Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
Download 133.9 Kb.
|
Xayrullayev Mahmud
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
BIRINCHI BOB: SOMONIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY- IQTISODIY HAYOT. 1.1.Somoniylar davlatining siyosiy tarixi va tashkil topish IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar sulolasi paydo bo‘ladi. Bu sulolaga Somon qishlog‘i (manbalarda – Balx yaqinida, Samarqand atroflarida, Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos soladilar. Yirik yer egasi bo‘lgan Somonxudot Ma’mun Xuroson noibligi davrida uning xizmatiga o‘tib tez orada e’tiborga to‘shadi. Somonxudotning o‘g‘li Asad hamda nabiralari ham Ma’mun saroyida xizmat qilishgan. Shaxsan Ma’munning buyrug‘i bilan Xuroson noibi Asadning o‘g‘illarini 820 yilda turli viloyatlarga noib etib tayinlaydi. Xususan, Nuh Samarqandni, Ahmad Farg‘onani, Yahyo Shosh va Ustrushonani, Ilyos Hirotni boshqara boshlaydilar. Dastavval, Asadning katta o‘g‘li Nuh ukalari mulklarini birlashtirib, xalifalikdan mustaqil davlat barpo etish harakatini boshladi. Chunki Nuhning nomidan tanganlar zarb etilgani ma’lum. Nuh vafotidan so‘ng ukasi Ahmad uning ishlarini davom ettirib asta-sekin Mavorounnahrni Somoniylar sulolasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. 1 Tohiriylar Ahmadning bu harakatlariga qarshilik ko‘rsata olmadilar. 865 yilda Ahmad vafot etgach ko‘pchilik Somoniylar tomonidan sulola boshlig‘i sifatida Ahmadning o‘g‘li Nasrni tan olinadi. 873 yilda Buxoro shahri va uning atroflarini Toxiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va hududlarga soliqlar soldi. Bundan g‘azablangan xalq Muhammadga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. 874 yilda Muhammad ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari Nasrdan Buxoroga noib yuborishni iltimos qiladilar. Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib jo‘natadi. Nasr Ismoilni o‘z noibi deb hisoblar edi. Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay qo‘ydi hamda akasiga tobe’ bo‘lishni istamadi. Natijada 886 yilda aka-ukalar o‘rtasida birinchi to‘qnashuv bo‘lib, Ismoil yengildi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. 888 yildagi ikkinchi jangda Ismoil Nasr qo‘shinlarini tor-mor etishga muvaffaq bo‘ldi. 892 yilda Nasr vafot etgach Ismoil Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib qoldi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. Ismoil Somoniy 893 yilda ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortib dastlab Tarozni, keyin esa Ustrushonani egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bag‘dod xalifasi al-Mutadis (892-902 yy.) Ismoilning qudrati oshib ketayotganidan sarosimaga tushib 898 yilda Movarounnahr noibligidan Ismoilni tushirib uning o‘rniga safforiy Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Mavorounnahr noibligi to‘g‘risidagi yorliqni olgach Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo‘shin tortdi. 900 yilda Balx atroflarida Ismoil Safforiylar qo‘shinlarini tor-mor etdi. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra Ismoilni nafaqat Buxorodan, balki Xorazm va Farg‘onadan ham kelgan harbiy kuchlar qo‘llab-quvvatlagan edilar. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Ismoil bu jangda Buxoro hunarmandlari va oddiy xalqning qo‘liga qurol berib o‘z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Keng xalq ommasining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Ismoil Somoniy arab bosqinidan keyin birinchi bo‘lib o‘zaro janjallarga botgan, bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani qudratli va mustaqil davlatga aylantirishga erishdi. 2 Shu tariqa Ismoil Movarounnahr va Xuroson, Eronning qator sharqiy va shimoliy viloyatlarini o‘z ichiga oluvchi yirik davlatga asos soldi va bu hududlarda Arab xalifaligi hukmronligiga barham berildi. Shunday qilib, Farg‘ona, Isfijob (Sayram), Shosh, Samarqand, Buxoro Xorazm, Chag‘aniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G‘azna kabi qator viloyatlar Somoniylarga bo‘ysundirildi. Ularning hammasi ham mutlaqo tobe’ bo‘lmasada, Somoniylar xokimiyatini tan olishga majbur bo‘lgan edilar. Ismoil Somoniy yirik yer egasi bo‘lib, mahalliy zodagonlar va savdogarlarga tayanib davlatni idora qilgan. Lekin Ismoil ham, boshqa Somoniylar ham ichki ijtimoiy ziddiyatlarni yo‘qota olmadilar. Natijada dehqonlarning yer egalariga qarshi chiqishlari bo‘lib turgan. Bundan tashqari ayrim chekka viloyatlar hokimlari markazlashtirish siyosatiga qarshilik qilib turganlar. 907 yilda Ismoil Somoniy vafot etib taxtni uning o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil egalladi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi (907-914 yy.). Uning davrida davlatni idora etishda arab tilini qayta tiklanishi ko‘pgina mahalliy zodagonlar va turk g‘ulomlarining noroziligini o‘yg‘otdi. Natijada u 914 yilda turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldirilib, taxtga uning 8 yoshli o‘g‘li Nasr ibn Ahmad o‘tirdi va u balog‘atga yetguncha davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqarib turdi.914 yil oxirida Samarqandda yana qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Davlatning janubiy hududlarida bo‘lgan Husayn ibn Ali Marvoziy rahbarligidagi qo‘zg‘olon ayniqsa keskin tus oldi. Bu qo‘zg‘olon karmatlar g‘oyasi bayrog‘i ostida bo‘lib o‘tdi. Bu qo‘zg‘olon 918 yilda bostirilib Marvoziy asir olindi. 3 Ko‘p o‘tmay Nasrning qarindoshi Ahmad ibn Nuh hokimiyatga qarshi bosh ko‘tardi. 922 yilda esa Ilyos ibn Ishoh qo‘zg‘olon ko‘tardi. Tinmay davom etgan qo‘zg‘olon va isyonlar Somoniylar davlatining qudratiga ta’sir ko‘rsatib, u asta-sekinlik bilan inqirozga yuz tuta boshladi. Ta’kidlash lozimki, Nasr ibn Ahmad hukmronligi davrida Somoniylar davlati hududlarida karmatlar harakati ancha keskin tus oldi. Karmatlar islomni yoyilishiga, yer egaligi munosabatlarini kuchayishiga qarshi chiqdilar va ilgarigi an’analarni, qishloq jamoalarini qayta tiklashni yoqlab chiqqan edilar. Shuning uchun ham bu harakatni keng xalq ommasi qo‘llab quvvatladi. 943 yilda taxtga o‘tirgan Nasrning o‘g‘li Nuh karmatlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. Ularning mol-mulklarini musodara qildi. Nuh hukmronligi davrida Somoniylar davlatining inqirozi yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Bo‘shab qolgan xazinani to‘ldirish maqsadida Nuh soliqlar miqdorini ko‘paytirdi. Bu xalq noroziligini yanada oshirdi. Xalq noroziligidan foydalangan Nuhning amakisi Ibrohim ibn Ahmad Xuroson noibi Abu Ali Chag‘oniy yordamida vaqtincha Buxoro taxtini egallab olishga muvaffaq bo‘ldi. Abu Ali Chag‘oniy Xurosonga qaytgach Nuh yana Buxoro taxtiga qaytdi va isyonkor qarindoshlarini qattiq jazoladi. Lekin Somoniylarning Abu Ali Chag‘oniy bilan kurashi keyingi yillarda ham davom etdi. Soliqlarning yil sayin ko‘payib borishi, zodagonlarning o‘zaro janjallari, noiblarning markazga bo‘ysunmay qo‘yishi va saroyda bo‘layotgan taxt uchun kurashlar Somoniylar davlatini juda zaiflashtirib yubordi. Bu kurashlar ayniqsa Amir Mansur ibn Nuh II (976-997 yy.) hukmronligi davrida keskin tus oldi. Ichki nizolar oqibatida Nuh II Yettisuv va Qoshg‘arda vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining Mavarounnahrga qilgan yurishlariga keskin qarshilik qilolmadi. Somoniylar davlatidagi beqarorlikdan foydalangan Qoraxoniy Horun Bug‘roxon 990 yilda G‘arb tomon qo‘shin tortdi va ikki yil davomida Somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni bosib oldi. Shundan so‘ng Somoniylar davlati o‘zini tiklay olmadi. 13-15 yil davomida Somoniylar hukmdorlari asosan Qoraxoniylar va qisman Saljuqiylar bilan kurash olib borib nihoyatda holdan toydilar. Somoniylarning so‘nggi hukmdori Abu Ibrohim Muntasir 1005 yilda o‘ldiriladi hamda Mavarounnahr va Xurosondagi Somoniylarga tegishli bo‘lgan hududlar Qoraxoniylar va G‘aznaviylar tomonidan bo‘lib olinadi. Arab xalifaligining siyosiy tushkunlikka uchrashi va mamlakatimiz xalqlarining mustaqillik uchun kurashi IX asrda mustaqil davlatlarning tashkil topishiga olib keldi. 821-yilda Xurosonning nufuzli zodagonlaridan biri Tohir ibn Husayn Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlandi. U birinchilardan bo'lib 822-yildayoq xalifalikdan ajralib chiqishga harakat qiladi va xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni taqiqlaydi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi va uning davlatini Arab xalifaligidan mustaqilligini bildirardi. Garchi Tohir ibn Husayn tez orada vafot etsa-da, biroq uning o'g'illari - Talha va Abul Abbos Abdulloh Xuroson hokimiyatini birin-ketin mustaqil boshqarishda davom etdilar. Abul Abbos davrida (830-844) mamlakat poytaxti Marvdan Nishopurga ko'chirildi. Movarounnahr rasman tohiriylar tasarrufida bo'lsada, biroq, bu hududning ko'plab mulklari mahalliy Somonxudot xonadoni namoyandalari tomonidan boshqarilardi (masalan, Nux - Samarqandda, Yahyo - Shosh va Ustrushonda, Ilyos - Hirotda shunday hukmdorlar edilar). IX asrning 60-yillarida asosiy tarkibi kambag'al hunarmandlar va yersiz dehqonlardan iborat g'oziylar harakati butun Xuroson o'lkasi bo'ylab kengayib ketdi. Unga aka-uka misgarlar - Yoqub va Amir binni Layslar boshchilik qildilar. Ular Seyistonni o'z qo'l ostilariga kiritgach, ko'p o'tmay 873-yilda tohiriylarga kuchli zarba berib, bu o'lka poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada Xurosonda tohiriylar o'rniga safforiylar (misgarlar) sulolasi hokimiyat tepasiga keladi. 876-yilda Yoqub katta qo'shin bilan Bog'dodga yurish qildi va xalifadan yengilib orqaga qaytdi. 879-yilda Yoqub vafot etgach, taxtga uning ukasi Amir ibn Lays (879-900) o'tirdi. U xalifaga o'z vassalligini bildirdi. Bunga javoban xalifa Amir ibn Laysni Xuroson va Eron noibi deb yorliq yubordi. 873-yilda Buxoroni tohiriylarning so'nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va xalqqa nisbatan zulmni kuchaytirdi. Buxoro xalqi Muhammadga qarshi qo'zg'olon ko'tardi. Shahar amaldorlari Nasr ibn Ahmadga murojaat qilib, somoniylardan Buxoroga noib yuborishni iltimos qildilar. Ko'pdan beri Buxoroni o'ziga qo'shib olishni rejalab yurgan Nasr bu taklifni xursandlik bilan qarshi oldi va ukasi Ismoilni bu yerga noib qilib jo'natdi. Ismoil Buxoroga kelib qo'zg'olonni tinchitdi. Ana shu tariqa tohiriylarga qarashli hudud - Buxoro ham somoniylarga moyil nufuzli kuchlar yordamida ular tasarrufiga qo'shib olinadi (874). Tohiriylarning bu yerdagi so'nggi hokimi Muhammad ibn Tohir Buxorodan haydab yuboriladi. Buxoroda Ismoil Somoniy hokimligi qaror topadi.4 Biroq, aka-uka o'rtasidagi qo'shhokimiyatchilik uzoqqa bormaydi. Natijada Nasr va Ismoil o'rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketadi va bu ularning harbiy to'qnashuviga sabab bo'ladi. 888-yilda Ismoil akasi ustidan uzil-kesil g'alaba qozonadi. 892-yildan boshlab esa Ismoil Somoniy butun Movarounnahrning yagona hukmdori bo'lib oladi. Ismoil Somoniy o'z davrining qobiliyatli, serg'ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi bo'lib, Movarounnahr hududida yirik markazlashgan davlatga asos soldi. U o'z davlatiga doimo xavf solib turgan ko'chmanchilar ustiga 893-yilda qo'shin tortdi, Taroz shahrini egallab, shimoldan bo'ladigan hujumlarga abadul-abad barham berdi. Kuchayib borayotgan va mustaqillikka intilayotgan Ismoil Somoniy siyosati Arab xalifaligini tashvishga solayotgan edi. Shu bois xalifa Mu'tazid Ismoil Somoniy bilan Xuroson noibi Amir ibn Laysni to'qnashtirib o'z maqsadiga erishmoqchi boidi. 900-yilda Ismoil hal qiluvchi jangda Amir ibn Laysni yengib Xurosonni ham o'ziga qo'shib oldi. Natijada xalifa Ismoil Somoniy davlatini tan olib, unga hukmdorlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ldi. Ana shu tariqa, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan butunlay xalos bo'ldi.5 Ammo Somoniylar davlati Ismoilning avlodlari: Ismoil Somoniyning o'g'li Ahmad hukmronligi (907-914), uning o'g'li Nasr II (914-943), lining o'g'li Nuh ibn Nasr (943-954), uning o'g'li Abdumalik (954-961)lar davrida inqiroz sari yo'l tutdi. Download 133.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling