“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Innovatsion rivojlanish indekatorlari (ko‘rsatkichlari)


Download 2.56 Mb.
bet41/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

9.3. Innovatsion rivojlanish indekatorlari (ko‘rsatkichlari)
Innovatsiyalarning hayot sikli– bu uni joriy etish, tijorat­lash­tirish, diffuziya, rutinizatsiya (innovatsiyalarni barqaror amal­ga oshirish) va tarqatish va an’anaviy mahsulotga aylantirish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Innovatsiyalar haqida gap ketganda, ular jiddiy ilmiy va amaliy tadqiqotlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan korxonalar faoliyatiga bir tomondan yuqori texno­logiya­lar­ni joriy etish imkoniyatini yaratadi, ikkinchi tomondan korxona­ning jadal iqtisodiy rivojlanishi uchun amaliy natijaga erishi­shi­ni bildiradi. Albatta, innovatsion texnologiyalarning istiq­bol­li ishlanmalarni amalga oshirish katta xarajatlarni talab qila­di va bu respublikamizda davlat tomonidan belgilangan huqu­qiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.

Korxona va tashkilotlarning innovatsion faoliyatini hamda u­lar­dagi innovatsion raqobatbardoshligini baholash uchun xorijiy ama­liyot tajribalaridan kelib chiqib, innovatsion ri­voj­­lanish indeka­torlari (ko‘rsatkichlari) dan foydalaniladi. Bugungi, iq­ti­so­­diyot taraqqiyotining globallashuv sharoitida innovatsion ri­voj­­lanish indekatorlarini quyidagi guruhlarga ajratish mum­kin:


  • xarajatlar bo‘yicha indekatorlar;


  • vaqt bo‘yicha indekatorlar;


  • yangilanish bo‘yicha indekatorlar;


  • tarkib bo‘yicha indekatorlar.


Innovatsion rivojlanishning xarajatlar bo‘yicha indeka­tor­la­ri quyidagilar hisoblanadi:


1. Korxonaning yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqa­rish­ni tavsiflovchi savdo-sotiqdagi ilmiy tadqiqot xarajatlari qiy­mati.
2. Litsenziyalar, patentlar,“nou-xau”larni sotib olish uchun ket­­gan xarajatlar qiymati.
3. Korxona va tashkilotlar tomonidan innovatsiyalarni sotib olish uchun ketgan xarajatlar qiymati.
4. Tashabbuskor ishlanmalarni rivojlantirish uchun ketgan xara­jatlar qiymati.
Innovatsion jarayonlarni vaqt dinamikasi bo‘yicha tavsif­lov­chi vaqt indekatorlari:
  1. Yangi mahsulot (yangi texnologiyalar) ishlab chiqish jarayo­ni­ning davomiyligi (qancha vaqtda innovatsion ishlanmaning yaratil­gan­ligi, kun, oy, yil).


  2. Yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyor­gar­lik davo­miy­ligi davri.


  3. Yangi mahsulotni ishlab chiqarish sikli­ning davomiy­li­gi davri (bir mahsulotni to‘liq ishlab chiqarishga ket­gan vaqt, kun, oy, yil).


Yangilanish indekatorlari:


  1. Texnologik innovatsiyalarda yangilangan tovar va mahsu­lotlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish soni.


  2. Mahsulot tarkibini yangilash dinamikasi (yangilangan mahsulot salmog‘i) indekatorlari (ishlab chiqarilgan mahsulotning solishtirma og‘irligi 2, 3, 5 va 10 yil).


  3. Sotib olingan (beg‘araz berilgan), yangi texnologiyalar (tex­no­logik yutuqlar).


  4. Eksport qilinadigan innovatsion mahsulotlar hajmi (qiy­mat va natural ko‘rinishda).


  5. Taqdim etilayotgan yangi xizmatlar hajmi (qiymat va natu­ral ko‘rinishda).


Tarkib bo‘yicha indekatorlar:


  1. Ilmiy tadqiqot va boshqa ilmiy-texnik bo‘linmalarning tar­ki­bi va soni (shu jumladan, tajriba-konstruktorlik byuro­la­ri, tajriba-sinov komplekslarining soni).


  2. Yangi texnologiyalardan foydalanish va yangi mahsulotlar yara­tish bilan shug‘ullanadigan qo‘shma korxonalar­ning tarki­bi va so­­ni.


  3. Ilmiy tadqiqot bilan band xodimlarning soni va tarkibi.


  4. Vaqtinchalik jamoalar, guruhlarning ijodiy tashab­buskor­li­gi soni va tarkibi.


Yuqoridagi har bir indekator(ko‘rsatkich) korxonada innovatsi­on jarayonlarning har tomonlama barcha parametrlari bo‘yicha o‘lchash hamda uni iqtisodiyotning rivojlanishidagi salmog‘i va o‘r­ni­ni to‘g‘ri baholashga imkon beradi.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling