“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


O‘zbekistonda intellektual mulkning muhofazalanishi


Download 2.56 Mb.
bet55/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

13.3. O‘zbekistonda intellektual mulkning muhofazalanishi
Jamiyatda moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida intellektual resurslarning ishtiroki doimo bor. Ular ham boshqa resurslar kabi qiymatga ega va mulk sifatida tan oli­na­di.

Ma’lumki, insonda “men”, “meniki” degan tushunchalar qadimdan kuchli bo‘lgan. Har bir odamda o‘z shaxsini ustun qo‘yish xis­lati mavjud.Hozirgi zamon bozor munosabatlarida buni hisob­ga olmaslik mulkiy munosabatlar tendensiyasini tushun­mas­lik­dir. Ana shu tarixiy haqiqat e’tiborga olinib, mamlakatimiz Konstitutsiyasining 36-moddasida har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi qayd etilgan. Uning 53-moddasida xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, 54-moddasida esa mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan.


Insonning intellektual faoliyati natijasi, ya’ni intel­lek­tual mahsulot uning intellektual mulki hisoblanadi.
Intellektual mulkning asosiy manbai–insonning ilmiy tadqiqot faoliyati, uning bilimiga, ilmiga va mamlakatning tex­nik-texnologik rivojlanishiga bo‘lgan munosabati hamda mamla­kat­ning ilmiy salohiyati hisoblanadi.
Intellektual mulk – bu maxsus tovar. U oldi-sotdi ob’ekti hisob­lanadi. Intellektual mulk bozorida sotuvchilar va xari­dor­lar maxsus tovar hisoblangan ilmiy g‘oyalar, texnikaviy yangi­lik­lar, san’at va adabiyot asarlari, xilma-xil axborotlar oldi-sot­di­si yuzasidan o‘zaro munosabatda bo‘ladilar.
Intellektual mulk bozorida ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanishsharti bilan yoki o‘z egasi mulki bo‘laturib, vaqtincha foydalanish sharti bilan sotiladi. Amalda, bu bozorda patent, litsenziya va nou-xau oldi-sotdisi ro‘y beradi.
Intellektual mulk bozorida ko‘pincha innovatsiyalarni joriy etuvchi firmalar faoliyat yuritishadi. Ular innovatsiyalarni topish, sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishadi. Ushbu bozorda injinering va konsalting firmalari qatnashadi.
Intellektual mulk bozori mamlakatda fan-texnika rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi va innovatsiyalardan samarali foydalanishga hissa qo‘shadi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, intellektual mulk bozorining ahamiyati nafaqat milliy, ayni paytda internatsional hamdir. Bugungi kunda ilmiy-texnikaviy yangiliklarga bo‘lgan talabning keskin oshishi, bu bozordagi munosabatlarni mamlakatlararo darajasiga ko‘tardi.
Intellektual mulk muhofazasini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi ta’min­lay­di76.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 iyuldagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
  • intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’­ektlarini huquqiy himoya qilish;


  • intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy himoyasi holatini kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivoj­lan­tirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;


  • intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;


  • intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘zaro muhofaza qilish haqida xalqaro shart­nomalarni tuzish orqali o‘rnatish va mustahkamlash;


  • intellektual mulk sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va boshqa ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;


  • jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish.


Agentlik o‘ziga yuklatilgan bu vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi funksiyalarni bajaradi:


I.Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’e­kt­larini huquqiy himoya qilish sohasida:
  • intellektual mulk sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflarini ishlab chiqadi hamda Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administ­ratsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reg­la­mentlarida belgilangan muddatlarda keyinchalik kelishish (viza qo‘yilishi) uchun kiritadi;


  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza hujjat­larini berish yuzasidan talabnomalarni ko‘rib chiqishga qabul qi­ladi;


  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, talabnoma top­shi­rilgan ob’ektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuq­lari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mik­rosxemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi;


  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar baza­la­rini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respub­likasida hammaga ma’lum tovar belgilari Ro‘yxati va tegishli reestrlarini yuritadi;


  • ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga topshirilgan talabnomalarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha muho­faza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;


  • ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo‘yicha O‘zbe­kiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘ja­ligi ekinlari navlarini sinash markazi va O‘zbekiston Respub­likasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xulosalari asosida muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;


  • muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;


  • depozitariyda saqlanayotgan intellektual mulk ob’ekt­larining ochiqligi va ulardan erkin foydalanishni ta’minlovchi depozitariy funksiyasini bajaradi, shu jumladan depozitariyga zarur bo‘lgan nusxani depozitariy bilan shartnoma asosida olish uchun murojaat qilgan har qanday shaxsga imkoniyat yaratadi;


  • intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanishga huquqlar berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi va tegishli reestrlarni yuritadi;


  • intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan ob’ekt­lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’min­laydi;


  • Davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va muta­xas­sislar tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va qulayligini ta’minlaydi;


  • Agentlikning byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va material­larni chop etishni tashkil qiladi hamda amalga oshiradi;


  • patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi, patent vakillarining davlat reestrini yuritadi;


  • audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash va fonogrammalarni tayyorlashga litsenziyalar beradi, shuningdek litsenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.


II.Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy himoyasi holatini kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivoj­lantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish sohasida:


  • intellektual mulk sohasining rivojlanish holatini, jumladan, ushbu sohadagi xalqaro reytinglar va indekslar meto­dologiyasi va mezonlarini hisobga olgan holda har tomonlama tahlil qiladi va baholaydi;


  • intellektual mulk ob’ektlarini ishonchli huquqiy himoyasi va muhofazasi ta’minlanishiga, shuningdek, ushbu sohani rivoj­lantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni tahlil qiladi hamda natijasi bo‘yicha ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;


  • intellektual mulk sohasining kelgusidagi rivoji va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;


  • intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlariga takliflarni tayyorlaydi va kiritadi;


  • zamonaviy tendensiyalar hisobga olingan holda qonunchilikni izchil rivojlantirishga, intellektual mulk soha­sida umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni milliy qonun­chilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi;


  • intellektual mulk ob’ektlarining ishonchli huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi qabul qilgan xalqaro majburiyatlar baja­ri­lishi­ning monitoringini o‘tkazadi;


  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mavqeini, jumladan, jahon hamjamiyatiga mamlakatda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xolisona axborot yetkazish orqali mustahkamlash, obzorli, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash choralarini ko‘radi.


III.Intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida:


  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tatbiq etilishi amaliyotini o‘rganadi va tahlil qiladi;


  • huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili natijalari bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;


  • aniqlangan qonunbuzarliklar, ularning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha umumlashtirilgan materiallarni davlat organlari va tashkilotlariga yuboradi;


  • intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjat­larni noto‘g‘ri va ziddiyatli qo‘llash amaliyotini, shuningdek, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilishiga yordam beradigan salbiy omillar, sabablar va sharoitlarni bartaraf etishga doir amaliy choralar ko‘radi;


  • normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari yuzasidan o‘z xulosasini shakllantiradi va yetkazadi;


  • qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi hamda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, uning asosida huquqni qo‘llash faoliyatini takomillash­tirish choralarini ishlab chiqadi;


  • intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi, soliq va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;


  • mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun buzilishlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xulosa beradi;


  • qonunchilikka muvofiq ravishda intellektual mulk ob’ektla­rini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya etish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;


IV.Intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlash sohasida:


  • intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlik va o‘zaro aloqalarni amalga oshiradi;


  • xalqaro shartnomalarni tuzish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi, intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respub­likasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishti­rok etadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga ko‘ra ushbu shartnomalarni imzolaydi;


  • tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi va intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi;


  • xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarning xalqaro almashinuvini amalga oshiradi, intellek­tual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida chet el tajribasini o‘rganish va ulardan foydalani­lishi­ni tashkil qiladi;


  • belgilangan tartibda intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va ushbu hamkorlik doirasida intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilot­lar­ning ishida ishtirok etadi;


  • O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnoma­lari­dan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilish­ini o‘z vakolati doirasida ta’minlaydi.


V.Intellektual mulk sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va boshqa ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish sohasida:


  • intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida manfaatdor shaxslarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;


  • intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalari bo‘yicha idoralararo axborot almashinuvini amalga oshiradi;


  • intellektual mulk sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;


  • mamlakatning sotsial-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi uchun intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilishning maqsadi va ahamiyatini keng tushuntirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi;


  • intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi;


  • intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish va ulardan qonuniy foydalanish masalalarida aholi keng qatlamlarining huquqiy madaniyati hamda savodxonligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;


  • intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida o‘z vakolati doirasida tegishli tadbirlarni amalga oshiradi va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi intellektual mulk ob’ektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni qabul qiladi va ularni ekspertizadan o‘tkazadi. Amaldagi qoidalarga mos kelgan ilmiy g‘oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari Intellektual mulk agentligi tomonidan davlat ro‘yxatiga oli­nadi, patentlar beriladi va rasmiy axborotnoma nashr etiladi.


Patent –ixtiro uchun alohida huquq beruvchi hujjat, ya’ni patent egasining roziligisiz hech kim ixtirodan foydalana olmaydi. Foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun muallif bilan oddiy, alohida yoki to‘liq litsenziya olish haqida shartnoma tuzish lozim. Shartnomaga ko‘ra oddiy litsenziyada, uni sotib olganga, muayyan sharoitlarda patentlangan ixtirodan foydalanish imkoni beriladi, shuningdek, patent egasi undan foydalanish va boshqa birovlarga berish huquqini saqlab qoladi. Shartnomada kelishilgan alohida litsenziyada sotib olgan shaxsga shartnoma doirasida favqulodda huquqlar beriladi. Bunda muallif o‘z huquqidan mahrum bo‘lmaydi, biroq uni boshqalarga taqdim eta olmaydi. To‘liq litsenziya haqidagi shartnoma uni sotib olgan shaxsga shu shartnomada ko‘rsatilgan davrda patent huquqlaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi, ixtiro egasi o‘z ixtirosidan foydalanish huquqini yo‘q qiladi, ya’ni yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi 979-son qarori bilan tasdiqlangan “Innovatsion rivoj­lanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik fao­liyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi to‘g‘­ri­sida Nizom”ning 37- bandiga ko‘ra: “O‘zbekiston Respub­likasi Dav­lat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijasida ilmiy va ilmiy-texnik fao­liyat sub’ektlari tomonidan olingan intellektual mulk ob’ekt­la­riga huquq davlatning ilmiy va oliy ta’lim, shuningdek, davlat boshqa muassasalari nomidan, agar intellektual mulk ob’ektlari muallif (mualliflari) bilan tuzilgan shartnomalarda boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, davlatga tegishli bo‘ladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi“Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijo­ratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-son Qarori bilandavlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan funda­men­tal, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha davlat ilmiy-tex­nik dasturlarini bajarish doirasida muassasalar tomonidan yara­til­gan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari, davlat ilmiy-texnik loyihalar yakunlanganidan va (yoki) ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin tijorat­lash­tirilishi77hamda muassasalarning ilmiy kengashlari ishlab chiqa­rish siri (nou-xau) yoki tijorat siri rejimida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining intellektual (nomoddiy) natijasini qo‘riqlash to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga egaekanligi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagiPQ-3855-sonli Qarorida:
  • patentlangan intellektual mulk ob’ektlari muallif­la­riga muassasaning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida;


  • mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natija­larini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy jamoaga ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib tushayotgan mablag‘larning tegishli ravishda 40 va 30 foizi miqdorida rag‘batlantirish belgilangan.


Patent olish jarayoni, patent oluvchining mas’uliyatlari va eksklyuziv78 huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday bo‘lsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida ma’lumot bo‘lishi kerak. Aksariyat mamlakatlarda berilgan eksklyuziv huquqlar boshqalar tomonidan patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qo‘llashi, sotishi yoki tarqatishi holatlarining oldi olinadi.


Butunjahon Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari bo‘yicha shartnomasiga ko‘ra, bu tashkilotga a’zo mamlakatlarda har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar mavjud bo‘lishi zarur.
Yuqorida qayd etilganidek, mamlakatimizda patentO‘zbe­kiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza bo‘yicha huquqiy vorisiga beriladi.
Ko‘pgina davlatlardagi qonunlariga ko‘ra, patent 15-20 yil muddatga beriladi. Ba’zi mamlakatlarda ixtirolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil bo‘lishi kerak.
Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Ba’zi mamlakatlarda ma’lum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent berilmaydi.
O‘zbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo‘yiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda Intellektual mulk agentligining bunday hujjatni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab berilgan.
Yurtimizda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar qatori intellektual mulk muhofazasining huquqiy asoslari yaratilgani, mulk egalarining barcha huquqlari, qabul qilingan qonun va qoidalar orqali to‘la himoyalanadi.
Yuqorida qayd etilganidek, intellektual mulk asosini fan-ijod, texnika va ishlab chiqarish bo‘lib, bular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Eng yangi ilmiy ijod mahsulidan, uning amaliyotga tatbiq etilishigacha bo‘lgan yo‘lni tashil etadi.
Bundagi ilmiy-texnikaviy rivojlanish, milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish va xizmat sohasida iqtisodiy qonunlariga asoslangan holda, muntazam ravishda fan va texnika yutuqlarini amaliyotda qo‘llab borish bilan olib boriladi.
Ilmiy-texnikaviy rivojlanishda, mamlakatdagi ixtiro­chi­lik­ka bo‘lgan munosabat o‘ta muhim hisoblanadi. Ixtirolarning milliy iqtisodiyotda qo‘llanilishi natijasida olingan iqtisodiy samara ilmiy-texnikaviy rivojlanishning hal qiluvchi omil­lari­dan hisoblanadi. Shuning uchun ham intellektual mulk bo‘lgan ixtiro patentlarning yangi texnologiya, texnika sifatida milliy iqtiso­di­yotga tatbiqi yurtimiz iqtisodiyotiga yalpi ishlab chiqarish sur’atini jadallashtiradi.
Iqtisodiyotimizning jadal rivojlanish vaqtida mavjud va bo‘lajak intellektual mulkning muhofazasiga yurtimizda katta e’tibor berilayapti, bunga ayniqsa yuqorida keltirilgan, musta­qillik yillarida qabul qilingan qonun va qoidalar buning isbo­ti bo‘la oladi.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling