1) maqsad aniq ifodalangan, va innovatsion loyiha – unga erishish vositalaridan biridir. Bunday maqsad sifatida dastur boshqaruvli stanok, yangi avlod televizorini yaratish bo‘lishi mumkin; 2) maqsad innovatsion ishlar dasturi (rejasi) ni tuzishga imkon bermaydigan umumiy shaklda ifodalangan. Bunday maqsadga muayyan kasallik (saraton, atipik pnevmoniya) bilan kurashni yaxshilash, kompaniyalar daromad keltirishini maksimal oshirish, jinoyatchilik darajasini pasaytirishlar kirishi mumkin. 3) maqsad noma’lum. Masalan, sanoat va qurilishda ilmiytexnik taraqqiyotni kuchaytirish lozim. Bu holda ilmiy konsepsiyani izlash amalga oshiriladi, uning asosida masalani hal etish dasturi tuziladi. Birinchi holatda aynan kerakli va foydali loyihani to‘g‘ri asoslab berish muhimdir. Bu marketing tadqiqotlar, loyiha istiqbolliligi va xarajatlar va samaradorlikni baholashning zamonaviy sonli usullarini qo‘llashni belgilash asosida qilinishi mumkin. Natijada innovatsion ishlarning aniq ifodalangan maqsadga erishish bo‘yicha rejasi ishlab chiqiladi. Birinchi, maqsad aniq ifodalangandagi holat buyurtmalar portfelini shakllantirish va innovatsion ishlar mavzularini ishlab chiqish uchun eng soddasidir. Innovatsion loyihalarni boshqarish Buyurtmalar portfeli shakllanishi va innovatsion ishlanmalarni rejalashtirishning asosli turlarini tanlash masalasi korxona (tashkilot) maqsadlariga erishish nuqtai nazaridan ham, ilmiy faoliyat nuqtai nazaridan ham yangilik kiritish tadqiqotlari va ishlanmalarini boshqarishda muhim o‘ringa ega. Ammo muhim va g‘oyat mushkul vazifa – bu rejalashtirilgan innovatsion ishlarni amalga oshirishni tashkil qilish, ya’ni loyihalarni boshqarishdir. Har qanday innovatsion loyiha muvaffaqiyati texnik-ekspluatatsion va bozor afzalliklaridan kabi, loyihani boshqarish sifatiga ham bog‘liq. Shu sababli ko‘pincha buyurtmalar portfelini shakllantirishda loyihalar nafaqat potensial samaradorlik jihatidan, balki shu potensialni amalga oshirish uchun samarali boshqarish imkoniyatlari nuqtai nazaridan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |