Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari


Download 237.49 Kb.
bet3/5
Sana14.03.2023
Hajmi237.49 Kb.
#1267935
1   2   3   4   5
Bog'liq
INNOVATSION IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

KEYSOLOG YECHIMI

  1. Keltirilgan tahlillar va olingan nazariy bilimlarga tayangan holda korxonaning innovatsion maqsadlari, istiqboli va uzoq muddatli innovatsion strategiyalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilsa hamda natijalari monitoringi olib borilsa korxonaning raqobatbardoshlik darajasining ortishiga olib keladi.

  2. Innovatsion faoliyat maqsadlarni amalga oshirish miqyosi va xusu-siyatlardan kelib chiqib, innovatsiyalarni korxona raqobatbardoshligiga ta’si-rini quyidagi tartibda tizimlashtirish mumkin.






  1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar korxonalarda innovatsion stra-tegiyani shakllantirish mexanizmi, uning iqtisodiy mohiyati va amal qilishi-ning ob’ektiv asoslarini chuqur anglab yetish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida raqobatni rivojlantirish shart-sharoitlarini aniqlash va ularni ta’minlash yo‘llarini o‘rganish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish mexanizmlaridan maqsadga muvofiq foydalanish, uning ijobiy ta’sirlari samarasini oshirish imkonini beradi.

  2. Korxonalarda ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan innovatsion jarayonlarni tashkil etishning boshqaruv va ishlab chiqarish oid shakllarni aralash tartibda qo‘llash maqsadga muvofiq, bunga asosiy sabab korxonalarda innovatsion jarayonlar tizimli tartibda amalga oshirilishidir.

Innovatsiyalar korxona raqobatchilariga nisbatan mazkur korxona salohiyati va ishchi kuchining malakasini oshirishga qaratilgan maqsadlarga erishishning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar tizimini izchil amalga oshirishni ta’minlaydi. Bu esa, korxona innovatsion staregiyasini to‘g‘ri tanlashga, mahsu-lot raqobatdoshligini oshirish mexanizmlarini samarali tashkil etishga, ishlab chiqarish uchun ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish imkoniyat-larini yuzaga keltiradi. Pirovard natijada korxonalarning raqobatbar-doshligini oshirishga sharoit yaratiladi


Korxonaning innovatsion salohiyati
1.Korxonaning innovatsion salohiyati elementlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • moddiy-texnik resurslar;

  • moddiy va nomoddiy aktivlar;

  • moliyaviy resurslar;

  • tashkiliy resurslar;

  • kadrlarga oid resurslar;

  • ijtimoiy-ruhiy omillar.

Yuqoridagilardan kelib chiqgan hoda korxona innovatsion jarayonlarni tashkil etish uchun quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:

  • g‘oya va ishlanmalarni moliyalashtirish uchun yetarli pul mablag‘lar;

  • yangi mahsulotni yaratish va ommaviy ravishda ishlab chiqarish uchun tegishli moddiy-texnika bazasi;

  • yangiliklarni amalga oshirish va uni joriy etish uchun qobiliyatli xodimlar;

  • har qanday innovatsion jarayon asosida yotuvchi original (rasman) g‘oyalarni ishlab chiqish imkoniyati.


Download 237.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling