“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion klasterlarning asosiy turlari


Download 2.56 Mb.
bet85/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

18.3. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion klasterlarning asosiy turlari
Mamlakatimiz innovatsion iqtisodiyotga o‘tish jarayoni xalqaro jahon tajribasidan kelib chiqib, yangi innovatsion klas­ter­larni shakllantirishni taqozo etmoqda.

Jahon tajribasiga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizning iqti­so­diyot tarmoqlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan quyidagi innovatsion klasterlarining turlari mavjud. Jumladan:


  1. Texnologik (bog‘langan) klasterlar.


  2. Sanoat (yangi sanoat) klasterlari.


  3. Intellektual (aqliy muhit) klasterlari.


  4. “Aqilli” innovatsion klasterlar.




Texnologik (bog‘langan) klasterlar tushunchasini fanga kiritgan olimlar A.Veber va A.Marshall hisoblanadi. Texnologik (bog‘langan) klasterlar bu innovatsion g‘oyalar va fikrlarga asoslangan holda bog‘langan texnologik jarayonlarni yuqori samara berish asosida korxonalardagi (tashkilotlar, kompaniyalardagi) va xarajatlarni (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha) kamaytirishga (minimallashtirishga) yo‘naltirilgan hamkorlikka tayangan klasterlashni amalga oshirishdan iboratdir.
Bunday klasterlar texnologik jarayonlarni o‘zaro samarali bog‘lash, tarmoqqa sarflangan xarajatlarni minimallashtirish, yuqori foyda olishga intilish hisobiga hamkor korxonalarning ichki imkoniyatlarini ochib beradi. Bunday klasterlar to‘g‘risida A.Veberning fikriga ko‘ra, firmalar yuqori salmoqqa ega xarajatlarni kamaytirishni, masalan, ko‘pgina sub’ektlarda transport xarajatlarini minimallashtirishni ko‘zlab, eng yaqin joylashgan ta’minotchi korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatadi. Bu turdagi klasterlar odatda kichik va o‘rta biznes vakillarini birlashtiradi, ya’ni ularni o‘zaro texnologik bog‘laydi. Masalan, A.Veberning ta’kidlashicha, o‘z davridagi Birmingemdagi Zargarlar ko‘chasi yoki Londondagi Xakney maydonidagi texnologik (bog‘langan) klasterlar yuqori natijalarga erishgan. Texnologik (bog‘langan) klasterlar korxonalarga ishlab chiqarish texnologik jarayonini tezroq va kamxarj yo‘l bilan o‘zgartirish imkoniyatini berganligi sababli, turli sohalarda: moda sanoati, mebel ishlab chiqarish, turizm, qishloq xo‘jaligi va boshqalarga tezlik bilan kirib bormoqda.
Respublikamizda bugungi kunda innovatsion iqtisodiyotimiz oldida turgan muhim vazifa sifatida xarajatlarni kamaytirish bosh maqsad ekanligidan kelib chiqib, texnologik (bog‘langan) klasterlarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llash mumkin.

Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling