“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Innovatsion loyihalarni venchur kapitali hisobiga
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
17.4. Innovatsion loyihalarni venchur kapitali hisobiga
moliyalashtirishning xususiyatlari Mamlakatimizning innovatsiyalar bozoridagi vaziyat, moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab, uning taklifidan ancha yuqoriligi, asosiy investor sifatida faqat davlat qatnashishi – iqtisodiyotda venchurli moliyalashtirish kabi yangi usullar qo‘llash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Raqobat sharoitida daromadni ko‘paytirish va bozordagi ulushlarini saqlab qolish uchun korxonalardan doimo innovatsion loyihalar, texnologiyalar va mahsulotlarni o‘z faoliyatlariga joriy etishni talab etadi. Ammo innovatsiyalar vujudga kelishi va amaliyotga tatbiq etilishi bir qancha moliyaviy, tashkiliy va ilmiy qiyinchiliklarga duch keladi. Jahon amaliyotida innovatsion loyihalarni va korxonalarni moliyalashtirish usuli, o‘z xususiyatlariga va infratuzilmasiga ega bo‘lgan venchur kapitali bozori yaratilgan. Yaqin o‘tmishda, G‘arb mamlakatlarida innovatsion loyihalarni investitsiyalash jarayonidagi, ichki manbalar chegaralangan vaziyatda va boshqa tashqi manbalar qo‘llash imkoniyati yo‘qligida, venchur kapitali ilmiy yangiliklarning moliyaviy negizi bo‘lib xizmat qildi. XX asrning ikkinchi yarmida venchur kapitali hisobiga yirik ilmiy-texnika, shu jumladan xisoblash texnikasi, biotexnologiyalar, informatsion texnologiyalar va boshqa yuqori texnologik tarmoqlarga oid innovatsion loyihalar moliyalashtirildi. Aynan Microsoft, Intel, Apple Computers, Lotus, Compaq, Sun Microsystems kabi kompyuter texnologiyalar bo‘yicha yetakchi kompaniyalar o‘z faoliyatlarini kichik venchur korxonalari sifatida boshlagan edilar. Bugungi kunda ularning innovatsiyalari butun dunyoda tan olinib, yuqori daromad manbai bo‘lib xizmat qilmokda. Venchur kapitali (venchurli moliyalashtirish) atamalari inglizcha “venture” so‘zidan olingan bo‘lib “yuqori riskli yangi korxona, faoliyat turi” ma’nosini anglatadi. Venchurli korxona – kichik 3-5ta yuqori malakali mutaxassislar (olimlar, kashfiyotchilar va menejerlar)dan iborat ilmiy-izlanish korxonasidir. Venchur korxonasi – aksiyadorlik kapitaliga (aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan yoki investitsion kredit berish orqali) o‘z investitsiyalarini uzoq muddatga, kelajakda yuqori daromad olish maqsadida kiritadigan investorlar tomonidan tashkil etiladi. Investorlar – maxsus venchur fondlari, yirik korporatsiyalar, banklar yoki o‘z jamgarmalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Venchurli moliyalashtirish – moliyalashtirishning shunday turiki, bunda venchur kapitali egalari, yuqori xavf-xatarli, ayni paytda, yuqori daromadli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladilar. Loyihaning xavf-xatarlilik darajasi, boshqaruvning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi yoki bozor infratuzilmasining rivojlanmaganligi kabilar bilan emas, balki yangi texnologiyaning rejalashtirilayotgan mahsulotni ishlab chikara olish qobiliyati va bozorda bu mahsulotni tan olinishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak, venchurli moliyalashtirish – nnovatsion loyihani amalga oshirishda boshqa manbalardan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan sharoitda innovatsiyalarga xayotiylik baxsh etadigan moliyalashtirish usulidir. Venchurli investorlar o‘z mablag‘larini fond birjasida aksiyalari erkin savdoda bo‘lgan korxonalarga emas, balki barcha aksiyalar ma’lum yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida taqsimlangan korxonalarga kiritishni afzal ko‘rishadi. Mablag‘ beg‘araz va foizsiz beriladi, shuningdek, bank kreditlari kabi ta’minot talab qilinmaydi: ta’minot sifatida venchur investorning qo‘lida faqat sotib olingan aksiyalar bo‘ladi. Berilgan mablag‘lar shartnoma muddati tugaguncha venchur firmasidan qaytarib olinmaydi. Loyiha muvaffaqiyatli bo‘lgan taqdirda korxona yuqori foyda oladi. Foyda aksionerlar va investorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Foyda taqsimoti esa aksionerlik jamiyatlar foy-dasining taqsimoti kabi bo‘ladi. Investorlarning maqsadi korxona boshqaruvini egallash emas. Chunki, aksiyalarning aksariyat qismi kichik korxona rahbariyati qo‘lida bo‘ladi. Venchurli investor esa ushbu innovatsiyalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish jarayonida faol katnashadi va ta’sischi sifatida foydadan o‘z ulushini oladi xolos. Shuni ta’kidlash lozimki, venchurli investorlar korxona boshqaruvida chetda qolishmaydi, aksincha ular bu jarayonda faol qat-nashib, o‘z tajribalari, malakalari, biznes hamkorlari bilan yordam be-rib, keragicha imkoniyatlar yaratib, venchur kichik korxonasida ilm-fanning ishlab chiqarish jarayoniga integratsiyalashuvini ta’minlashadi. Shuningdek, ular zararlarni oldini olish maqsadida venchur kapitali hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni o‘rganib, chuqur tahlil qilib, ichidan eng ishonchlilarini tanlab olishadi. Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng, investor o‘ziga tegishli aksiyalarni fond birjasida yoki korxona rahbariyatiga olgan narxidan yuqoriroq narxda sotadi (chunki korxonaning umumiy qiymati ushbu davrga qadar oshgan bo‘ladi). Buni “o‘yindan chiqish”, deyish mumkin. Venchurli moliyalashtirishning afzallik tomoni, uning o‘rtacha daromadlilik darajasining yuqori bo‘lishligidir. Venchurli investorlar mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha ko‘riladigan daromaddan 2-3 barobar ko‘proq foyda ko‘rishi mumkin. Innovatsion loyihalarini venchur kapitali hisobiga moliyalashtirishning xususiyatlari quyidagilardan iborat: loyihaning dastlabki bosqichidan boshlab noaniqlik va xavf-xatarlik darajasining yuqoriligi; venchur kapitali egalari foiz va ta’minot shartlarini qo‘ymaydilar va uzoq muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aksionerlik kapitaligainvesti-siyalar kiritadilar; Xulosa qilib aytganda, innovatsion loyihalarni venchur kapitali hisobiga moliyalashtirish – bu yuqori texnologik tarmoqlardagi korxonalarning rivojlanishi va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishini ta’minlaydigan moliyalashtirishning noan’anaviy, ayni paytda, yuqori xavf-xatarli turidir. Rivojlangan davlatlar venchurli moliyalashtirishni qo‘llash natijasida bir qancha makroiqtisodiy yutuqlarga erishdilar.Xususan: investorlar xavf-xatarlilik darajasi balandligiga qaramay investitsiyalash to‘g‘risida qarorlar qabul qilishlari, iqtisodiyotda moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishini ta’minladi; yangi innovatsion korxonalar yaratilishi yuqori texnologik tarmoqlarni rivojlantirishga, mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga olib keldi; yangi ish o‘rinlar barpo etiladi, ayniqsa yuqori intellektual salohiyatga ega insonlar, yangi innovatsion sohalarda o‘z qobiliyatlarini namoyon etishga moliyaviy imkoniyatlar yaratildi; mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining o‘sishiga zamin yaratildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham investitsion-innovatsion loyihalarni venchur kapitali hisobiga moliyalashti-rishga e’tibor kuchayib bormoqda. 2019 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriligida Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari uyushmasi Venchur kapital kengashi rahbari boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, tomonlar hamkorlikdagi 2 mln. AQSh dollari miqdoridan kam bo‘lmagan o‘zbek-turk venchur jamg‘armasini tuzish masalasi muhokama qildilar. Mazkur venchur jamg‘armasini tashkil etishdan maqsad innovatsion loyihalarni va startaplarni moliyalashtirish orqali mamlakat venchur ekotizimini rivojlantirishdir. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari uyushmasi Venchur kapital kengashi o‘rtasida Ang-lashuv memorandumi imzolandi102. Shuningdek, joriy yilning may oyida O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining “Innovatsion g‘oyalar va startaplar ekotizimini qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish va “UzVS” milliy venchur jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Unda: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida “UzVS” milliy venchur jamg‘armasini tashkil etish. Jamg‘armaning boshlang‘ich ustav kapitali (fondi)ni 30 milliard so‘m miqdorida belgilash. Jamg‘arma boshlang‘ich ustav kapitali (fondi)ni shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va rivojlanish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan ulushini – 50 foiz, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ulushini – 50 foiz ulushlarda shakllantirish ko‘zda tutilgan. Jamg‘armaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: innovatsion g‘oyalar va startaplar ekotizimini qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish; yuqori texnologik innovatsion g‘oyalar va loyihalar hamda startaplarni moliyalashtirish va xususiy investorlarni jalb qilish uchun imtiyozli cubsidiyalar, investorlar bilan sheriklikda venchur fondlar ochish kabi investitsion instrumentlarni (“Fund of Funds”) ishlab chiqish; jamg‘arma ustav kapitali hisobidan yuqori texnologik startap loyihalarini 150 million so‘mdan oshmagan holda moliyalashtirish va monitoringini olib borish. Qaror loyihasida belgilanishicha: Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanib, o‘z mustaqil balansi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri va davlat tilidagi o‘z nomi tushirilgan muhr, shtamp va boshqa belgilariga ega. Jamg‘armaning ustav kapitali boshqa manbalar orqali oshirilishiga ruxsat beriladi. Jamg‘arma yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan sheriklikda venchur loyihalarni moliyalashtirish maqsadida venchur jamg‘armasi muasasasi bo‘lishi mumkin. Jamg‘armaning tashkiliy tuzilmasi xalqaro tajribadan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Taraqqiyot va rivojlanish jamg‘armasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Jamg‘arma direktori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Taraqqiyot va rivojlanish jamg‘armasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tayinlanadi. Jamg‘armani saqlash xarajatlari Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Jamg‘arma uchun samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (“KPI”) xalqaro tajribadan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Taraqqiyot va rivojlanish jamg‘armasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilanadi. Jamg‘arma boshqaruviga malakali va xalqaro tajribaga ega chet el yoki O‘zbekiston fuqarolari jalb etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligining Jamg‘armaning ustav kapitalidagi ulushini shakllantirish uchun 15 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan vazirlik uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va rivojlanish jamg‘armasi 15 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ni Jamg‘armaning ustav kapitalidagi ulushini shakllantirish uchun moliyalashtiradi. Innovatsion loyihalarni venchur kapitali hisobiga moliyalashtirish ilmiy tadqiqot ishlanmalarning tijoratlashuviga, ya’ni innovatsion g‘oya tayyor innovatsion mahsulotga aylanishiga moliyaviy yordam beradi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlanmalarga bo‘lgan talab venchurli investorlarga yuqori daromad olishga imkoniyat yaratib, davlatga innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishga, ilm-texnika taraqqiyoti darajasini oshirishga turtki bo‘ladi. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling