Tayanch iboralar
Klaster, klasterlar siyosati, klasterusuli, boshqarish, infratuzilma, ishlab chiqarish, texnologiya, intellektual klasterlar, sanoat klasterlari, texnologik klasterlar, strategik dasturlar.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Innovatsion iqtisodiyotda klasterlar siyosatini sharhlab bering.
2.Innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishda klaster usullarini qo‘llashning ahamiyatini yoriting.
3.Innovatsion klasterlarni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasini tavsiflang.
4.Innovatsion klasterlarni turlarini yoriting.
5.Innovatsion klasterlarni tashkil etish afzalliklarini ayting.
GLOSSARIY
Akademik harakatchanlik – ilmiy xodimlarning o‘z ish joyidan ajralmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi, tajriba almashishi.
Akseleratsiya dasturi – mentorlar va bozor ekspertlari tashkili va maslahat bilan qo‘llab-quvvatlagan holda test sinovidano‘tkazishva biznes-modelini ishlab chiqish yo‘li bilan startap-loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limiy-amaliy dastur.
Amaliy tadqiqotlar – amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlarni va fundamental tadqiqotlar natijalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar.
Benefitsiar (loyihadan foyda oluvchi) – ilmiy tadqiqot loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxs.
Biznes-reja – kompaniya, tovar, uni ishlab chiqarish, ko‘rsatiladigan xizmatlar, mahsulot sotiladigan potensial bozorlar, marketing strategiyasi, operatsiyalarni amalga oshirishni tashkil etish va ularning samaradorligi ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan reja, kompaniyaning harakatlari, biznes-operatsiyalarni amalga oshirish dasturi.
Davlat buyurtmasi — ilmiy tadqiqot loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish topshirig‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |