“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
Innovatsion loyihalar – buinnovatsiyalar yaratilishi (ilmiy g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar) va uni amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq bajarilishi zarur bo‘lgan barcha ishlar (loyiha, konstuktorlik, ilmiy tadqiqot va hokazo)ning majmuasi hisoblanadi.
Mamlakatda innovatsiyalarning natijadorligi – bu innovatsion g‘oyalardan tortib, to uni ishlab chiqarishda qo‘llab biron bir samaraga erishishga bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu borada respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday degan edi: - “... biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz”37. - “... ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak”.38 - “Har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba – ishlab chiqarish va innovatsion markazlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir ... Biz mamlakatimizda ... ilmiy ishlanmalar “Nou-xou” lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak. ... ilmiy tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tubdan isloh qilish hamda ilmiy ishlanmalar bo‘yicha amaliy natijadorlikni oshirish yuzasidan aniq takliflar tayyorlash ...”39 talab etiladi. Respublikamizda iqtisodiy sohada innovatsiyalarni, innovatsion dasturlar va loyihalarni jadal rivojlantirish uchun hukumatimiz alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, “... amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etish zarur”40ligi belgilab berildi. Ilk innovatsion modellarda innovatsiyalar chiziqli faoliyat olib borish ketma-ketligi sifatida namoyon bo‘ladi. Avvaliga ilmiy tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi orqali yangi mahsulotlar yaratilib bozorga chiqarildi(“texnologik turtki”) yoki bozorning o‘zi innovatsiyalarga ehtiyoj sezib korxonalarni innovatsiya yaratishga majbur etadi(innovatsiyalar manbasi: ehtiyoj-bozor talabi bosimi gipotezasi41).Bu gipotezalarning kamchiliklari amaliyotda yaqqol namoyon bo‘ladi, aslida innovatsiyalar o‘zaro bog‘liq va muvozanatlashgan jarayon bo‘lib, ba’zida “texnologik turtki” ba’zida esa “bozor talabi bosimi” gipotezasi ustun keladi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik innovatsiyalar tartibsiz boshlanib, shakllanish bosqichlari davomida qayta ishlanadi va ba’zida shakllanish bosqichlari ketma- ketligi buziladi. 2000-yilda Van de Ven va boshqalar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda innovatsiyalarning chiziqli modellarining bir nechta kamchiliklari aniqlandi. Ular innovatsiyalarning vaqt davomida rivojlanish jarayoniga e’tibor qaratib, asosiy modelga ba’zi o‘zgaruvchilarni kiritishni maqsadga muvofiq deb topishdi: Innovatsiyani keltirib chiqaruvchi ehtiyojlar – bu odamlar yoki tashkilotlar o‘z imkoniyatlari maksimal darajasiga erishganda yoki undan qoniqmaslik natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar asosida yuzaga keladi. G‘oyalarning tarqalishi- innovatsion jarayon avvaliga bir yo‘nalishda kengaya boshlaydi, keyin esa turli yo‘nalishlarda tarqaladi; Innovatsiyalarni yaratishda tez- tez omadsizlikka uchraladi, rejalar o‘ta optimistik bo‘ladi, xatolar yig‘ilib boradi, salbiy sikllar rivojlanishi mumkin; Innovatsiyalarni yaratuvchi bo‘limlar qayta tuzish odatda tashqi aralashuv – mutaxassislarni almashtirish yoki boshqa kutilmagan qarorlar orqali ro‘y beradi; Shunday qilib, innovatsiyalarni shakllantirishda va uni muammoli holatini tanqid qilishda va foydali jihatlarini qo‘llab-quvvatlashda alohida yondashuv muhim ahamiyatga ega. Innovatsiyalar chuqur ta’lim olishni talab etadi, lekin innovatsiyalarning yaratilishida boshqa kutilmagan omillar ham ta’siri natijasida bilimlar “yuzaki” tabiatga ega bo‘lib qolishi mumkin. Angliyaning Sasseks universiteti professori Roy Rotvelning fikricha, bizning innovatsion jarayon haqidagi tasavvurlarimiz oddiy chiziqli modellardan murakkab interaktiv modellar darajasiga rivojlanib bordi42. Uning “beshinchi avlod innovatsiyalari” tushunchasida innovatsiyalar ko‘p tomonlama jarayon, ya’ni korxonalarning tashqi va ichki integratsiyasini talab qiluvchi, axborot infratuzilmasining qo‘llanilishiga bog‘liq deb qabul qilinadi. Abstrakt modellar bizga innovatsiyalarni boshqarishdagi muammolarni yaxshi anglashga yordam beradi, lekin shu bilan birga ko‘pincha bu modellarning qo‘llashda ehtiyot bo‘lish lozim. Bu modellarni qo‘llashda cheklovlar bo‘ladi. Masalan, innovatsiyalarni “texnologik turtki” chiziqli jarayoni (asosiy e’tibor ilmiy-texnik ishlanmalarga qaratiladi, foydalanuvchilar ta’siri esa inobatga olinmaydi) yoki innovatsiyalarni harakatlantirish faqat bozor orqali yuz beradi degan qarash bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga innovatsiyalar faqat katta o‘zgarishlarga olib keluvchi ixtirolar emas, balki inkremental innovatsiyalardan ham iborat. Misol uchun Edisonning lampa dizayni yillar davomida deyarli o‘zgarmadi, lekin mahsulot va jarayonning asta- sekin yaxshilanib borishi orqali 16 yil ichida cho‘g‘li lampa narxi 80foizga tushdi, bu mahsulotning dunyo bo‘ylab keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Innovatsiyalar tushunchasiga noto‘g‘ri qarashlarga ularni tizimdan tashqarida deb hisoblash yoki ularni mahsulot va jarayonga ajratib, bu ikkalasining o‘zaro ta’sirlashuvini inkor etishni keltirish mumkin. Odatda innovatsiyalar hamma tushunadigan qoidalar asosida rivojlanadi, ya’ni barcha innovatorlar o‘zlarining yo‘nalishlarida yangilik yaratishga urinadi. Qaysidir innovator boshqalarga qaraganda sifatliroq va foydaliroq innovatsiya yaratadi va natijada bozordagi o‘yin qoidalari o‘sha innovator foydasiga o‘zgara boshlaydi. Bu albatta ba’zilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, shu bilan birga yangi sharoitlar moslashish kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Bu jarayon Shumpeterning innovatsiya nazariyasida markaziy o‘rinni egallaydi. U bu jarayonni “ijodiy buzish” deb atadi. Biz shu vaqtgacha ko‘rib chiqqan modellar takrorlanuvchi va davomli innovatsiyalar bo‘lib, korxonalarning asosiy shiori “o‘z ishimizni yaxshiroq amalga oshirish” hisoblanadi. Ammo ba’zan mahsulot va jarayonda katta o‘zgarishlarga olib keluvchi radikal innovatsiyalar ham yuz beradi, lekin ular ham texnologik imkoniyatlar, bozor talabi, raqobat darajasi, siyosiy vaziyat va boshqa omillar ortida yashiringan qoidalar asosida yaratiladi. Abernati va Klark 1985 yilda innovatsiyalar hayot siklini uch fazaga ajratadi43. Birinchisi “suyuq faza” – mahsulotda ba’zi o‘zgarishlar, ikkinchisi o‘tish fazasi – mahsulot yangi shaklga va xususiyatlarga ega bo‘ladi, uchunchisi esa ixtisoslashuv fazasi – mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari kamaytirilib, mahsulot bozorga chiqariladi. Kleyton Kristenson birinchilardan bo‘lib, innovatsiyalarning bozor talabidan kelib chiqishiga e’tibor qaratdi44. Uning tadqiqotlariga ko‘ra har bir avlod almashganida ko‘pchilik korxonalar, o‘z vaqtida bozorni egallab turish bo‘yicha boshqalarga namuna bo‘lganiga va innovatsiyalarga investitsiya kiritganiga qaramasdan, yangi talablarga moslasha olmay bankrotlikka uchraydi. Kristenson yoritgan muammo korxonalarning texnologik taraqqiyotga moslasha olmasligida emas, balki yangi bozorlarning paydo bo‘lishi yangi ehtiyojlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq. Umuman olganda ishlab kelayotgan korxonalar o‘zlarining asosiy mijozlari bilan ko‘p vaqt ovora bo‘lib, uzoq muddatda ro‘y beradigan yangi bozorlarning paydo bo‘lish ehtimolini ko‘zdan qochiradi va natijada yangi o‘zgarishlarga moslasholmaydi. Avvaliga, bozorga kichik korxona sifatida kirgan, lekin yangicha biznes modelga ega bo‘lgan korxonalar bozorda mavjud qonun qoidalarni o‘z foydasiga o‘zgartira boshlaydi. Bu qoidalarni ham kelajakda yana yangi avlod korxonalari vaqti kelib o‘zgartiradi. Yangi bozor qoidalariga o‘z vaqtida moslasha olish uchun korxonalar kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlarni ko‘ra bilishlari va o‘zlarini o‘zgartirishlari kerak. Iqtisodchilar Kristenson va Reynorlarning bu jarayonni chuqur o‘rganib, bozorda yangi qoidalarning o‘rnatilishini “bozorning buzilishi” deb ataydi. Bozorni “buzadigan” tovarlar va xizmatlar odatda yuqori texnologiyali tarmoqlarda radikal innovatsiya ko‘rinishida yoki mavjud texnologiyalarni qo‘llashning yangicha usuli-inkremental innovatsiya ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Radikal va inkremental innovatsiyalarni aslida farqlash ancha qiyin bo‘lib, texnologiyalarning bozorga ta’sirini o‘lchashni talab etadi. Bozor “buzilishi” shu bilan birga korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan aloqasiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. Chunki odatda innovatsiyalar tizim darajasida, ya’ni hamkorlar o‘rtasida bilim almashinuvi va yangi takliflar natijasida yuzaga keladi. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling