Innovatsiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti huziridagi sharof rashidov politexnika texnikumi


-Mavzu: Urbolandshaftlar va agroekosistemalar


Download 1.07 Mb.
bet72/119
Sana19.04.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1366217
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   119
Bog'liq
MAJMUA.guldu.uz-EKOLOGIYA

15-Mavzu: Urbolandshaftlar va agroekosistemalar.


  • Reja:

  • 15.1. O’zgartirilgan landshaftlar.

  • 15.2. Suniy ekosistemalar.

  • Tayanch iboralar: xo’jalik faoliyat, madaniy landshaftlar, shaharlar, qishloqlar, agroekosistemalar xususiyati, qo’shimcha energiya manbai.

  • 15.1. O’zgariltirilgan landshaftlar.


  • Insonning xo’jalik faoliyati tabiiy landshaftlarni tubdan o’zgartirib yubordi. Har qanday landshaft o’z tarkibiy qismlarining muayyan a’loqalariga ega va bu aloqalarning buzilishi oxir oqibatda inson hayot sharoitining yomonlashuviga olib kelishi mumkin.

  • Hozirgi vaqtda yer sharining kattagina qismi madaniy landshaflar, ya’ni inson tomonidan yaratilgan landshaftlar bilan qoplangan. Madaniy landshaftlarga dala va boglar, shaharlar qishloqlar, va h.o. kiradi. Shahar landshaftlarni urbolandshaft deb ataladilar. Garbiy Yevropada tabiiy inson tomonidan o’zgartirilmagan landshaftlar deyarli qolmagan. Ko’p xollarda landshaftlarning o’zgarishi biz uchun noxush yo’nalishda amalga oshadi. Masalan, kiyaliklarda daraxt va butalarni kesish va yerni xaydash bu maydonning nafaqat eroziyaga uchrashiga, balki jarliklar hosil bo’lishiga, sizot suvlari satxining pasayishiga va boshqa noxush natijalarga olib keladi.

  • Madaniy landshaftlarda o’simlik qoplami keskin o’zgaradi: dalallar boglar va xiyobonlarda aniq turdagi o’simliklar o’stiriladi. Shunga bog’liq xolda hayvonot dunyosida ham o’zgarishlar yuzaga chiqadi. Birinchi novbatda xasharotlar va boshqa umurtqasiz hayvonlarning soni va tur tarkibi, keyinchalik esa bu hayvonlar hisobiga yashaydigan parazitlar, yirtqichlar va xasharotxur umurtqalilar soni va tur tarkibida o’zgarishlar yuzaga chiqadi. Ko’pchilik hayvonlar yangi sharoitlarga moslashadi, ba’zilari esa yuk bo’lib ketadi. Insonning xo’jalik faoliyati natijasida industrial dashtlar yuzaga keldi. Industrial dashtlar - insonning xo’jalik faoliyati natijasida o’zining xo’jalik ahamiyatini yo’qotgan maydonlardir. Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida tog jinslarining ulkan uyulmalari yuzaga kelgan. Bu uyulmalar nafaqat yer maydonini egallab yotadi, balki lanshaft qiyofasini buzadi, havoni ifloslantiradi va inson hayoti uchun xavli hisoblanadi. Tabiiy landshaftlarni muxofaza qilish ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: landshaftlarni butun majmu sifatida ximoya qilish va landshaftning ayrim tarkibiy qismlarini muxofaza qilish . Tabiiy landshaft namunalarini saqlab qolish uchun qo’riqxonalar, buyurtmalar va milliy bog’lar tashkil qilinadi. Qo’riqxonalar-tabiat etaloni bo’lib, u yerdagi tabiiy jarayonlar inson ishtiroqisiz sodir bo’ladi.

  • Qo’riqxonalar quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) tabiiy landshaft qiyofasini saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetqazish. 2) Qo’riqxonalar-tabiiy landshaflarning rivojlanish qonuniyatlari, organizmlarning o’zaro va tabiiy muhit bilan munosabatlari o’rganiladigan maxsus “laboratoriya”dir. 3) noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvon turlarini saqlab qolish. 4) sanoat ahamiyatiga ega hayvonlarni ko’paytirish. 5) tabiiy yodgorliklarni saqlab qolish.

  • 6) qo’riqxonalar muhim estetik, tarbiyaviy ahamiyatga ega.

  • O'zbekiston Respublikasida 9 ta qo’riqxona mavjud bo’lib, ularning eng kattasi Kashkadaryo viloyatida joylashgan “Xisor” qo’riqxonasidir. Bu qo’riqxonaning maydoni 76860 ga ni tashkil qiladi. Samarkand viloyatida “Zarafshon” qo’riqxonasi joylashgan. Bu qo’riqxona 1975 yillda tashkil qilingan bo’lib, maydoni 2300ga atrofida. Qo’riqxonaning maqsadi Zarafshon voxasiga xos tabiiy landshaftni kompleks xolda muxofaza qilishdir. Bu yerda o’simlik va hayvonlarning noyob turlari ham muxofaza qilinadi.

  • Tabiiy landshaftlarni muxofaza qilishda buyurtmalar va milliy bog'larning ham ahamiyati katta. Buyurtmalar landshaftning alohida qismlarini (ayrim o’simlik va hayvon turlari va h.o.) muxofaza qilish uchun tashkil qilinadi. Buyurmalar vaqtinchalik yoki doimiy bo’lishi mumkin. Buyurtmalarning asosiy vazifasi tabiatning kurkam joylarini, o’simlik va hayvonlarni saqlab qolish va ko’paytirishdir.

  • Milliy bog'larni ochiq turdagi qo’riqxonalar deb atash mumkin, chunki bu yerga sayyohlar va tashrif buyuruvchilarning kirishi taqiqlanmaydi. Milliy bog'lar muhim madaniy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu yerda kishilar ona tabiyatning kurkam joylarini ko'radilar, tabiatni sevishga va uni muxofaza qilishga o’rganadilar.

  • Tabiatning noyob, buzilishi yoki yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan, ilmiy, estetik va madaniy jihatdan kimmatli hisoblangan obyektlari ham muxofaza qilinadi. Bunday obyektlar tabiiy yodgorliklar deb ataladi. Tabiiy yodgorliklar geologik (yalangochjinslar, g’orlar, issiq ma’danli suv buloklari va x.o), paleontologik (o’simlik va havonlarning toshga aylangan izlari), landshaftga oid (manzarali koyalar, sharsharalar, jarliklar va h.o.), botanik (o’simliklarning noyob va yo’qolish arafasida turgan turlari,o’ziga xos daraxtlar va boshqalar) va arxeologik

  • (qadimiy shahar qoldiqlari, kuduklar va x.o) yodgorliklarga ajratiladi. Respublikamizda tabiiy yodgorliklarni muxofaza qilish soxasida xali ko’p ishlarni amalga oshirish zarur.

  • Kelajakda tabiiy yodgorliklarni hisobga olish va xaritasini tuzish zarurdir.


  • Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   119




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling