Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


- mashg’ulot. Trofik darajalar va oziq zanjirlari


Download 1.07 Mb.
bet89/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

5 - mashg’ulot. Trofik darajalar va oziq zanjirlari


  • Material va jixozlar. O’rmon jamoasi tasvirlangan jadvallar. Oziq zanjirlari sxemasi. Ekosistemadagi oziq aloqalari ancha murakkab bo’lib, organizmlarning bir - biri bilan oziqlanishi natijasida modda va energiyaning bir organizmidan ikkinchisiga o’tishi kuzatiladi. Ekosistemadagi energiyaning yagona manbai quyosh energiyasidir. O’simliklar tomonidan yutilgan quyosh energiyasi kimyoviy bog’lar energiyasiga aylatiriladi va oziq zanjirlari bo’ylab boshqa organizmlarga tarkaladi. Bir - biri bilan oziqlanadigan organizmlar ketma- ketligi oziq zanjirini hosil qiladi.

  • Oziq zanjiri ko’pi bilan 5-6 ta bo’g’indan iborat bo’ladi. Har bir organizmning oziq zanjirida tutgan o’rni trofik daraja deyiladi. O’simliklar birinchi trofik darajani, o’txur hayvonlar - ikkinchi, yirtqich hayvonlar uchinchi trofik darajani tashkil etadi va h.o.

  • Oziq zanjiridagi har bir organizm tomonidan qabul qilingan energiyaning asosiy qismi organizmda hayot faoliyatini ushlab turishga sarflanadi. Bu energiya nafas olishga sarflangan energiya deyiladi. Nafas olishga sarflangan energiya oxir-oqibatda issiklik energiyasiga aylanadi va tashqi muhitga tarqatiladi. O’zlashtirilgan energiyaning kamroq qismi o’sishga sarflanadi va tanada to’planadi. O’sishga sarflangan energiya oziq zanjiri bo’ylab keyingi bo’g’inga uzatiladi.

  • Demak, oziq zanjiri bo’ylab modda va energiya miqdori kamayib boradi.

  • Ishni bajarish tartibi. Quyida bir qancha tirik organizmlarning

  • ro’yxati keltirilgan. Bu ro’yxatdagi organizmlardan foydalanib, oddiy, ya’ni 3 bo’g’inli va murakkabroq, ya’ni 5- 6 bo’g’inli oziq zanjirlarining sxemasini tuzing. Tuzilgan oziqa zanjirlarida trofik darajalarni hamda I, II, III - tarkibidagi konsumentlarni aniqlang. Tuzilgan har bir oziq zanjiridagi produsentda jamlangan energiya miqdorini 1000 kkal deb faraz eting. Nazariy jihatdan oziq zanjirining keyingi bo’g’inlariga o’tadigan energiya miqdorini hisoblang. Oziq zanjiridan o’rin olgan organizmlarning og’irlik va son jihatidan o’zaro nisbati haqida xulosalar qiling.


    1. O’simlik. 9. Kaltakesak.

    2. Hasharot. 10. Ilon.

    3. Baliqchi qush. 11. Quyon.

    4. Yirtqich qush. 12. Baqa.

    5. Bo’ri. 13. Exinokak.

    6. Tipratikan. 14. Qo’y.

    7. Suvo’tlar. 15. Odam.

    8. Baliq. 16. Askarida.
  • 1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling