Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari


Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O’ ↔ Si ↔ M ↔ S


Download 245.92 Kb.
bet4/16
Sana09.10.2023
Hajmi245.92 Kb.
#1696494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va ta

Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O’ ↔ Si ↔ M ↔ S;
bu yerda:
Ft - fundamental tadqiqotlar;
At - amaliy tadqiqotlar;
I - ishlanmalar;
L - loyihalashtirish;
Q - qurilish;
O’ - o’zlashtirish;
Si - sanoat ishlab chiqarishi;
M - marketing;
S - sotuv.
Iqtisodiyotda har qanday tizimning innovatsion faoliyati uning rentabelligini yuqori suratlarda amalga oshishini va raqobatbardoshliligini ta’minlovchi asosiy yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar innovatsiya hayotiy sikli bo’yicha turli xil vazifalarni bajaradilar. Innovatsion faoliyat jarayonni o’zi ham 5 ta bosqichdan tashkil topadi (1-rasm):
Bugungi kunda eng keng tarqalgan variantda tadqiqot va texnik bosqich vazifalari ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga mo’ljallangan korxonalar tomonidan amalga oshirilsa, ishlab chiqarish korxonalari innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish vazifalarini bajaradi.

1-rasm. Innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlari.5
Korxonaning tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini, ularning ko’lami va qamrovini aniqlovchi omil sifatida korxonaning inson kapitali (intellektual, ta’lim saviyasi va kadrlar malakasi) maydonga chiqadi, ish o’rinlarining texnik jihozlanganligi, ishlab chiqarish fondlari va eksperimental baza holati, innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish – bular barchasi korxonaning asosiy resurslaridan hisoblanadi.
Bir qator bajarilgan ilmiy ish natijalarida turli olimlar tomonidan innovatsion salohiyat tushunchasi korxona, soha, mintaqa va davlat tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan resurslarning umumlashgan xususiyatlarini qayd etish maqsadida qo’llaniladi. Turli olimlar tomonidan “innovatsion salohiyat” tushunchasiga turlicha ta’riflar berilgan (1-jadval).
V.P. Baranchieva va V.N.Guninaning ilmiy ishlarida innovatsion salohiyat – korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun innovatsion loyiha yoki innovatsion o’zgarishlar dasturini amalga oshirish bo’yicha tayyorgarligi o’lchovi deb talqin etiladi.

1-jadval


Innovatsion salohiyat” tushunchasiga berilgan ta’riflar


Download 245.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling