“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Chuqur islohotlar fazasi(1996-2006 yillar)


Download 2.56 Mb.
bet46/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Chuqur islohotlar fazasi(1996-2006 yillar). Besh yillik milliy byudjet rejasi va boshqa qator qarorlar fan va texnologiya sohasidi chuqur tizimli islohotlar fazasini boshlab berdi. Xitoyning asosiy strategiyasi “milliy iqtisodiyotni fan va ta’lim orqali yoshartirish” bo‘ldi. 1996 yilda hukumat “fan va texnologiyada bo‘ladigan ixtirolar va yangiliklar” to‘g‘risida qonun qabul qildi. Bu yangi siyosat uchta asosiy maqsadi:
  • innovatsiyalarni yaratuvchi kuchni tadqiqot institutlaridan sanoat tarmoqlariga ko‘chirish;


  • sanoat tarmoqlarining ilmiy ishlanmalarga investitsiya­larni sanoat tarmoqlarining innovatsion quvvatini kuchay­tirish;


  • ilmiy yangiliklarni tijoratlashtirishni yaxshilash.


Shu davrda milliy innovatsion infratuzilmada to‘rtta muhim o‘zgarish yuz berdi. Jahon talablariga mos keluvchi Xitoy universitetlarini shakllantirish maqsadida “211 loyiha” dasturining davomi bo‘lgan “985 tashabbus” dasturi ishga tushirildi. Hukumat, shu bilan birga, Xitoy fanlar akademiyasida davlat institutlarida tadqiqot sifatini oshirish maqsadida “Bilim innovatsiya tashabbusi” dasturini ishlab chiqildi. Bundan tashqari, davlat ilmiy tadqiqotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 973 dasturi va Yangzi daryosi olimlar dasturlarini ishlab chiqdi va shu orqali o‘qituvchi professorlarning ish haqini oshirish imkoniyati yaratildi.


Uzoq muddatli rejalashtirish fazasi(2006-2014 yillar). 2006 yilda Xitoy markaziy boshqaruv apparati 2006-2020 yillarga mo‘ljallangan “o‘rta va uzoq muddatli milliy rivojlanish rejasi” ni qabul qildi. 2006 yilgi Milliy rejada fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, mustaqil innovatsiyalarni yaratish, muhim texnologik sohalarini tez rivojlantirish, asosiy infratuzilmani barpo etish kabilar qayd etib o‘tilgan. Bu rejada barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, innovatsiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyat quvvatini oshirishlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shu davrda davlat endi olib borayotgan siyosati samaradorligini baholash va joriy etilishini boshqarishga katta e’tibor qaratdi. Oldin ishlab chiqilgan qonunlar va qarorlarning joriy etilishida anchagina kamchiliklar bo‘lib, ularni yagona tushunarli tarzda tizimlashtirishni talab etardi. 2011 yilda Xitoy hukumati qobiliyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “1000 ta iqtisodorni ishga olish” dasturini ishga tushirdi. 2016 yilda bu dastur orqali 2000ga yaqin o‘z sohalarida yetakchi bo‘lgan olimlar Xitoyga qaytib keldi. 2012 yilda Xitoy o‘z oldiga 2020 yilgacha “eng innovatsion millat” bo‘lish maqsadini qo‘ydi. 2012 yilning oxirida o‘tkazilgan Kommunistik partiyaning 18 - majlisida milliy iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalar omili strategik ahamiyatga ega deb belgilandi.
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qara­til­gan oxirgi o‘ttiz yil davomida olib borgan siyosati innovatsion faoliyatni misli ko‘rilmagan darajada rivojlantirdi. 2002 yildan 2012 yilgacha Xitoyning YaIMi deyarli to‘rt barobar o‘sdi. Xitoy fan va texnologiyasi rivojlanishini ilmiy-texnik ishlan­ma­larga yo‘naltirilgan investitsiyalar; innovatsiya natijalari–patent­lar, mahsulotlar va ilmiy maqolalar; fan ta’limi hamda texnologik sohalarda iqtidorlarni yetishtirishda ko‘rishimiz mum­kin. Fan va texnologiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2002 yilda YaIMning 1foiz dan 2012 yilda 2foizga o‘sdi. Sanoat tarmoqlarida ilmiy-texnik ishlanmalarga kiritilgan investitsiyalar 2002 yilda jami investitsiyalarning 70foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu ko‘rsatkich 80foizga yetdi. Xitoyda oxirgi yillarda patentlar bo‘yicha arizalar soni keskin ortdi. 2012 yildan beri Xitoy global innovatsiyalar indeksida mahalliy patentlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Xitoyda fan va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim sohasi va malakali kadrlarni yetishtirish bilan birga bordi. Ta’lim sohasida o‘tkazilgan islohotlar ta’lim sifatini sezilarli oshirishga va universitetlarda o‘qiydigan talabalar sonini kes­kin oshishiga zamin yaratdi. Masalan, universitet va institut biti­ruv­chilari 2002 yilda 1 mln 300 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu raqam olti millionni tashkil etdi. Univer­sitetlarda iqtidorli talabalar sonining ko‘payishi Xitoyning innovatsion tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, bu islohotlar iqtidorli yoshlarni yetishtrishda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, “1000 ta iqtidor” dasturi xorijda bo‘lgan ko‘plab innovatsiyalarni yaratilishiga hissa qo‘shgan xitoylik iqtidorli olimlar va tadqiqotchilarni qaytarishga erishdi.
Innovatsion jarayon bosqichlarini o‘rganishning turli usul­lari mavjud. Masalan, R.Norman innovatsion jarayonni ikki qis­m­dan tashabbus va ijrodan iborat deb hisoblagan. J.Xeydj va M.Ey­­kenlar esa innovatsion jarayonni to‘rtga bo‘lib o‘rganishni tav­siya etgan, bular:
  • baholash;


  • tashabbus;


  • joriy etish;


  • rutinizatsiya(uzluksiz ishlab chiqarish).


Ba’zi olimlar innovatsion jarayonni tashkiliy kontekstda tahlil qilishadi. Masalan, J.Uilson uchta bosqichni ajratib ko‘rsatadi60:


  • konseptualizatsiya;


  • taklif kiritish;


  • qabul qilish va joriy etish.


Tomsonning fikricha innovatsion jarayonning boshlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:


  • mavjud maqsadlar o‘rtasida uzilish;


  • haqiqiy vaziyat;


  • rivojlanish uchun qulay imkoniyat izlash.


Shu va boshqa qarashlar innovatsion jarayonni turli jihat­larini yoritib beradi. Innovatsiyalarning ko‘p qirraliligi bu tushun­chaga yagona universal ta’rif berish imkonini bermaydi. Bun­dan tashqari, vaqt o‘tishi innovatsiyalar tarkibi va xusu­siyat­lari o‘zgarib boradi, bu esa ilmiy tadqiqotlarni yanada qiyin­lash­tira­di.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling