“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalarni natijalarini tijoratlashuvi strategiyasini ishlab chiqishda maqsadli bozor tahlili


Download 2.56 Mb.
bet65/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

15.2.Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalarni natijalarini tijoratlashuvi strategiyasini ishlab chiqishda maqsadli bozor tahlili
Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalaridan foydalanish oqibatida jamiyatning turli sohalaridagi iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy munosabatlar takomil­lash­tiri­ladi hamda ishlab chiqarish faoliyati jadal taraqqiy etish imko­niya­ti yaratiladi. Dunyo tajribasiga ko‘ra ko‘pgina mamlakatlarida ustuvor fundamental tadqiqotlar asosan, grant asosida ajra­tila­di­gan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan hamda qisman byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hisobidan moliya­lash­tiril­moqda.

Mazmunan olganda, innovatsion jarayon ilmiy bilimlarning innovatsiyaga aylanishi jarayonini o‘zida mujassamlashtirib, uni innovatsion g‘oyalardan aniq mahsulot, texnologiya yoki xizmatlarga qadar o‘zgartirish va amalda foydalanish (tarqalish jarayoni) ketma-ket zanjiri sifatida tasavvur qilish mumkin. Fan-texnika taraqqiyotidan farqli ravishda, innovatsion jarayonni joriy etish, ya’ni bozorda yangi mahsulot, xizmatning birinchi marta paydo bo‘lishi yoki yangi texnologiyaning loyiha qiymatigacha yetkazilishi bilan yakunlanmaydi, balki iste’molchilar talablari asosida tijoratlashuvida o‘z aksini topadi. Bu borada ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalari natijalarini tijoratlashuvi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yildagi 3855-sonli “Ilmiy, ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijo­rat­lash­tirish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘­risida”gi qarori bilan tartibga solinadi.


Innovatsion jarayon – innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lib, ularni yaratuvchilar (novatorlar) tovarning hayotiy sikli va iqtisodiy samaradorlik kabi mezonlar bilan boshqariladi. Innovatsion faoliyat strategiyasi –iqtisodiy yoki ijtimoiy sohada betakrorligi tan olinadigan yangiliklarni yaratgan holda raqobatchilardan ilgarilab ketishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
Har qanday innovatsiyani uni olib boradigan innovatsion jarayonning xususiyatlarini hisobga olib, o‘rganish lozimligidan kelib chiqilsa, ilmiy-texnik yangiligi, ishlab chiqarishga joriy etilishi darajasi va tijoriy amalga oshirilishi kabi xususi­yatlari muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga oladi.
Innovatsion jarayonning ilmiy-texnik yangiligining, tijo­riy jihati innovatsiyani bozor ishtirokchilarining real ehtiyoj­lari orqali anglangan iqtisodiy zaruriyat sifatida ta’rif­lana­di. Shu bilan bog‘liq ravishda innovatsion jarayon moddiy­lash­tiri­li­shi va tijoratlashtirilishi o‘rtasida aniq chegarani bi­lish(farqlash) zarur bo‘ladi. Darhaqiqat, innovatsion jarayonni birinchi (moddiylashtirish) tarkibiy qismi innovatsiyalar, kashfi­­­yotlar va ishlanmalarni sanoat mahsuloti, mehnat buyumlari va vositalariga(yangi texnik jihatdan takkomillashgan turlariga) aylan­tirish jarayonidan iborat bo‘ladi.Ikkinchi tarkibiy qis­mida esa ularni daromad manbaiga aylanishini ifodalaydi. Demak, ilmiy-texnik innovatsiyalar nafaqat yangiliklarni, balki bozorda tovar ishlab chiqaruvchilarga foyda keltirish imko­niyat­lari­ni ham ko‘rsatib beradi.
Innovatsion jarayon quyidagi komponentlardan tashkil topa­di:
1. Innovatsion jarayonning birinchi komponenti – novatsiya­lar, ya’ni yangi g‘oyalar, bilimlar – bu tugallangan ilmiy (funda­men­tal va amaliy) tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik ishlan­ma­lar natijasi, boshqa ilmiy-texnik natijalardir.
2. Innovatsion jarayonning ikkinchi komponenti – joriyqilingan ilmiy ishlar, ularni amaliy faoliyatga kiritish, ya’ni yangiliklar(novatsiya)ni joriy etish innovatsiya hisoblanadi.
3. Innovatsion jarayonning uchinchi komponenti – innovatsiya­lardiffuziyasi bo‘lib, bunda oldin o‘zlashtirilgan, qo‘llanilgan innovatsiyalarniyangi sharoitlarda va joylarda qo‘llash hisob­la­na­di.
Innovatsiyalarni tijoratlashtirish– maqsadli bozor tahli­li­da muhim ahamiyatga ega jarayon hisoblanadi. Bunda bozor talabi o‘r­ga­nilib yoki marketologlar atamasi bilan aytganda “iste’­mol­chi­ni tahlil etish”amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni tijo­rat­lash­ti­rishda innovatsion mahsulotlarning bozorlardagi holati chuqur tah­lil etiladi va ularni sotuvga chiqarishdagi imkoniyatlari o‘r­ga­ni­ladi.
Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiya natijalarining(innovatsiyalarning) tijoratlashuvi uchta tarkibiy qismga bo‘linadi.
I. Bozor segmentatsiyasi.
II. Iste’molchi talabi sabablarini o‘rganish.
III.Qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.
I.Bozor segmentatsiyasida tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko‘ra turli talab qo‘yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratish, turli mezonlar qo‘llashga asoslanadi.Shuningdek, bunda bozor bir tarkibli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o‘ziga xos bir talab namoyon bo‘ladigan hodisa tarzida yondashiladi.
Xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi.Bozorda xaridor(iste’molchi)larning ma’lum bir tovarga bo‘lgan talablari xilma-xil va har bir xaridor o‘z didiga ega bo‘ladi.
Maqsadli bozorda segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko‘p jihatdan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo‘lgan masalaning mohiyatiga bog‘liq. Sanoat tovarlari va keng iste’mol tovarlari uchun tanlov mezonlari bir-biridan keskin farq qiladi. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o‘rtasida paydo bo‘lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.
Segmentlashning asosiy maqsadi – bozordagi xatti-hara­kat­lar­ni o‘rganib, ularning modelini (obrazini) va kela­jak­dagi ehtiyoj talablarini qondirish darajasini tasavvur qilish­dan ibo­rat.
Innovatsion iqtisodiyotda bozorni segmentlash, bozorni o‘rga­nish­ning asosiy usuli sifatida namoyon bo‘ladi. Bozorni to‘g‘ri segmentlash, shu segmentning o‘ziga xos maxsus ehtiyojlariga qat’iy rioya qilingan holda kam xarajatlar bilan tovar yetkazib berishni to‘g‘ri tashkil qilishdan iboratdir. Ilmiy tadqiqot, ishlanma va texnologiyalar natijalarini tijortalashuvi sharoitida iste’mol tovarlari bozorini segmentlashda ikki turdagi mezonlar qabul qilinadi.
Birinchisida, xaridorlarning daromadi, yoshi, jinsi, turar manzilgohi, oilaning hayot sikli, kasbi, turmush tarzi va shunga o‘xshash umumiy belgilar hisobga olinadi.
Ikkinchi tur mezonlarda segmentlashni ijtimoiy guruh qad­riyat­lari tizimi yoki ularning marketing strategiyasi, shuningdek, masalan, yangi mahsulot, yangi sotish tizimi kabilarga ko‘rsatila­di­gan qiziqishlari asos qilib olinadi.
Amaliyotda birinchi usul ko‘proqqo‘llaniladi, ikkinchi usu­l­ni qo‘llash qo‘shimcha kiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki bunda ijtimoiy sotsiologiya va psixologiya sohalarida bevosita tadqiqotlar olib borish yo‘li bilan maxsus hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
Maqsadli bozorda xaridorlarning munosabatlarini tabaqa­lash­tiradigan asosiy omil daromad hisoblanadi va bu mamlakat miqyosida xaridorlarni(iste’molchilarni) daromad bo‘yicha seg­ment­lashdan keng foydalaniladi. Bu uch guruhga bo‘linadi.

Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling