“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Innovatsiyalar menejment konsepsiyasida


Download 2.56 Mb.
bet64/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Innovatsiyalar menejment konsepsiyasida bozor kon’yunkturasini o‘rganish, innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish va boshqarish, ya’ni uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorda harakatlantirish, ya’ni innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning tizimli tashkil etish integratsiyasini ifodalaydi.
Innovatsiyalar menejmenti ob’ekti – intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar va yangi jara­yon­lar, yangi bozorlar, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda yangi texnologik usullar menejmentning yangicha innovatsiyani yara­tuv­chi tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Innovatsiyalar menejmentda iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy biznesda ustuvorlikni “funksio­nal” mahsulotlardan «innovatsion» mahsulotlarga o‘tkazishni tash­kil etish (boshqarish) hisobiga bozorni egallab olish imko­niyatini beradi:
  • funksional mahsulotlardan eng muhimlarini, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi va aksariyat hollarda jo­yiga qarab o‘tirmasdan xarid qilinishini tashkil etadi. (“Ke­rak bo‘lib qoldi - ko‘rib qoldi - xarid qildi”);


  • innovatsion mahsulotlarni yaratish yoki ishlab chiqarish texnika va modifikatsiyaning so‘nggi natijalarini ifodalaydigan talab­ning o‘zgarishiga mos va hayotiylik davri esa ancha qisqa bo‘l­gan iste’molchi uchun ahamiyatli bo‘lgan yangiliklarga asoslanadi. Bi­r­oq yangilik darajasi turlicha bo‘lishi va ular bir necha pog‘o­nada ko‘rib chiqilishi mumkin. Korxona uchun ilgari ishlab chiqa­rilmagan tovarlar innovatsion tovarlar bo‘ladi va bunday tovarlar iste’molchi talabi asosida ishlab chiqarish innovatsion jarayonini tashkil etadi.


Shunday qilib, innovatsion menejmentda maqsadli bozorga va innovatsiyalarni potensial iste’molchilariga ta’sir ko‘rsatishni tashkil etishga yo‘naltirish va ularni maqsadli boshqarish, raqobat muhiti va iste’molchilar istaklaridagi o‘zgarishlarnio‘zida ifoda etadi va shunga mos amaliy chora-tadbirlar yig‘indisi bo‘yicha menejment strategiyasini belgilaydi.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling