“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Intellektual mulk bozori parametrlari – innovatsiyaning tijorat potensialini baholash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot sifatida
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
15.4.Intellektual mulk bozori parametrlari – innovatsiyaning tijorat potensialini baholash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot sifatida
Hozirgi kunda jahonda yaratilayotgan texnologiyalarning umumiy qiymati jami ijtimoiy yalpi mahsulot hajmining 60 foizni tashkil etib, sotish jarayoni salmog‘ida ham yirik miqdorini ifodalaydi. Yirik kompaniyalar (korxona va firmalar) yangi texnologiyalarni sotib olar ekan, nisbatan qisqa muddatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning jahon sifat darajasi va yuqori raqobatbardoshligiga erishish imkoniyatini yaratib, yangi sotish bozorlariga ega bo‘ladi hamda eksport hajmini ko‘paytirishga erishadi. Shunday ekan, intellektual mulk bozori – bu ixtiro shaklidagi bilim va tajriba, sanoat nusxalari, tovar belgilari, foydali modellar, texnologiyalar bilan ayriboshlashni patent, litsenziya, franchayzing shakllarda amalga oshirish munosabatlaridir. Bugun aynan bilimlar, intellektual mulk ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishining asosiy manbasi hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning ilmiy tadqiqot ishlariga ichki xarajatlari yiliga 243,6 mlrd. dollarni, yoki YaIMning 2,6 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Yaponiyada bu xarajatlar 94,7 mlrd. dollarni, yoki YaIMning 3foizdan ortig‘ini, Germaniyada mos ravishda 47,6 mlrd.dollarni, yoki taxminan 2,5foizni, Buyuk Britaniyada – 25,4 mlrd.dollarni yoki 1,9foizni tashkil qiladi. Hozirgi kunda xalqaro intellektual mulk bozori umumjahon bozorining o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlariga va tendensiyalariga ega bo‘lgan mustaqil sektoriga aylangan. Bu quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: birinchidan, intellektual mahsulotlar va xizmatlar xalqaro bozorlarda tobora ko‘proq ahamiyatli o‘rinlarni egallashida. Ikkinchidan, mutaxassislar baholariga ko‘ra jahon intellektual mahsulotlar va xizmatlar bozori hozirgi kunda an’anaviy tovarlar bozoriga nisbatan 5 marta tezroq o‘sish tendensiyasiga ega ekanligidir. Bundan tashqari yana bir zamonaviy xususiyati, mahsulotlar va xizmatlarning ilmsig‘imliligining o‘zi ham tez sur’atlarda o‘sib borayotganligi bilan ifodalanadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti kosmik tadqiqotlar, mudofaa kabi sohalardan tashqari, iste’mol tovarlarida (avtomobillar, audio-, video- va maishiy texnika, elektronika va boshqalar) ham tobora ko‘proq ilmsig‘imliligi oshib bormoqda. Xalqaro amaliyotda ilmiy-texnik faoliyat huquqlari va natijalarini sotishning (uzatishning) ko‘pgina shakllari mavjud bo‘lib, ularni ikki guruhga ajratish mumkin: litsenziya shartnomasiga asoslangan noshartnomaviy va shartnomaviy. Birinchi turga korporativ shakllar kiradi, ular o‘z ichiga kompaniyani xarid qilish yoki sotish, qo‘shma korxonani tuzish, ochiq aksiyalar sotuvida ushbu jarayonni hisobga oladi. Bunday shakllar uchun texnologiyalar majmuasiga va mos ravishda ularga egalik huquqining muayyan to‘plamiga ega bo‘lish xarakterlidir. Shartnomaviy usulda esa ixtirodan, sanoat namunasidan, savdo belgisidan yoki nou-xaudan foydalanish istagiga ega bo‘lganlar patent egasidan ma’lum haq evaziga litsenziya olishlari zarur hisoblanadi. Ma’lumki, raqobat kurashida iqtisodiy o‘sish va muvaffaqiyatning bosh manbasi bo‘lib, intellektual mulk ob’ektlari va ularga asoslangan innovatsiyalar xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini himoyalash va keyingi ilmiy-texnik taraqqiyotni rag‘batlantirish intellektual mulk tizimining rolini oshiradi. Har bir mamlakatning jahon litsenziyalar bozoriga kirishi,bu jarayondagi tendensiyalarni hisobga olgan holda yangiliklarni joriy etishi ilmsig‘imli mahsulotlarni ishlab chiqarib,uni eksport qilishda muvaffaqiyatlarga erishishning muhim garovidir. Jahon texnologiyalar bozorida yetakchi mavqelarni egallab turgan yuqori rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanib, O‘zbekiston mavjud intellektual salohiyatga va ilmiy-texnik resurslarga asoslangan holda intellektual mulk bozori bo‘yicha o‘z taraqqiyot strategiyasini tanlab olishi kerak. Intellektual mulk faoliyat natijalari ikkita yirik yo‘nalishga bo‘linadi: sanoat intellektual mulki – bunga patentlar, sanoat dizayni, savdo markalari va belgilari, tijorat sirlari kiradi; ijtimoiy intellektual mulki – fan va adabiyot, san’at asarlariga mualliflik huquqi va boshqa shu kabilardan iborat. Intellektual mulki bozori oxirgi yillarda nomoddiy aktivlar bozorining aynan shu sohasida xaridorgir bo‘lib, jahon bozorining boshqa sektorlariga nisbatan eng yuqori qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda. O‘zbekistonda ushbu bozorlarning nomoddiy aktivlarini kapitalga aylantirish uchun muayyan shart-sharoitlar mavjud. Shu sababli, respublikamizda aholining (eng avvalo ishbilarmonlik doiralarining) yuqori huquqiy madaniyatini, ijodkorlik va yaratuvchanlik faolligini rag‘batlantirishga imkon beruvchi ilmiy-texnik faoliyatni motivatsiyalashni moliyaviy mexanizmini kuchaytirish zarur. Intellektual mulk bozorining shakllanishida ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni innovatsion salohiyati va innovatsion faolligi, innovatsion tijorat potensialini baholashda muhim hisoblanadi. Bunday innovatsion faollik respublika va uning hududlarini tezkor rivojlanishini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, hududlar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishini integral baholash uchun ushbu hududlarda amaliy ITTKI bosqichida bo‘lgan, sanoatda qo‘llash va o‘zlashtirish bashorat qilinayotgan ilmiy tadqiqot va ishlanmalar ma’lumotlarini ekspertiza qilish asosida innovatsion tijorat potensialini baholash zarur bo‘ladi. Bunda ekspertiza maqsadi – innovatsion loyihalar ma’lumotlarini innovatsion turdagi iqtisodiyotga o‘tish salohiyatini shakllantirish uchun innovatsion tijorat imkoniyatlarini aniqlashdir. Bunday innovatsion tijorat faoliyatini baholash bo‘yicha ekspertiza texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi zarur: ishlab chiqilgan ITTKI va innovatsion loyihalarning iqtisodiy baholarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar ishonchliligini bo‘yicha hisob-kitoblarini amalga oshirish; Innovatsion tijorat faoliyati uchun hisoblab chiqilgan samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, ya’ni: a) sof diskontlangan daromad (SDD); b) diskontlangan daromadlilik indeksi (DDI); v) o‘zini qoplash muddati; g) ichki daromadlilik me’yori (IDM) sifatini baholash. Umuman, innovatsion tijorat faoliyatini baholash quyidagilarga, jumladan, kadrlar salohiyatiga berilayotgan axborotining haqqoniyligi va ishonchliligiga, yetarli moddiy-texnika resurslarining mavjudligiga hamda to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qiladigan tashkiliy boshqaruv tuzilmasining faoliyat darajasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling