Innovatsion siyosat – buishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining innovatsion faoliyatini intensiv amalga oshirishga ko‘maklashadigan tadbirlar tizimidir.
Ixtiro – bu turli sohalardagi mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtamplari, o‘simlik va hayvonlar hujayralariga) yoki usulga (moddiy ob’ektlar ustidan harakatni amalga oshirish jarayoniga) tegishli texnik yechim. Agar ixtiro yangi bo‘lib, ixtiro darajasiga ega va sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Ishchi organ – loyihalarni baholashda texnik ta’minlash va ko‘maklashishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi.
Klaster – muayyan yo‘nalishda bir-birini to‘ldiradigan va o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning bir joyda jam bo‘lishi.
Kollegial organ –O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hay’ati.
Loyihaning ijrochi tashkiloti – ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshiruvchi ilmiy faoliyat sub’ektlari, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan boshqa tashkilotlar.
Marketing innovatsiyasi – bu firma tomonidan marketingning yangi uslubini joriy etish (mahsulotning dizayni va qadoqlash, uni joylashtirish, narx belgilash, bozorga chiqarish) agarda u firma tomonidan birinchi marta ishlatilayotgan bo‘lsa.Masalan, dizayn va qadoqlash bo‘yicha: yangicha ko‘rinish berish va ko‘rkamligini oshirish uchun mebel dizayniga ozgina o‘zgartirish kiritish; mahsulotga sifatli ko‘rinish berish maqsadida kosmetik loson uchun idishning yangi dizaynini joriy etish.
Mahsulot innovatsiyasi – bu yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan tovar va xizmatlarni joriy etishdir. Masalan, texnika xususiyatlari, komponent va materiallari, ichiga o‘rnatilgan dasturiy ta’minoti, foydalanuvchi uchun qulayligi yoki boshqa funksional xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |