Innovatsion texnologiyalar va adabiyot oʻqitishda virtual laboratoriyaning oʻrni
Download 28.49 Kb.
|
1 2
Bog'liqEsonov Rustam maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ADABIYOT OʻQITISHDA VIRTUAL LABORATORIYANING OʻRNI Esonov Rustam Islom |Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali o‘qituvchisi E-mail:esonovrustam@gmail.com Annotatsiya. Maqolada adabiy ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishning samarali jihatlari xususida so‘z yuritiladi. Xususan, virtual laboratoriyalar va panoramik tasvirlar yaratish orqali o‘quvchilarni mutolaaga qiziqtirish masalalari tadqiq etiladi. Kalit so‘zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, virtual borliq, virtual laboratoriya, multimedia, pedagogik dasturiy vositalar, kompyuter. Аннотация. В статье рассматривается эффективность использования информационно-коммуникационных технологий в процессе литературного обучения. В частности, рассмотрен вопрос как заинтересовать студентов чтением при помощи виртуальных лабораторий и панорамных изображений. Ключевые слова: информационно-коммуникационные технологии, виртуальная реальность, виртуальная лаборатория, мультимедиа, педагогическое программное обеспечение, компьютер. Annotation. The article discusses the effectiveness of using information and communication technologies in the process of literary education. In particular, the question of how to interest students in reading with the help of virtual laboratories and panoramic images was considered. Key words: information and communication technologies, virtual reality, virtual laboratory, multimedia, pedagogical software, computer. «Innovatsiya» – lotincha so‘z bo‘lib «yangilanish, yangilik, o‘zgartirilish» ma’nolarini anglatadi. Bu atama dastlab G‘arb mamlakatlarida XIX asrda paydo bo‘lib, ijtimoiy hayotga boshqa bir mamlakat tilidan o‘tgan va uning turmush tarziga kirib borayotgan yangi tushunchalarni anglatadi. XX asrning boshlarida ilmning «innovatika» degan yangi sohasi paydo bo‘ldi va u mamlakatda paydo bo‘lgan texnik yangiliklarni o‘rganish bilan shug‘ullandi. Pedagogik innovatsiya tushunchasi G‘arb mamlakatlarida XX asrning o‘rtalaridan boshlandi, milliy pedagogika ilmida esa keyingi yigirma yil davomida paydo bo‘ldi va maxsus o‘rganila boshlandi. Pedagogik jarayonga nisbatan innovatsiya tushunchasi ta’limtarbiyaning maqsadi, mazmuni, usul va shakllari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish kabi faoliyatlarga kiritilgan yangiliklarni anglatadi. Pedagogika fanidan joy olgan «ta’limdagi innovatsiya» va «pedagogik innovatsiya» atamalari sinonim sifatida qo‘llaniladigan tushunchalardir. Pedagogik innovatsiya – ta’lim va tarbiyaning samaradorligini oshirish maqsadida uning mazmuni, texnologiyasi hamda tashkil etish kechimiga kiritilgan yangiliklarni anglatadi. Shunday qilib innovatsiya jarayoni ta’lim-tarbiyani tashkil etish va uning mazmunini o‘stirishga kiritilgan yangiliklardan iborat tushunchadir. Yangi ta’limiy usul yoki bir necha usullar yig‘indisi – texnologiya, vosita va usullardan iborat yangiliklar – novatsiya, ana shu vositalarni pedagogik amaliyotga tatbiq etish kechimi esa innovatsiyadir. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya tizimini bir holatdan tubdan yangilangan boshqa holatga o‘tkazishga olib keladigan turg‘un unsur va o‘zgarishlarni maqsadga muvofiq tarzda kiritishni ko‘zda tutadigan izchil jarayondir. Pedagogik innovatsiya jarayoni quyidagi uch bosqichdan iborat bo‘ladi: 1)yangi g‘oya yoki kashfiyotni yuzaga keltirish bosqichi; 2)g‘oyaga ishlov berish, uni amaliyotda foydalanish mumkin bo‘ladigan holatga keltirish bosqichi; 3)yangilikni joriy etish bosqichi. Shunga muvofiq ravishda pedagogik innovatsiya jarayonini ilmiy g‘oyani amalga oshirish va ijtimoiy-pedagogik muhitda shundan kelib chiqadigan o‘zgarishlarni o‘zaro muvofiqlashtirishdan iborat kechim deyish mumkin. Yangilikni pedagogik amaliyotga olib kirish va bu yangilikni boshqarish tizimini tashkil etishga qaratilgan faoliyat innovatsion faoliyat deyiladi. Ta’lim jarayoni uchun maxsus loyihalashtirilgan, tadqiq etilgan yoki pedagogik tashabbuskorlik natijasi sifatida tasodifan kashf qilingan yangiliklar ham pedagogik innovatsiyalar hisoblanadi. Muayyan yangilikni ilmiy-nazariy jihatdan asoslash, yangi samarador o‘qitish texnologiyalari, amaliyotga joriy etishga tayyorlangan biror pedagogik tajribaning ilmiy-texnologik bayoni kabilar pedagogik innovatsiyaning mazmunini tashkil etishi mumkin. Yangilik – bu pedagogika fani yutuqlarini amaliyotga joriy etish, ilg‘or pedagogik tajribalardan foydalanish jarayonida o‘quvtarbiya kechimining yangi sifatga ega bo‘lishini ta’minlaydigan vositalardan iborat. Pedagogik innovatsiyalar davlat organlari, pedagogik jarayonni boshqaradigan ma’muriyat singari yuqori tashkilotlar tomonidan emas, balki fan va ta’lim tashkilotlari xodimlari, ya’ni pastdan ishlab chiqarilishi hamda tavsiya etilishi kerak. Yuqoridan pastga tushirilgan innovatsiyalar hech qachon kutilgan samarani bermaydi, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilmaydi. Pedagogikada ilmida innovatsiyalarni innovatsion o‘zgarishlar shiddati yoki innovatsiyalik darajasiga ko‘ra quyidagi sakkiz toifaga ajratish mumkinligi ko‘rsatiladi: 1.Birinchi toifadagi innovatsiyalar mavjud ta’lim tizimi yoki uning biror qirrasiga xos jihatlarni bir qadar takomillashtirgan holda qayta yaratishga qaratilgan bo‘ladi. 2.Ikkinchi toifa innovatsiyalarga ta’lim-tarbiya tizimining sifatini o‘zgartirmagan holda unda miqdor o‘zgarishlari qilishni ko‘zda tutadigan yangiliklar kiradi. 3.Uchinchi toifa innovatsiyalar mavjud pedagogik tizimdagi vositalarning o‘rnini almashtirish, ularni qayta joylashtirish, qo‘llash qoidalarini takomillashtirish orqali yuzaga kelgan innovatsiyalardir. 4.To‘rtinchi toifa innovatsiyalar eski ta’lim modelidan voz kechmagan holda ta’lim tizimini yangi sharoitga moslash ko‘zda tutilib amalga oshiriladigan innovatsiyalardir. 5.Beshinchi toifa innovatsiyalarda ta’lim tizimining ayrim qismlariga oddiy sifat o‘zgarishlari kiritish orqali mavjud muammoga yangi yechim topish ko‘zda tutiladi. 6.Oltinchi toifa innovatsiyalarda ta’lim-tarbiya tizimining «yangi avlodi» yaratilishiga uriniladi. Mavjud tizimga xos xususiyatlarning ko‘pchiligi o‘zgarishga yuz tutadi. 7.Ettinchi toifa innovatsiyalarni amalga oshirish natijasida ma’rifiy tizimlarning o‘zgacha sifat xususiyatlariga ega bo‘lgan «yangi turi» tashkil etiladi. 8.Sakkizinchi toifa innovatsiyalar ta’lim-tarbiya tizimidagi eng yuksak darajadagi yangilanishlar tufayli bu tizimning tubdan o‘zgartirilib, tamomila yangi sifat xususiyatlariga ega bo‘lishiga erishilgan oliy darajasidir75. Pedagogik innovatsiyalarni ularning yuzaga kelishi holatiga ko‘ra quyidagicha tasnif etish mumkin: 1.Tasodifiy innovatsiyalar. 2.Foydali innovatsiyalar. 3.Tizimli innovatsiyalar. Ta’lim-tarbiya tizimining ichki mantig‘i rivojidan kelib chiqmaydigan, tashqaridan sun’iy ravishda kiritiladigan pedagogik innovatsiyalar tasodifiy innovatsiyalar deyiladi. Ko‘pincha bunday innovatsiyalar yuqori tashkilotlarning buyrug‘iga ko‘ra joriy etiladi va yaratilganidanoq samarasizlikka mahkum bo‘ladi. Muayyan ta’lim-tarbiya muassasalari vazifasi bajarilishiga muvofiq keladigan, lekin ilmiy-tashkiliy jihatdan atroflicha tayyorlanmagan, pedagogik tizim bilan yaxlit vujudga aylanib ketmagan pedagogik yangiliklar foydali innovatsiyalarni yuzaga keltiradi. Virtual laboratoriyalar tashkil etish muammosi xorijiy davlatlarda F.Amari, S.Vong, S.Demetriadis, S.Sesiliya, A.Kozlenko kabi olimlar tomonidan maxsus o‘rganilgan bo‘lib, ularda virtual ta’lim texnologiyasi, multimedia va ilovalari, multimedia bilan ishlovchi dasturlar, o‘quv jarayonida simulatordan foydalanish, panoramik tasvirlar bilan ishlash, virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar xizmatidan foydalanishga doir masalalar yoritiladi. Yosh avlodning intellektual salohiyati va pluralistik qarashlarini rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda multimedia dasturiy vositalaridan foydalanish, onlayn muhitda virtual laboratoriyalar tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgan bo‘lib, bu borada M.Lutfillayev, M.Fayziyev, R.Djurayev, U.Taylakov, A.Ibraymov, M.Fayziyeva, Sh.Ergashev, A.Kalontarov, U.Nasritdinova, Z.Sherdonov, K.Tursunmetov, S.Muhamedova, Sh.Yuldasheva, Z.Sangirova, B.Zohidova kabi ko‘plab olim va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari kuzatilmoqda. Milliy ta’lim sohasida muayyan fanlarga mavzulashtirilgan multimediali darsliklarning yetarli emasligi istiqbolda turli o‘quv predmetlari, xususan, adabiyot o‘qitishni multimedia elektron majmualarining zamonaviy avlodlari bilan uyg‘unlashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Adabiy ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib mavzuga oid grafik tasvirlar namoyish etish, voqea-hodisalar, qahramonlar portretiga xos xususiyatlar, nazariy tushunchalarni virtual shaklda uzatish asar mazmunini, g‘oyaviy-badiiy maqsadini anglash, egallangan bilimlarni amalga tatbiq etishga yordam beradi. Adabiyotning inson hissiyotlari, tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishi nazarda tutilsa, o‘quvchi asarni o‘qish jarayonida hayotiy va badiiy haqiqatni teran anglashi, o‘zlashtirganlarini boshqalar bilan muhokama qila olishi, matn bilan ishlash chog‘ida adabiy-nazariy tushunchalarni qo‘llay olishi kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish maqsadi amalga oshiriladi. Binobarin, o‘quvchi uchun bilimlar va adabiy ta’lim mazmunining yuqoridagi darajalari mutanosib bo‘lishi murakkab jarayon hisoblanadi. Virtual tajribalar uchun dasturiy ta’minotga o‘qituvchi obrazli tafakkur va badiiy to‘qimani ochib berishga qaratilgan g‘oyalarini taqdim etishi mumkin bo‘ladi. Shu yo‘l bilan o‘quvchilarning badiiylik, obrazlilik va obrazni tushunish kabi adabiy-nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish vazifalari amalga oshirilishi belgilanadi. Dastur animatsiya shaklidagi voqea-sujet, xarakterni ochib beruvchi vosita, konflikt, sujet elementlari, detal hamda badiiy mahorat kabilarni ifodalash xususiyatiga ega. Animatsiyalarni adabiy jarayonga tatbiq etish esa idrok, anglash va bilish jarayonlarini yengillashtiradi, voqelik va hodisalarni aniq, ko‘rgazmali tarzda jonlantiradi. Adabiy ta’limda nazariy tushunchalar, qahramonlar tashqi portreti, atrof-muhit, tabiat bilan bog‘liq mavsumiy o‘zgarishlarni virtual tarzda berish imkoni mavjud bo‘lsa ham, insonlarga xos ichki kechinmalar, o‘y-xayollar, his-tuyg‘ularni virtual tarzda yetkazish qiyin jarayon hisoblanadi. Obrazlarning xarakter xususiyatlari yoki ruhiyat manzaralarini o‘lchash imkoni mavjud emasligi nazarda tutilsa, bu turdagi mashg‘ulotlarni tashkil etishda ahamiyat qaratiladigan asosiy xususiyatlar nimada, ularga oid dasturlar qanday tuziladi, jarayon qanday rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, nimalardan qay tartibda foydalaniladi, degan qator savollar tug‘iladi. Buning uchun, avvalo, virtual laboratoriyalar mazmuni o‘rganilayotgan fan samaradorligini oshirishga ta’siri, o‘qitish jarayoni talablariga javob berishi nuqtayi nazaridan belgilanishi zarur. Bunda topshiriqlar strukturasi, o‘quv materiallarini yetkazish shakli, kerakli axborotlarni izlash va nazorat usullari mavjudligi, umuman, o‘qitish jarayonining tashkiliy xususiyatlari e’tiborga olinadi. Ma’lumki, multimediali elektron-pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish orqali avtomatlashtirilgan grafik va murakkab loyihalash ishlari olib boriladi. Pedagogik dasturiy vositalar o‘qituvchilarning o‘qitish g‘oyalarini dasturda shakllantirish, uni tahlil qilish, qo‘llash va baholash orqali takomillashtirishga xizmat qiladi. Download 28.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling