“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Ilmiy kashfiyot, ixtiro va litsenziyalash huquqlari hamda ular bo‘yicha talabnoma tuzish qoidalari


Download 2.56 Mb.
bet60/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

14.3. Ilmiy kashfiyot, ixtiro va litsenziyalash huquqlari hamda ular bo‘yicha talabnoma tuzish qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra ilmiy kashfi­yotlar, ixtirolar hamda litsenziyalashga talabnoma tuzish qoidalari va uni yuritish “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namuna­la-ri to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Bunday talabno­ma­­larni berish o‘ziga xos talablarni amalga oshirishni taqozo etadi.

Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolarga patent berish bo‘yicha talabnoma eng avvalo uning muallifi (yaratuvchisi) shuningdek ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga topshirishi asosida dastlabki jarayoni amalga oshiriladi. Belgilangan qoidaga ko‘ra bunday talabnomalar shaxsan (muallif), patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi shart.


Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarga talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  1. Ilmiy kashfiyot yoki ixtironing muallifi (hammualliflari) va kimning nomiga patent berish so‘ralayotgan bo‘lsa o‘sha shaxsning manzili ko‘rsatilib ariza berish.


  2. Ilmi y kashfiyot yoki ixtironi amalga oshirish uchun yetar­li bo‘lgan darajada to‘liq hamda batafsil ochib berilgan tavsifi.


  3. Ilmiy kashfiyot va ixtironi mohiyatini ifodalovchi hamda uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan boshqa jihatlari (masalan formulasi, chizmalari va boshqa materiallari) o‘z ichiga olishi zarur.


  4. Yaratilgan ilmiy kashfiyot va ixtironing mohiyatini tushunish qiyin bo‘lsa uning uchun zarur bo‘ladigan boshqa zaruriy narsalar, ixtiro referatini ham o‘z ichiga olishlari mumkin.


Innovatsion asosda ilmiy yangilik yaratishda ilmiy kashfiyot va ixtironi haqqoniy ekanligini hamda unga patent berish haqidagi talabnomani amalga oshirish uchun rasmiy ekspertiza, ya’ni uning mohiyatidan kelib chiqqan holda ilmiy texnik ekspertizani o‘z ichiga olgan davlat ekspertizasi o‘tkaziladi.


Rasmiy ekspertiza patent berish haqidagi talabnoma top­shirilgan sanadan boshlab ikki oy muddatda vazirlik tomonidan o‘tkaziladi.
Patent berish haqidagi talabnomalarni davlat ekspertizasi o‘tkazish jarayonida muallif tomonidan talabnomalar bo‘yicha tuza­tishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar patent boji to‘langan taqdirda vazirlik qaror qabul qilingunga qadar taqdim etilishiga ruxsat beriladi.
Patent berish haqidagi talabnoma materiallaridagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzu­ridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan sir saqlanishi zarur hamda ular haqidagi axborotlar patent egasi yoki talabnoma beruvchining roziligisiz berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar talabnoma materiallaridagi axborotlaridan ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilingunga qadar oshkor etilsa, qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Rasmiy ekspertiza tomonidan natijalar bo‘yicha vazir­likning qaroriga asosan talabnoma beruvchiga ma’lum qilinadi. Agar talabnoma beruvchi vazirlik chiqargan qarordan norozi bo‘lsa uch oylik muddat ichida appelitsiya kengashiga appelyatsiya berish huquqiga ega.
Respublikamizda ilmiy kashfiyotlar ixtirolar hamda litsenziyalar davlat tomonidan muhofazaga olingan va ular huquqiy jihat­dan himoya qilinadi.


Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling