“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Xizmatlar bozorining mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida tutgan o‘rni


Download 2.56 Mb.
bet33/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

7.2.Xizmatlar bozorining mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida tutgan o‘rni

Mamlakatimizda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bir qatorda, aholining xizmatlarga bo‘lgan talabi ortib bor­moqda. Xizmatlar iqtisodiyotida muhim o‘rin egallay boshladi. Natijada xizmatlar bozori iqtisodiyotning muhim bo‘g‘iniga aylan­moq­da.


Zamonaviy iqtisodiyotning global tendensiyalaridan biri ‒ ko‘rsatilayotgan xizmatlarning keskin darajada o‘sishi hisoblanadi. Davlat statistik organlari ma’lumotlariga ko‘ra rivojlangan dav­lat­lar yalpi milliy mahsulotidagi xizmatlar hissasi hozirgi kunda 2/3 dan 3/4 gacha tashkil qilmokda. AQSh da xizmatlar bozorida ishlovchilar, umumiy band bo‘lganlarning 77 foizni tashkil etgan va bashoratlarga ko‘ra, ushbu soha yaqin yillarda yangi ish joylarining 90 foizni ta’minlashi lozim.
Rivojlangan davlatlarda aholining iste’mol xarajatlari tarkibida xizmatlarning hissasi 50-80 foizni tashkil etadi. Respublikamizda esa ushbu ko‘rsatkich bor -yo‘g‘i 10-15 foizga tash­kil etadi, xolos.
Xizmatlar bozorida aksariyat hollarda tijorat tashkilot (kor­xona)­lar faoliyat yuritishadi. Ular tarkibiga savdo va umumiy ovqat­lanish korxonalari, turistik va konsalting firmalari, xusu­siy tibbiy muassasalar, aviakompaniyalar, banklar, ma’lu­mot­lar­ni kompyuterda qayta ishlash byurolari, yuridik, sug‘urta, ko‘chmas mul­k savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar va boshqalar kira­di.
Yuqorida qayd etilganidek, xizmatlarni ishlab chiqarish bilan davlat ham shug‘ullanadi. Dunyodagi ko‘pchilik davlatlarda ta’­­­­lim muassasalari va muzeylar davlat ixtiyorida bo‘ladi va ular o‘z faoliyatlaridan foyda olishni maqsad qilib qo‘yishmaydi. Ular notijorat tashkilotlaridir. Ammo shunday davlatlar mavjudki, bun­day tashkilotlar tijorat tashkilotlari hisoblanadi.
Xizmatlar bozorida bir-biridan o‘lchamlari bilan farq­lana­di­gan turli sub’ektlar: tijorat banklari, sug‘urta va tele­kom­mu-ni­katsiya kompaniyalari, mehmonxona xo‘jaligi majmualari, tashish kabi sohalardagi yirik xalqaro korporatsiyalardan tortib, kafe, ta’­mirlash ustaxonalari kabi mahalliy darajadagi turli xil ki­chik korxonalarni faoliyat yuritishadi.
Xizmatlar bozorining dinamik darajada rivojlanishini ta’­minlashning asosiy yo‘llaridan biri bo‘lib, fan-texnika tarak-qiyoti hisoblanadi. Uning natijasi – ishchi kuchi va kapitalning qo‘shimcha oqimini ta’minlovchi innovatsion xizmat turlarining yara­tilishi bo‘ldi.
Innovatsion texnologiyalarning32 paydo bo‘lishi iste’­mol­chi­larga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda biz­nes­ni amalga oshirish usullarini tubdan o‘zgartiradi. Misol tari-qasida, hozirgi kundagi kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarining integrallashuvini keltirish mumkin.
Milliy yoki global elektron xizmat ko‘rsatish tizimlarining yaratilishi–moliyaviy kompaniyalar, banklar va boshqa xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatlari miqyosini qayta o‘zgartirdi. Ularning tasarrufida yuqori intellektual kompyuter tizimlari mav­jud bo‘lib, ular talab va taklif o‘rtasidagi qonuniyatlarning o‘zga­rishini operativ tahlil qilish orqali qabul qilinayotgan qarorlar xavf-xatarini baholash, mijozning to‘lov qobiliyatlarini aniq­lash, amalga oshiriladigan operatsiyalar daromadliligi va bosh­qa­larni o‘rganishga imkoniyat beradi.
Innovatsion-texnologik taraqqiyot–xizmat ko‘rsatishning barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi. Yangi va takomillashtirilgan tizim­lar­ning yaratilishi buyurtmalarni qabul qilish, to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa bir qator ishlarni bajarish uchun zamin yaratadi. Masalan, banklardapullarni qabul qilish, kreditlarni yopish, naqd pullarni berish kabi bank operatsiyalarining avtomatlashtirilishi hisoblanadi.
Bank avtomatlarining joriy etilishi xodimlardan foyda­la-nish­ning imkoniyati bo‘lmagan joylarda kechayu kunduz xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Kredit kartalarining qo‘llanilishi qo­g‘oz pullarni muomala vositasi sifatida siqib chiqaradi va iste’-molchilarga taalluqli elektron terminallari bilan jihozlangan savdo markazlari va boshqa xaridni amalga oshiradigan joylarda bevo­sita hisob-kitoblarni qilish imkonini beradi.
Iqtisodiyotning innovatsion-texnologik taraqqiyot negizida rivojlanishi texnik jihatdan qiyin hisoblangan tovarlarni yetka­zib berish va kelgusidagi ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘­shimcha xizmatlar (servis)ning oshishiga olib keladi.
Haqiqatda har qanday innovatsion mahsulot (tovar), ayniqsa yuqo­ri texnologik va uzoq muddatli foydalaniladiganlari turli xizmatlarga ehtiyojlarini yuzaga keltiradi.
Mahsulot tavsifiga bog‘liq holda xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
  • yuklash-tushirish va taxlash;


  • o‘rnatish va montaj;


  • yoqilg‘i quyish;


  • texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;


  • tozalash va tashqi ko‘rinishni tiklash;


  • ekologik utilizatsiyalash va boshqalar.


Ushbu xizmatlarning ayrimlari qo‘shimcha daromad manbai hi-sob­lanadi. Ayrim hollarda sotishdan keyingi xizmatlarni ko‘rsa-tish orqali olinadigan daromadlarni yillar davomida olish mum-kin. Hozirgi kunda innovatsion-texnologik asbob-uskunalar va mashi­nalar­ning ko‘pchilik ta’minotchilari o‘z e’tiborlarini yuqori bilim va hunarni talab qilinadigan qiyin turdagi xizmatlar to‘p­la­mini yaratishga qaratmokdalar.


Bunday xizmatlar nafaqat qo‘shimcha daromad keltiradi, balki ishlab chiqaruvchi korxona (firma)ning iste’molchilarga yaqin bo‘lishi xarid qilingan asbob-uskunaning ekspluatatsiya imko­niya­t­la­rini vujudga keltiradi.
Bugungi kunda o‘zlarining raqobatbardoshligini hamda mahsu­lot­larining jozibadorligini oshirish maqsadida ko‘pchilik ishlab chiqa­ruvchi korxona (firma)lar o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilgan asbob-uskunalarni ta’mirlash imkoniyatlarini, shuningdek, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va vujudga kelgan muammolarni yer sha­rining har qanday nuqtasida hal etish mumkinligini reklama qila­dilar.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida xizmatlar – oldi-sot-di­ning to‘laqonli ob’ekti bo‘lib qoldi. Buning natijasida ushbu xiz­matlar mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘r-sat­kichlari hisoblangan milliy daromad, yalpi ijtimoiy mahsulot kabilar tarkibiga kiritilgan.
“Hozirda turizm sohasida ham innovatsion texnologiyalarning qo‘llanishi tobora keng tus olmoqda. Masalan, Shveysariya, Ispaniya kabi mamlakatlarda taklif etiladigan tur paketlarning 80foizida innovatsion texnologiyalar (kadjetlar, datchiklar, lazer uskunalar va h.k.lar) elementlari ishtirok etadi. Ayrim tadqiqotchilar tarmoq va sohalar xususiyatidan kelib chiqqan holda innovatsion texno­logiya­lar ishtirok etgan xizmatlarni yuqori sifatli xizmat deb hisob­la-sha­di. Xususan,turizm sohasida yuqori sifatli turistik xizmat-lar­ga quyidagicha ta’rif berilgan: Yuqori sifatli turistik xiz­mat– bu turistlarning jismoniy va estetik ehtiyojlarini to‘­liq qondiradigan, xavfsiz, atrof-muhitga zarar keltirmay-digan, xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlarida sifati pasay­maydigan, sifatli infratuzilma sharoitida ro‘y bera-di­gan, innovatsion texnologiyalar jalb qilinadigan malakali xiz­mat hisoblanadi”33.
Shu o‘rinda turizmda innovatsion xizmat ko‘rsatish tu­shun­­chasi ham mavjud bo‘lib, uning mohiyatini quyidagicha ifo­dalash mumkin. Turizmda innovatsion xizmatbu turist­lar­ga taklif etiladigan, turizm sohasida yangi texnologiyalar, yangi g‘oyava ilmiy ishlanmalarni o‘z ichiga olgan zamonaviy xizmat hisoblanadi”34.
Innovatsion xizmat ko‘rsatishning korxonalardagi mu­him jihati va natijadorligi raqobatbardoshlikni ifodalash bi­lan xarakterlanadi. Ayniqsa, bunday jarayon alohida olin-gan sohalarda(masalan, turizm sohasida) o‘ziga xos tarzda nam­o­yon bo‘ladi. Shunday ekan turistik xizmat raqobatbardoshligi–bu turistik xizmatning bozorda mavjud boshqa raqobatchi shun­day xizmatlarga nisbatan xizmat si­fa­­ti, kadrlar malakasi, foyda(daromad) darajasi, bozordagi ulu­shi kabi ko‘rsat­kich­lar bo‘yicha nisbiy qiymati tushunila­di”35.
Yuqorida qayd qilinganlardan shunday xulosa qilish mumkin­ki, xizmatlar iqtisodiyotda o‘ta muhim rol o‘ynaydi va bu quyidagi omil­larda o‘z ifodasini topadi:
  • xizmatlarning yuqori likvidliligi, ya’ni daromadliligi bi­lan.Ular odatda ishlab chiqarilgan paytda iste’mol qilinadi.


  • nisbatan yuqori bo‘lmagan material sig‘imi bilan (nomoddiy deb nomlanadigan xarajatlarni qo‘shgan holda). Bu o‘z navbatida qo‘­shi­l­gan qiymat hajmini oshiradi va tegishli ravishda moddiy daro­madni ham.


  • xizmatlarni bajarganlik uchun haq olishning qisqa muddati bilan.


Shunday qilib, iqtisodiy omillarning xizmatlar bozoriga ta’siri yalpi milliy mahsulotning umumiy dinamikasida, iste’mol va investitsion tovarlarga bo‘lgan talabning o‘zgarishida, aholining bandlik holatida va daromadlar darajasida (ish haqida) va boshqa bir qator makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.


Ijtimoiy mehnat taqsimotining o‘sishi bilan ish va bo‘sh vaqt o‘rtasidagi mehnat va dam olish o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi. Zamonaviy sivilizatsiyaning qonuniyatlaridan biri bo‘lib hisob­lan­mish:ishlovchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun turli xildagi xizmatlarga (sport bilan shug‘ullanish, mada­niy, sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarida qatnashish, sayohat, turizm va boshqalarga) bo‘lgan talab kengayadi.
Shuningdek, xizmatlar bozorida moliyaviy va ishchan xizmat ko‘r­satish bilan birga (lizing, franchayzing) yangi dinamik soha bo‘l­gan axborotni ishlab chiqarish, saqlash va tarqatish bilan bog‘-liq bo‘lgan xizmatlarning ham roli ortib bormoqda.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, shu jumladan, xizmatlar bozoriga (tashqi muhit ta’siri tizimidagi) demografik omil xiz­mat­larning turli bozorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Misol sifa­tida inson hayotini sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlarni olishimiz mumkin. Sug‘urta xizmatlarining ushbu turi industrial rivoj­langan davlatlardagi sug‘urta biznesining yetakchi o‘rnini egallaydi.
Mamlakatning sotsial-iqtisodiy hayotida ayollar rolining intensiv o‘zgarish jarayonlari sodir bo‘lmoqda. Ularning ijti­mo-iy ishlab chiqarishda qatnashishlari ham kengaymoqda. Bunday holat avval uy sharoitida bajariladigan turli xil xizmatlarga talab-ning oshishi bilan kuzatilmoqda. Ular jumlasiga ovqat tayyorlash, yuvish, uy va xonalarni tozalash va hokazolar kiradi. Uy xo‘jaligiga yo‘naltirilgan uydan tashqari xizmatlarni bajarishga ixti­soslash­tirilgan firmalarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
O‘zbekistonda hozirgi paytda to‘laqonli xizmatlar bozorini shakl­lantirish uchun ma’lum iqtisodiy shart-sharoitlar mavjud, shu­ningdek, tadbirkorlarning huquqini himoya qiluvchi qonunlar va qonun osti hujjatlar ushbu soha tashkilot (korxona)larning iqtisodiy mustaqilligi va faoliyat natijalarining oshishiga za-min yaratmoqda.


Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling