Innovatsion tadbirkorlik faoliyatda marketing tizimi


Kichik biznes korxonlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda zamonaviy marketingdan foydalanish


Download 83.5 Kb.
bet2/6
Sana15.10.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1704074
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
22222Innovatsion tadbirkorlik faoliyatda marketing tizimi

Kichik biznes korxonlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda zamonaviy marketingdan foydalanish
Iqtisodiyotda, xususan, kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda marketingning o’rni va ahamiyati nihoyatda yuqori bo’lib hisoblanadi. Korxonlarda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda innovatsion marketing texnologiyalarini qo’llash yaxshi samara beradi.
Marketing kichik biznesni boshqarishning muhim asosidir, zero undan ko’zlangan maqsad iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida kichik korxona resurslarini safarbar etishdan iborat. Iqtisodiyotda raqobatni keskinlashtirish yo’lida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish yanada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Tijorat sohasida marketing ishi samarali qo’llanilishi tufayli ushbu atama korxonani raqobat sharoitida boshqarish konsepsiyasi sifatida shakllandi.
Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish davrida bozor konyunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi nuqtai nazaridan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik innovatsion faoliyatini rivojlantirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Marketingning bugungi kundagi juda zarur bo’lgan vositalarini bilish va ularni amaliyotga joriy qilish korxonalarga raqobatda ustunligini taqdim etib, ularning bozorda muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. Kichik biznesdagi marketing ishining o’ziga xos xususiyatlarini bozor mexanizmi elementlari, uning tamoyillari va funksiyalari bilan bog’liq ravishda chuqur o’rganmay turib iqtisodiyotni rivojlantirish qiyin kechadi.
Marketing kichik biznesni boshqarishning muhim funksiyasidir, zero undan ko’zlangan maqsad iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida firma resurslarini safarbar etishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatni keskinlashtirish yo’lida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish g’oyat muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Tijorat sohasida marketing ishining samarali qo’llanilishi sababli ushbu atama korxonani kuchli raqobat sharoitida boshqarish konsepsiyasi sifatida shakllandi.
Har bir kichik korxona o’ziga xos shart-sharoitlarda faoliyat olib boradi va o’zining muayyan maqsadlarini hal etadi va shundan kelib chiqib, marketing tizimi ham uning qayerda, qaysi tarmoqda qo’llanilishiga qarab turlicha ko’rinishda bo’ladi.
“Samarali faoliyat yuritayotgan korxona rahbarlari marketingni, ya’ni: biznes falsafasi, “fikrlash tarzi”, boshqaruv konsepsiyasi, bozor faoliyati metodologiyasi, bozor sharoitida boshqaruv faoliyati tamoyillari, funksiyalari, vositalari, uslublari va uni tashkil etishni o’z ichiga qamrab oluvchi “harakat tarzi” sifatida qabul qiladi”.
Kichik korxonalarda innovatsion faoliyatni har tomonlama rivojlantirishda marketingning asosiy omil bo’lib xizmat qilishi, bu sohada zamonaviy marketing komplekslarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Kichik biznesda marketing texnologiyalari qo’llanilishidagi jiddiy to’siq bunday korxonalarning moliyaviy resurslari cheklanganligi bilan izohlanadi. Yirik ishlab chiqarish birlashmalarining (xoldinglar, korporatsiyalar), zarar ko’rish xavfi mavjudligini bila turib marketing tadqiqotlariga, hech bo’lmaganda eksperiment sifatida qo’l urishga imkoniyati etadi. Bunga ular an’anaviy texnologiyalarni rad etmagan holda qo’l uradilar. Kichik korxona esa marketing uchun ulkan xarajatlar qilishga deyarli jur’at qilolmaydi. Biroq, bozorni o’rganish
yoki to’g’ridan-to’g’ri (vositachisiz) savdo kabi marketing texnologiyalari har doim ham katta mablag’larni talab qilavermaydi va ko’p hollarda bu kabi marketing tadbirlarini korxona o’z ichki resurslari bilan ham amalga oshirishi mumkin. Yana shunisi ham ma’lumki, marketing ishiga e’tiborsiz qarashdan ko’rilgan bevosita zarar ko’p hollarda “tejab qolingan” mablag’lardan oshib ketadi.
Kichik biznes subyektlari kundalik amaliyotida innovatsion marketing faoliyatini samarali amalga oshirilishi quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi lozim:

  • bozordagi holat to’g’risida axborotni o’z vaqtida olish hamda uni to’g’ri tahlil qilish;

  • marketing maqsadlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va ularga erishishning asosiy yo’llarini ishlab chiqish;

  • resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilarning talabi bilan moslashtirish hamda bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun mahsulot turi va assortimentini shakllantirish;

  • bozorda sotish tarmog’ini shakllantirish bilan reklamaning rag’batlantiruvchi tadbirlarini o’tkazish hamda bozorda o’z o’rnini, vositachilar va xaridorlarni topish uchun harakat qilish;

  • marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish va boshqalar.

Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori konyunkturasini o’rganish, innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo’lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalab beradi.
Innovatsion marketing jarayoni yangi mahsulot to’g’risidagi g’oyani hamda xaridorning ushbu mahsulotga bo’lgan talabini aniqlashdan boshlanadi. So’ngra esa bozor kompleks tadqiq qilinadi. Mazkur tadqiqotni bozorni segmentlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir, bu esa bozorni xaridorlar va sotuvchilar guruhiga bo’lib olishni anglatadi. Bozorni segmentlash sektorlar bo’yicha bozorni to’liq tadqiq qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Fikrimizcha, innovatsion marketing - maqsadli marketingdir. Kichik biznes korxonalarda innovatsion marketing bozorning muayyan segmentini tanlashga va mazkur segmentda mos innovatsiya va marketing majmuini ishlab chiqishga asoslanadi. Maqsadli marketingning xarakterli tomoni uning butun bozorga yo’naltirilganligi, uning alohida bo’g’inlariga emas, balki alohida qismlariga (segmentlar) yo‘naltirilganligidir, u bozorni segmentlash asosida oldindan tanlanadi. Bu esa innovatsiya jarayoni, investitsiya doirasi, sotuvchisi va xaridori uchun eng yuqori foydani ta’minlovchi bozorning aniq segmentini tadqiq qilinishiga e’tiborni qaratishga imkon beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “innovatsion marketing” – kichik biznes korxonasining bozor sharoitlarida tadqiq etish asosida uning innovatsion, ishlab chiqarish va sotish faoliyatani optimallashtirishga qaratilgan xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsion marketing - korxonada an’anaviy marketingning usul va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan marketing konsepsiyasidir.
Innovatsion marketingning asosiy maqsadi innovatsiyalarni bozorga kiritish strategiyasini ishlab chiqish va yangi mahsulotning bozorda mustahkam o‘ringa ega bo’lishi hamda kelgusida uni eksportini ta’minlashdan iborat. Shuning uchun an’anaviy marketingdan farqli ravishda innovatsion marketing asosida innovatsiyalar bozorini tadqiq etish, bozorni test qilish, bozor konyunkturasini tahlil qilish, talabni shakllantirish, iste’molchilar xulq - atvorini modellashtirish orqali bozor segmentlari ishlab chiqish yotadi.
Innovatsion marketing kichik biznes korxonasiga iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy biznesda ustuvorlikni “funksional” mahsulotlardan “innovatsion” mahsulotlarga o’tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi:

  • funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat

qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o’tirmasdan xarid qilinadi;

  • innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so’nggi so’zini

ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha qisqaroq bo’ladi.
Fikrimizcha, kichik biznes korxonasi avvaldan o’z harakatlarini bozorni egallashga, segmentatsiyalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga, o’z iste’molchilarini shakllantirishga qaratgan bo‘lishlari lozim. Zamonaviy marketing faqatgina bozor tahlili va tashqi omillar bilan chegaralanib qolmasdan, balki doimiy imkoniyatlarni shakllantirishga ham o’z hissasini qo’shadi.
Tadbirkor iste’molchilarning ehtiyojlarini va o’rganilmagan doimiy talablarini ko’ra olishi kerak. Faqatgina mahsulotni turli assortimentlarda ishlab chiqarish bilan chegaralanmasdan, balki bir vaqtning o’zida barcha kuchlarini bir nuqtada, ya’ni modifikatsiyalarni tezda tarqalishini ta’minlash maqsadida o’z mahsulotlarini oldindan lokal shakllantirishi zarurdir. Aynan shu usuldagi marketing bozorda liderlikni ta’minlab beradi.
Innovatsion marketingda boshqaruv usullari vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin. Innovatsiyalarning har bir hayotiylik sikliga alohida usul va strategiyani ishlab chiqish talab etiladi.
Odatda, tadbirkorlarning innovatsiyalarga rag‘bati ularning sifatli, raqobatbardosh hamda yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki yanada samarali va modifikatsiyalangan texnologiyalardan foydalanish asosida olayotgan foyda miqdorini oshirishga intilishi bilan belgilanadi. Muvaffaqiyatli innovatsiyalar haqiqatdan ham foyda va hatto qo‘shimcha foyda keltiradi. Lekin, bu qo‘shimcha foyda yoki qo‘shimcha foyda yo’lidagi innovatsion bo’sag’adan hamma ham o’ta olmaydi, yangi mahsulot va texnologiyalarni o’zlashtirish davrida xarajatlar baland bo’ladi.
Biroq, innovatsion loyiha bilan shug’ullanish uchun tadbirkor imkoniyatga ega bo‘lishi lozim. Avvalo, ekspertizadan yoki sinov ekspluatatsiyasidan o’tgan ixtiro yoki ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijasi, kamida texnologik qo‘llash uchun yaroqli bo‘lgan innovatsion g’oya bo‘lishi lozim. Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlarning innovatsion salohiyati kuchli salohiyat hisoblanadi.



Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling