyati bilan birga, odamlarning ma’naviy yuksalishiga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatib kelgan. Inson bozordagi tovarlarni xarid qilish bilan mamlakat va jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar va yangiliklardan bahramand bo‘ladi, o‘z mahorati va bilimini yanada oshirishga intiladi. Bu esa o‘z navbatida ilmiy-texnik jarayonni rag‘batlantiradi va ishlab chiqarishning jadallashishiga olib keladi. Respublikamizda aralash iqtisodiyotning vujudga kelishi va iqtisodiyotimizni boshqarishda demokratik tamoyillarning qo‘llanilishi tadbirkorlik sub’ektlariga keng yo‘l ochilishi–jahondagi ilg‘or tajribalar va me’yorlar asosida ichki hamda tashqi bozorlarda faoliyat yuritishlariga zamin yaratmoqda. Bunday sharoitda, tabiiyki, bozorning qonuniyatlarini o‘rganish muhim yo‘nalish hisoblanadi. Hozirgi davrda, bozor – ishlab chiqaruvchilar bilan iste‘molchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor tushunchasiga juda ko‘plab ta’riflarni keltirishimiz mumkin. K. R. Makkonel va S. L. Bryular bozorni mahsulot va xizmatni sotuvchi va sotib oluvchilarni qo‘shuvchi mexanizm deb atashadi27. N. Tuxlievning fikricha: “Bozor tovar ishlab chiqarish qonunlari asosida tashkil qilingan ayriboshlash, tovar va pul muomalasi munosabatlarining yig‘indisi, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘indir”28. A.O‘lmasov va A.Vahobovlar qalamiga mansub “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida: “Bozor – bu xaridorlar bilan sotuvchilar orasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bog‘laydigan mexanizmdir”29, deyilgan. . B.Yu.Xodiev va Sh.Sh. Shodmonovlar muallifligida yozilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida esa: “Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi”30, degan ta’rif berilgan. Yuqorida keltirilgan ta’riflardabozorning mohiyati qaysidir darajada ochib berilgan. Ular asosida aytish mumkinki, bozor– ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lar va iste’molchi (xaridorlar) lar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlarni bog‘laydigan tuzilmadir. Bozorning asosiy belgilari – sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosida ayirboshlash, sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi va to‘lovga qodir bo‘lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir. Shuni ta’kidlash lozimki, bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyotning to‘rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari)dan faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu-ro‘z ham ulashilmaydi, lekin unda – turli mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab kishilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko‘chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, ishchi kuchi pulga sotiladi va sotib olinadi. Bozor murakkab tuzilishga ega. Shu sababdan, uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy xarakterga ega bo‘lib, unda tovarga tovar ayirboshlash usuli (barter) ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozorda tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lar va iste’molchi (sotib oluvchi)lar bo‘lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o‘rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalashadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida davlat uning faol ishtirokchisi bo‘ladi. Bunda bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi tarmoqlar rivojlangan bo‘ladi, raqobat kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi. Nazariya va amaliyotda bozorlarni turlarga ajratishda, ularda ishtirok etuvchi tovarlar va xizmatlar asos qilib olinadi. Aksariyat iqtisodiy adabiyotlarda bozorlarning quyidagi asosiy turlari keltiriladi: iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori; ishlab chiqarish vositalari bozori (resurslar bozori); mehnat bozori; moliya bozori va boshqalar. Bozorlar tarkibida iste’moltovarlari va xizmatlar bozori– asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Unda xo‘jalik sub’ektlarining barcha uchta turi: uy xo‘jaliklari, davlat va korxonalar qatnashadi. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling