Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik 
g‘oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi 
bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga 
asos bo‘lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan 
kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot 
kodeksi sifatida nafaqat Sharq balki G‘arb xalqlarining ham muhim ma’naviy 
merosi bo‘lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g‘oyalarining nazariy va amaliy 
ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo‘lishiga olib 
kelgan. 

2.4.Xalq pedagogikasi – empirik bilimlar sohasi sifatida 
Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning 
maqsadi va vazifalariga bo‘lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy pedagogik 
bilimlar va tajribasining sohasidir. 
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya 
tajribasidan joy olgan empirik pedagogik bilimlar, ma’lumotlar, malakalar va 
ko‘nikmalarning zamonaviy maktab va oila tarbiyaviy sistemasida bolalar va 
o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun 
zarurligi(qulay shart-sharoiat yaratishi) tushuniladi. 
Eng qadimgi davrlarda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli 
ma’lumotlarni biz xalq og‘zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik 
eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g‘oyalardan ham 
olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo‘lgan 
xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari 
umumlashgan. 
Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular 
tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari mazmuni xalq 
og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo‘lgan afsonalarda ifodalangan. 
Afsonalarning qahramonlari yaxshilikning tantana qilishi uchun yomonlik hamda 


40 
nurning muqarrar mavjud bo‘lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, 
yaxshilik va baxt-saodatga chulg‘angan o‘lkalarini yaratadilar. Aksariyat 
afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan.
Qadimgi miflarda kishilarning tabiiy ofatlar va yovuz kuchlardan 
saqlanish borasidagi dastlabki tasavvurlari tirik mavjudot boshiga falokat 
keltiruvchi tabiiy kuchlarga qarshi mardonavor kurashgan inson va uning xatti-
harakatlari orqali ifoda etilgan.
Miflar asosida yaratilgan afsonalarning qahramonlari tomonidan olib 
borilgan harakatlar qahramonlik eposlarining yaratilishi uchun zamin hozirlagan. 
Qahramonlik eposlarida vatanga bo‘lgan muhabbat, erk va ozodlik uchun kurash, 
yurtining har bir qarich yerini asrash, qadrdon qabilasining farovonligi, to‘kin-
sochinligini ta’minlash yo‘lida jonini fido etish, qabilaning sha’ni, sharafi, ori va 
nomusi uchun kurashish tuyg‘ulari tarannum etilgan. Zarina, Sparetra, To‘maris 
hamda Shiroq (Siroq)lar tomonidan ko‘rsatilgan yuksak vatanparvarlik 
namunalari, Zarina va Striangey, Zariadr va Odatida muhabbatlari, mardlik va 
qahramonlik timsollari bo‘lgan Rustam va Siyovush (Xorazm-qang‘ 
eposi)larning jasoratlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi epopeyalar shular 
jumlasidandir. Bizgacha yetib kelgan epik asar (afsona va rivoyat)larda asosan 
ajdodlarimizning yurt ozodligi, vatan ravnaqi va qabila farovonligi yo‘lida olib 
borgan kurashlari o‘z ifodasini topgan. qahramonlar vatanni va xalqni sevadi. 
Or-nomusni muqaddas deb bilish, do‘st va safdoshlarga sadoqat, burchni yuksak 
darajada anglash, unga sodiqlik, vatan va xalqi uchun o‘z jonini qurbon etish, har 
qanday mashaqqatga bardosh berish, o‘z sevgi-muhabbati yo‘lida aziyat 
kechishga tayyorlik kabi insoniy tuyg‘ular ularning asosiy xususiyatlaridir. 
Qahramonlik eposlarida ulug‘langan eng asosiy axloqiy xislatlari - jasurlik va 
mardlikdir. 
Jasurlik, kuchlilik va mardlik – qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur 
bo‘lgan eng muhim fazilatlar sanalgan. Tarixiy shaxslarning hayoti va 
qahramonliklari borasida ma’lumotlar beruvchi rivoyatlar fikrimizning yorqin 


41 
dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari
tarixiy shaxs ega bo‘lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, kamtarlik, aql-idrok, 
o‘zgalarga muhabbat, yorga vafo, sadoqat, baxt, odillik, odamiylik, oliy 
himmatlilik va mehnatsevarlik kabilar ulug‘langan. 
Eposlar mazmunida bayon etilishicha, xotin-qizlar turli sharoitlarda 
erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko‘rsatganlar. Ular xo‘jalik ishlari bilan 
chegaralanib qolmay, urushlarda ham jasorat ko‘rsatganlar.
Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryoning asosiy tarmog‘i O‘zboy 
Kaspiy dengiziga quyilgan. Uning o‘ng qirg‘og‘i Turon, chap qirg‘og‘i Eron deb 
yuritilgan. Eramizdan oldin Axmoniylar sak va massaget qabilalariga ketma-ket 
hujum qilib turgan. Ana shu tarixiy voqealar sak va massagetlar tomonidan 
yaratilgan eposlarda o‘z ifodasini topgan. 
Eron shohi Kir ko‘chmanchi sak va massaget qabilalariga qarshi urushib 
mag‘lubiyatga uchraydi va 529 yilda halok bo‘ladi. Tarixchilar Kir va uning 
qo‘shinlarini avval o‘z hududlarining ancha ichkarisiga bostirib kirishlariga 
imkon berib, keyin qo‘shinning katta qismini qirqib tashlagan qahramonlar 
haqida ma’lumotlar beradi. 
Polienning “Harbiy hiylalar” asarida keltirilgan rivoyatlarda Shiroq 
(Siroq) obrazi vatanparvarlik va qahramonlik timsoli sifatida hali hanuz 
yoshlarni tarbiyalab keladi. Yoki Gerodotning “Tarix” kitobida keltirilgan 
massagetlar hukmdori To‘marisga uylanish bahonasida Eron shohi Kirning 
Turon o‘lkasiga uyushtirgan hujumi haqidagi ma’lumotlar ham muhim 
ahamiyatga egadir
4
.
Demak, xalqimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, xulq-atvoriga oid 
xislatlari eng qadimgi epik yodgorliklar - “Avesto”, “Shohnoma” kabi asarlar, 
mif va afsonalar orqali bizgacha yetib kelgan. 
Qadimgi ajdodlarimiz insonga xos jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik 
kabi xislatlarni qadrlaganlar. Bu xislatlar insonda o‘z-o‘zidan shakllanmagan. 
4
Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005, 17 b 


42 
Tabiat va jamiyat hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik davrida 
qaror topgan turmush tarzi insonda ana shunday xislatlarning shakllanishini 
taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash 
insonda yuqorida qayd etilgan xislatlarning bevosita tarkib topishiga turtki 
bo‘lgan. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, xalq ijodi ham shu orqali xalq 
pedagogikasida qo‘llaniladigan: tushuntirish, namuna ko‘rsatish, odatlantirish, 
iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, 
ko‘ndirish, undash, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo‘l tilash), 
taqiq qilish, tanbeh berish, ta’na (gina, o‘pka) qilish, mazax qilish, majbur 
qilish, koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, uzr so‘rash, ont - qasam ichirish, la’natlash, 
urish, kaltaklash metodlari bo‘lsada, yoshlarning insoniy fazilatlarini 
tarbiyalashda asosan: o‘git-nasihat, ibrat ko‘rsatish, ma’qullash va maqtash
alqash, mukofotlash, qoralash - qarg‘ish, jismoniy jazo berish kabi metodlardan 
foydalanilgani ko‘zga tashlanadi 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling