Innovatsion kompaniyalarning strategiyasini rivojlantirish masalalari


Download 18.99 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi18.99 Kb.
#1359505
Bog'liq
Botirova O\'g\'iloy


INNOVATSION KOMPANIYALARNING STRATEGIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Botirova O’g’iloy Mirzaraxim qizi
Andijon mashinasozlik instituti “Iqtisodiyot” yo’nalishi talabasi

Innovatsion faoliyatni tashkil etish istalgan tarmoqdagi korxonalar uchun bozordagi oʻrnini mustahkamlash, raqobatbardoshlikni oshirish hamda foydani maksimallashtirish kabilarga erishish uchun zarur. Innovatsion faoliyatni tashkil etishda innovatsion strategiyalarni ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish masalalari xalqaro amaliyotda kompaniyalar faoliyatini tashkil etishda aksariyat kompaniyalar tomonidan e’tibor qaratilmoqda. Qolaversa, mamlakatimizda ham bu masala siyosiy darajaga ko’tarildi. 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasining yaratilishi hamda sohalarda qo’llanilayotgani buning yorqin isbotidir.


Korxonalar (ilmiy-ishlab chiqarish komplekslari, firmalar) o‘z faoliyatida (ishlab chiqarish, innovatsion) qo‘llagan strategiya tamoyillari uning ko‘p tomonlarini qamrab olib, quyidagilarda qo‘llaniladi: 1) faoliyatning hozirda va kelajakdagi natijalarini baholashda; 2) tashkilotning tashqi muhit bilan munosabatlarini belgilashda, bunda muayyan innovatsion ishlanmalar, ularning amalga oshirish o‘rni va raqobatchilar ustidan ustuvorlikka erishish yo‘llari asoslab beriladi; 3) tashkilotning ichki munosabatlarini o‘rnatishda (masalan, Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari xizmatlari va marketing o‘rtasidagi munosabatlar) va tezkor faoliyatni amalga oshirishda. Strategiya uchun quyidagi xususiyatlar xarakterlidir: strategiyani tanlash jarayoni korxona pozitsiyalarini mustahkamlaydigan umumiy yo‘nalishlarni aniqlash bilan tugaydi; u rivojlanishning samarali yo‘llari va imkoniyatlarini aniqlashda yordam beradi; umumlashtirilgan va har dom ham aniq bo‘lmagan ma’lumotlar ishlatiladi; teskari aloqa ma’lumotlari (reklamatsiya, iste’molchilar talablari va h.k.) keng qo‘llaniladi.
Innovatsiyalar strategiyasi zarurati asosan korxona (tashkilot, birlashma) ning tashqi muhitidagi keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lganda vujudga keladi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi:
bozorning to‘yinganligi va talabning kamayishi;
 ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasidagi radikal o‘zgarishlar;
 ishlab chiqarish diversifikatsiyasi va natijada – yangilik kiritishlarning bozor assortimentining kengayishi;
bozorda prinsipial yangiliklar paydo bo‘lishi;
yangi raqobatchilar xavfi.
Strategiya zarurati jamiyat tomonidan, misol uchun, keskin ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarda bo‘lgan talablari korxonani o‘z orientirlarini keskin o‘zgartirishga majbur qilganda ham vujudga keladi.
Innovatsiyalar strategiyasini ishlab chiqish korxona (korporatsiya, birlashma) ning umumiy maqsadini ifodalashdan boshlanadi. Umumiy maqsad ifodalangandan so‘ng aniq maqsadlar belgilanadi. Aniq maqsadlarga erishuvchanlik ularning strategiya amalga oshishi davrida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatdagi realistikligiga bog‘liq. Ularning realistikligini iqtisodiy vaziyatni bashoratlash tashqi muhit o‘zgarishi asosida ta’minlanadi. Bunda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va ekologik omillar tahlil etiladi.
Innovatsilar strategiyasini so‘nggi tanlov va ifodalashda korxona (tashkilot) ning imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Shu sababli uning faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini tahlil etish lozim. Korxonaning kuchli tomoni - texnik ishlanmalarning ilmiy salohiyati va darajasi, zaif tomoni esa – ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi darajasi bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda innovatsion rivojlanish strategiyasini prinsipial yangiliklarni ishlab chiqish va chiqarishga asoslash maqsadga muvofiqdir. Agar korxonaning kuchli tomoni bozorning o‘rganilganligi, uning ma’lum ulushini qo‘lga kiritishda bo‘lsa, innovatsion rivojlanish strategiyasi, ehtimol, bozor ulushining ortishi va bozorning o‘zlashtirilgan mahsulot modifikatsiyalarini yaratish, buyumlarning tuzilishiga bo‘lgan funksional o‘zartirishlar kiritish va hokazolar bilan erishilgan assortiment siljishlar hisobidan kengayishiga asoslanadi. Oldindan aniqlangan va asoslangan maqsadga erishish yo‘llari (“qay tarzda?”) va iqtisodiy vaziyat, tashqi muhit bashoratlarining (“qanday imkoniyatlar bo‘ladi?”) ichki muhit, ichki imkoniyatlar tahlili natijalari bilan qiyoslanishi (“korxona nima qila oladi?”) innovatsion strategiyaning so‘nggi tanlovi uchun asos bo‘ladi (“korxona nima qiladi?”).
Innovatsion jarayon korxonalarga strategiyani ishlab chiqish, yangiliklarni joriy etish va biznes innovatsiyalarini yaratishga yordam beradi. Butun dunyo boʻylab bizneslar oʻzaro bogʻliq boʻlib bormoqda hamda yildan yilga katta imkoniyatlar va yangi bozorlar paydo boʻlmoqda. Agar kompaniyalar ushbu yangi bozorlarga kirishni va ushbu yangi imkoniyatlardan foydalanishni istasa, biznes ehtiyojlariga mos keladigan innovatsion jarayonni tashkil etishlari zarur.
Korxonalarda innovatsion strategiyalarni shakllantirishda innovatsion faoliyatni toʻgʻri tashkil etish hamda mazkur jarayon uchun tajribali mutaxassislarni jalb qilish zarur. Xususan, innovatsiyalarni yaratishda korxona uchun haqiqiy foyda keltiradigan jihatlarga e’tibor qaratish hamda korxonaning bozordagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qilishi kabi jihatlarni inobatga olish lozim. Mazkur jarayonda korporativ boshqaruv organlari tomonidan ishchi guruhni qoʻllab-quvvatlash hamda uzoq muddat davomida loyihalarni moliyalashtirish masalalari hisobga olinishi zarur.
Ilmiy rahbar: Sattiqulova Gulnoraxon Axmadxonovna
Andijon Mashinasozlik instituti, “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o’qituvchisi.

Adabiyotlar



  1. A.Taniyev “ Innovatsion iqtisodiyot”, Samarqand-2020

  2. https://ru.m.wikipedia.org/wiki

  3. https://e-library.namdu.uz/

Download 18.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling