“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
Iste’mol tovarlari bozori – aholining shaxsiy ehtiyojini qondiruvchi va hayot kechirish uchun uy-ro‘zg‘orini jihozlash maqsadida xarid qilinuvchi asosiy va hayot uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning oldi-sotdi munosabatlari majmuini o‘z ichiga oladi. Iste’mol tovarlari bozori o‘z navbatida juda ko‘plab maxsus bozorlarga bo‘linib ham o‘rganiladi: oziq-ovqat, kiyim- kechak, xo‘jalik, madaniy mollar va boshqalarga bo‘linadi. Bu bozorning moddiy-texnika asosi(infrastrukturasi) bo‘lib: ulgurji savdo bazalari, do‘konlar va barcha chakana savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi shaxobchalar hisoblanadi.
Xizmatlar bozori – aholiga maishiy, ma’rifiy, tibbiy, texnik, kommunal, madaniy, aloqa, transport, konsalting, injiring, lizing va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha oldi-sotdi munosabatlarini ifodalaydi. Uning ham o‘ziga xos shaxobcha va muassasalari shakllanadi. Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozorlarining o‘xshashligi shundaki, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri insonlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi–intellektual tovarlar bozoridir. Unda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar – ilmiy g‘oyalar, texnika yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Ushbu bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o‘rin tutadi. Intellektual tovarlar bozorining funksiyasi – patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat. Bu bozorda asosan innovatsiya firmalari faoliyat yuritishadi. Ular yangiliklar yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida sanoat korxonalari, dehqon, fermer xo‘jaliklari va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari muassasalarining ta’minoti uchun zarur bo‘lgan dastgoh, xomashyo, jihoz va butun kerakli tovarlar oldi-sotdisi tashkil etiladi. Bu bozor bizning mamlakatda “O‘zulgurjibirjasavdo” tizimi, tovar-xom ashyo birjalari miqyosida tashkil etilgan. Ishlab chiqarish vositalari bozori tovar birjalari orqali ham amalga oshiriladi. Moliya bozori – naqd pul, valyuta, kapital va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi munosabatlari majmuini bildiradi. Moliya bozori sug‘urta tizimini ham o‘z ichiga oladi. Moliya bozorining sotuv-chilari sifatida pul egalari–aholi, firma, korxona, davlat va tijorat banklari qatnashadilar. Moliya bozorining xaridorlari – pulga muhtoj bo‘lgan barcha sub’ektlardir. Mehnat bozori deganda ishchi kuchini oldi-sotdi jarayoni tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat resurslarini ham erkin oldi-sotdisi tashkil etiladi. Ortiqcha mehnat resursi ishchi kuchi sifatida taklif etiladi va korxona, firmalarning talablari asosida erkin baholarda sotiladi. Demak, mehnat bozorida ham talab, taklif va baho mavjud. Ishchi kuchi qiymatining baholanishi, sotib olinayotgan ishchining ish haqi va qo‘shimcha imtiyozlari bilan aniqlanadi. Mehnat bozori – mehnat birjalari orqali uyushtiriladi. Mehnat birjasi tuman, shahar va viloyatlarda o‘z tarmoqlariga ega. Mehnat birjasida korxona va firmalarda bo‘sh ish joylari ro‘yxati va ishsizlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘iladi. Mehnat birjasiga murojaat qilgan ishsizlarga bo‘sh joylari yoki yangi kasbni egallash tavsiya etiladi. Yangi mutaxassisliklarni egallashga muhtoj kishilarga maxsus o‘qish kurslari tashkil etiladi. Yuqorida keltirilgan fikrlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish vositalari (resurslar), mehnat va moliya bozorlari faoliyati o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. Shu sababdan, bu bozorlar alohida (turli) nomlar bilan atalsada, aslida ularning barchasi jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishadi. “Turizm innovatsion xizmatlar bozorining bir ko‘rinishi bo‘lib, yuqori sifatli turistik xizmatlar bozorini ham keltirish mumkin. Respublikamizda o‘sib borayotgan yuqori sifatli turistik xizmatlarga bo‘lgan talab va uning qondirilishi o‘rtasidagi munosabatlar yuqori sifatli turistik xizmatlar bozori – bu iste’molchilarga yuqori sifatli turistik xizmat ko‘rsatish asosida daromad olish imkoniyatini yaratadigan turistik xizmatlarga talab va taklif mutanosibligi hisoblanadi”31. Xizmatlar bozori bizning mamlakatimizda ham juda katta istiqbolga ega. Jahondagi eng rivojlangan mamlakatlarda ishga yaroqli aholining 65-70 foizi ana shu xizmatlar bozori sohalarida faoliyat ko‘rsatadi va ularning iqtisodiyotdagi salmog‘i ham juda yuqori. Hududiy jihatdan bozorlar– mahalliy, milliy va jahon bozoriga ajratiladi. Yuqorida bayon etilgan bozorlar, ularda sotilayotgan tovar yoki xizmatlar turlariga qarab bir necha minglab xillarga bo‘linib ketadi. Amaliyotda har qaysi tovar yoki xizmat turining xusu-siyatlariga qarab bozorni tashkil etish va boshqarish tartib-qoidalari mavjud. Xorijiy adabiyotlarda bozor turlariga qarab marketing faoliyatining ikki mingdan ortiq ta’rifi bor ekanligi qayd eti-ladi. Amaliyotda qancha turdagi tovar yoki xizmatlar bozori tashkil etilaversa va boshqarish tizimi shakllanaversa, shuncha marketing faoliyati ta’rifi berilaveradi. Aholi farovonligini oshirishni ko‘zda tutuvchi bozor munosabatlari sari borayotgan mamlakatimizning rivojlanish darajasini ko‘tarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshiralayotgan hozirgi sharoitda, iste’molchilar talabiga har tomonlama javob bera oladigan arzon va sifatli, shuningdek, bozorda raqobatbardosh xizmatlarni yaratish eng dolzarb vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda hozirgi zamon talabiga javob beraoladigan madaniyatli xizmatlarni qaror toptirish maqsadi-da“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi (1996 yil (26 aprel) va “Reklama to‘g‘risidagi” (1998 yil 25 dekabr) qonunlar hamda bir qator qonunosti hujjatlar qabul qilingan. Ularga rioya qilish uchun davlat nazorati amalga oshiriladi. Bu qonun va qarorlarga muvofiq insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar yoki xizmat bozorlarini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni cheklash va barham berish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jihatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda o‘sib ketishiga, bozorda sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilishiga olib keluvchi raqobatning oldini olish chora- tadbirlari ko‘riladi. Mamlakatimizda xizmatlar bozorida raqobat muhitining rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimini topish –milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish strategiyasining asosini tashkil etmoqda. Shuning uchun ham bozorlarimizda erkin raqobat muhitini shakllantirish va korxonalarimiz raqobatbardoshligini oshirish omillarini tahlil etish amaliyoti qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi rivojlanish bosqichiga o‘tayotgan davrda asosiy e’tibor xizmatlar bozorini ekstensiv rivojlantirishgagina emas, balki fan-texnika taraqqiyoti negizida, ular faoliyatini har tomonlama intensivlashtirishga, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy etgan holda rivojlantirishga qaratilmog‘i zarur. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling