“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet71/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Tayanch iboralar
Menejment,konsepsiya, strategiya, innovatsionstrategiya, ilmiytadqiqot, ishlanma,texnologiya,tijorat, mahsulot,diffuziyamodeli,baho,narx, intellektualmulk,potensial, boshqaruvqarorlari,axborot.


Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Innovatsionstrategiyalarningmohiyatini yoriting.
2.Zamonaviyinnovatsionstrategiyalarningturlarini sanab bering.
3.Innovatsion menejmentkonsepsiyasini sharhlab bering.
4.Ilmiytadqiqot vaishlanmalarnatijalariningtijoratlashuvi qanday tavsiflanadi?
5.Yangimahsulotvatexnologiyalarningbozorgakirishstrategiyasini yoriting.
16-mavzu: Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish


Reja
16.1. Innovatsion marketing mohiyati va innovatsion faoliyatni tashkil etish jarayonlari.

16.2. Innovatsion marketing turlari, ta’sir etuvchi omillar va innovatsion marketing faoliyati samaradorligi.


16.3. Innovatsion bozorda raqobatchilar ta’sirini kamaytirish va raqobatni bartaraf etish imkoniyatlari.


16.1. Innovatsion marketing mohiyati va innovatsion faoliyatni tashkil etish jarayonlari
Hozirgi zamon marketing to‘g‘risidagi adabiyotlarda marke­ting­ning mohiyati va uning muhim xususiyatlari to‘g‘risida soha olim­lari va mutaxassislar tomonidan juda ko‘plab ta’riflar berilgan. Ammo, ularni umumlashtirgan holda mazkur sohaning mashhur marketologi F.Kotlerning “Marketing asoslari” nomli asarida bergan ta’rifini asos qilib olinishi to‘g‘ri bo‘ladi.

“Marketing – malakali bozor qatnashchilarining asosiy tartib-intizomlaridan biridir. Ular bozorni qanday qilib tasvirlash, qanday qilib uni segmentlarga bo‘lish, maqsadli bozor doirasida iste’molchilarning ehtiyojlari va talablarini baholash, bozorda kerakli bo‘lgan iste’mol xususiyatlari bo‘lgan tovarni yaratish va sinashni, narx vositasida tovarning qimmatliligi g‘oyasini iste’molchilarga yetkazishni, tovar hammaga qulay bo‘lishi va yaxshi tanilishi uchun tajribali vositachilarni tanlashni, iste’molchilar tovarni tashishlari va uni olish ishtiyoqida bo‘lishlari uchun tovarni reklama qilish va siljitishni bilishi kerak. Bozorning malakali qatnashchisi, albatta, keng bilimga ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak”94.


Demak, marketing – juda serqirra jarayondir. Bu bozor munosabatlari sub’ektlarining, shuningdek, ta’minotchilar amaliy iqtisodchilar, olimlar, butun tashkilotlar, hatto hukumat idoralarining bozor falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi, faoliyatidir. Boshqa tomondan, marketing harakatchan, o‘zining qo‘llanilishi, faoliyat ko‘rsatish vaqti, atrofidagi bozor muhitining parametrlari va albatta, maqsadli iste’molchilar guruhlariga bog‘liq holda o‘zgaradi. Marketing ko‘rsatmalar to‘plami, faollik ko‘nikmalarining dasturi emasligi ayon. U faqatgina komplekslik va tizimlilik shartlari bilangina mahsuldor bo‘lishi mumkin. Marketingning mohiyati shundan iboratki, u nafaqat ishlab chiqarishni takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishi, balki murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamdir.
Shunday qilib, marketing xaridorga u xohlaydigan narsani ta’minlab, bunda oqilona narxni belgilab va zamonaviy yangi tovarlarni unga qulay bo‘lgan joyda hamda kerakli miqdorda xarid qilish imkoniyatini berish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkinligiga hammani ishontirishdan iborat.
Shuning uchun marketing ehtiyojlarini aniqlash, shunga muvofiq mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish hamda korxonaning maqsadlariga erishishni ta’minlash usullaridan samarali foydalanishdan iboratliligi bilan belgilanadi.
Marketing predmetini tushunish bo‘yicha ikki xil “kengaytiruvchi” va “cheklovchi” yondashuvi mavjud. Kengaytiruvchi nuqtai nazariga ko‘ra marketing predmetiga ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jarayonlarning makroiqtisodiy muammolaridan boshlab tor moliyaviy doiradagi muammolargacha qariyb hamma jihatlar kiritiladi. Cheklovchi yondashuvda esa faqatgina ayrim, eng muhim jihatlari, muammolari hisobga olinadi xolos.
Shunday ekan innovatsion marketing – firma mahsulotining maksimal sotilishi, eksport mahsulotlarining maksimal samara­dor­ligiga erishish va bozor ulushini kengaytirishga yo‘nal­tiril­gan firma faoliyatini boshqarish va tashkil qilish tizimidir yoki innovatsion marketing – bu sotishni yangi tizimini yaratish va iste’molchilarni sotuvga tovarlar va xizmatlarni ularning talab­la­riga mos holda chiqarish orqali yuqori darajada qondirish maqsadida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Innovatsion marketing tovar ishlab chiqaruvchilarga bozorga mo‘ljallangan xatti-harakatlarning aniq istiqbolini berib, ularning ushbu xatti-harakatlariga maqsadli va muvofiq­lash­ti­ril­­gan holda amalga oshirishga imkon yaratadi.
Innovatsion marketingni tashkil etish jarayonining kelgusi taraqqiyoti konseptual yo‘nalishlari bilan bog‘langan.
Innovatsion marketing konseptual yo‘nalishlari deyilganda marketing faoliyatini tashkil etishni rivojlantirishning har xil bosqichlarida uning kelgusi strategiyasini belgilaydigan qarashlar tizimidan iboratdir.
Raqamli bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida innovatsion marketing konseptual yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
  • innovatsion asosda ishlab chiqarishni takomillashtirish yo‘nalishida – tovar ishlab chiqaruvchi o‘z harakatini mahsulot ishlab chiqarish samaradorligiga, mahsulot birligining tannarxini pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish – texnologik jarayonlarning raqamli texnologiyalarga mos optimallashuviga qaratadi. Shuningdek, keng tarqalgan va narx jihatidan qulay bo‘lgan tovarlarga yangi modefikatsiyalar yaratishga ustuvorlik beriladi. Maqsadga erishishning yetakchi vositalari sifatida ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirish va mahsulot tannarxini kamaytirishga ustuvorlik beradi;


  • tovarni iste’molchi talabiga mos takomillashtirish yo‘nalishida –mahsulotning iste’molchilik xususiyatlarini oshirishga alohida ahamiyat beriladi. Bunda iste’molchilar eng yuqori sifatli, eng yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarga nisbatan xayrixoh bo‘ladilar. Shundan kelib chiqib, tovar ishlab chiqarish jarayonida asosiy diqqat - e’tibor tovarlarga, ularning sifati hamda marketing strategiyasiga qaratiladi;


  • tijorat harakatlarini jadallashtirish konseptual yo‘nalishida asosiy e’tibor tovarlarni sotish va sotilishlarni rag‘batlantirishga qaratiladi. Bunday holatda tovar ishlab chiqaruvchi o‘z harakatlarini barcha iste’molchilar firmaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olishlariga va sotilishlar hajmining o‘sishi hisobiga yuqori foyda olishiga qaratadi;


  • innovatsion marketingning “Marketing –miks” konseptual yo‘nalishida asosiy e’tibor iste’molchilar ehtiyojlariga va ularning samarali qondirilishiga qaratiladi. Yakuniy natija sifatida esa foyda olish, tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va “marketing – miks” iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishi uzviy bog‘liqlikni yaratishga qaratadi;


  • innovatsion marketing strategiyasi konseptual yo‘nalishida iste’molchilar va raqobatchilar ehtiyojlarini qondirish va bir vaqtning o‘zida yaxshiroq iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan tovarni yaratish yoki pastroq narx qo‘yish orqali raqobatbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha ustunlikka erishishdan iborat. Natijada, bu jarayon korxonalarda bozor ehtiyojlarini to‘liqroq qondirib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va kelgusida bu sohada erishilgan barcha yutuqlar innovatsion natija sifatida maksimal foyda olish imkoniyatini yaratadi.


Yuqoridagilar bilan bir qatorda innovatsion marketing bo‘yicha bir qator zamonaviy yangi konseptual yo‘nalishlar ham shakllantirilgan. Bular quyidagilardan iborat:


  • ijtimoiy-axloqiy marketing yo‘nalishida innovatsion jarayon nafaqat bitta shaxsning, balki butun jamiyat ehtiyojlarini qondirishga qaratilishidan iborat bo‘lib, bunda xaridor ehtiyojlari, iste’molchi daromadlari va foydasi jamiyat manfaatlarini muvofiqlashtiradi hamda ijtimoiy-axloqiy muhit yaratilishiga olib keladi;


  • jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarga mos global marketing yo‘nalishida bozor alohida segmentlar kabi emas, ko‘proq ehtiyojlarning gomogenizatsiyasi jarayoni, ya’ni iste’molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda ishtiyoqmandligiga bo‘lgan talab va ehtiyojlarga ko‘ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash joizki, global marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarini qondirishning standartlashgan va iste’molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon bo‘lgan usuliga mos yangi imkoniyatlar yaratiladi;


  • innovatsion “yashil marketing” harakati yo‘nalishida marketing jarayonining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga, ekologik muammolarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi. Bunday innovatsion marketing konseptual yo‘nalishlarida marketing jarayonlari ekologik jihatdan toza bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda shunga mos iste’molchi ehtiyojini qondirishga qaratilgan innovatsion tovarlar yaratishga qaratiladi.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling