Innovatsion tadbirkorlik faoliyati boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi


Download 138.5 Kb.
bet4/4
Sana14.02.2023
Hajmi138.5 Kb.
#1196566
1   2   3   4
Bog'liq
innovatsion

O’zbekistonda innovatsion klasterlarni shakllantirish va ularga innovatsion tadbirkorlikni kirishi uchun shart-sharoit yaratish davlatning iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi va u alohida kichik innovatsion korxonalarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilishigina emas, balki turli hajmdagi va turdagi faoliyatni birlashtiruvchi “yuqori texnologiyalar” tizimini rivojlantirishni rag’batlantirishga asoslanmog’i lozim. Mamlakatda innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni ko’rish zarur:

– innovatsion klasterlarni rivojlantirish bo’yicha davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; – respublika va hududiy kichik biznesni rivojlantirish dasturlarini klaster loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari bilan uyg’unlashtirish; – innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash institutlari faoliyatini barcha darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan kelishilgan holda amalga oshirishni ta’minlash. Klasterlar doirasida innovatsion tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash davlat va xususiy tarmoq sherikligi sharoitida amalga oshirish maqsadga muvofiq va bu jarayonlarga davlat va mahalliy budjet mablag’larinigina emas, balki venchur fondlar, yirik kompaniyalar va tijorat banklar kreditlarini jalb qilish zarur. Shu bilan bir qatorda, innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash va jalb qilishga mas’ul bo’lgan franchayzing kompaniyalarni shakllantirish lozim.


Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling