Tayanch iboralar
Bozor, xizmatlar, innovatsiya, g‘oya, mehnat, mahsulot, innovatsion xizmat, aholi, hududlar, rag‘batlantirish,
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Milliy iqtisodiyotdaxizmatlarning tutgan o‘rnini yoriting.
2.Xizmatlarsohasidagiinnovatsiyalargata’rifbering.
3.Xizmatlar bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi sharoitlarni sanab bering.
4.Xizmatlar bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni ayting.
8-mavzu.Innovatsiyalarning sohalar bo‘yicha turlari
Reja
8.1. Innovatsiyalarni iqtisodiyotning turli o‘zgarishlar ta’sirida shakllanish zaruriyati. Innovatsion siyosat va innovatsion strategiya.
8.2. Innovatsion loyihalar, sohalar bo‘yicha innovatsion turlari.
8.1. Innovatsiyalarni iqtisodiyotning turli o‘zgarishlar ta’sirida shakllanish zaruriyati. Innovatsion siyosat va innovatsion strategiya
Innovatsiyalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi va uning samarali faoliyati bir qator talablarni bajarishni taqozo etadi. Innovatsiyalarni yaratishda ishonchli hamkorlarning bo‘lishi innovatsiyalar yaratilish jarayonini uzoq muddatliligini ta’minlaydi. Ammo tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, biror yangi sohani yaratmoqchi bo‘lgan korxonalar turli hamkorlar bilan turli bilimlarni egallash maqsadida kuchsizroq aloqa o‘rnatishni afzal ko‘rar ekan.
Bularning barchasi alohida olingan korxona va tashkilotlarda innovatsion siyosat bo‘lishini talab etadi hamda innovatsion strategiyani belgilab beradi.
Avvalo, innovatsion siyosat tushunchasini kengroq yoritib beramiz. Innovatsion siyosat bu ilmiy ishlar va ixtirochilik natijalarini hayotga joriy etishda (yangiliklar yaratish va amaliyotga tatbiq etish) qo‘llaniladigan boshqaruv, iqtisodiy, tashkiliy va texnologik qarorlar, usullar jamlanmasi hisoblanadi. Korxona innovatsion siyosati mavjud resurslarga qarab innovatsiyalar joriy etish ketma-ketligini belgilab beradi. Innovatsion siyosatni amalga oshirish korxonaning texnik iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshadi. Innovatsion siyosatni shakllantirish, avvalambor, innovatsion strategiyani ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. Innovatsion strategiya deganda mikro (tashkilot, korxona) va makro (mamlakat) darajada korxona tomonidan innovatsiyani joriy etish uchun amalga oshiriladigan yaqin va uzoq istiqboldagi chora-tadbirlar ketma-ketligi tushuniladi. Innovatsion strategiyani ishlab chiqarish fan va texnika texnologiyaning rivojlanish darajasi bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |