Innovatsiyalar vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti
Fonetikaning predmeti va vazifasi
Download 228.62 Kb. Pdf ko'rish
|
Oʻzbek tilshunosligida fonema va tovush munosabati tavsifi. (1)
3.1.Fonetikaning predmeti va vazifasi
Fonetika – grekcha phone – tovush so’zidan olingan bo’lib, tilshunoslikning alohida bo’limi hisoblanadi va tilning tovush tomonini o’rganadi. Fonetika keng ma’noda nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolarining tuzilishini, fonetik birliklarning o’ziga xos xususiyatlarini va tovush o’zgarishi hodisalarini o’rganadi. Fonetik birliklarga nutq tovushlari, bo’g’in, fonetik so’z, takt, fraza, o’rg’u, ohang kabilar kiradi. SHuni ta’kidlash lozimki, fonetika, tabiatdagi har qanday tovushlarni emas, balki inson nutq apparatida hosil bo’luvchi, ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan nutq tovushlarini o’rganadi. Tabiatdagi boshqa tovushlarni esa fizika fanining akustika bo’limi tekshiradi. Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning akustik, anatomik-fiziologik va funksional asoslarini o’rganish va ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning akustik, anatomik-fiziologik va funksional asoslarini o’rganish va ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Fonetika tovushlarning eshitilish tomonini o’rganishda akustikaga, talaffuz qilinishi, aytilishi, hosil bo’lish tomonlarini o’rganishda fiziologiyaga talqib ish ko’radi. Fonetikaning bo’g’in, o’rg’u bilan shug’ullanuvchi tarmoqlari badiiy adabiyot, she’riyat bilan aloqador. Fonetikani o’rganish orfografiya (to’g’ri yozish), orfoepiya (to’g’ri talaffuz qilish) me’yorlarini yaxshi o’zlashtirib olishga, adabiy talaffuz bilan shevalar o’rtasidagi farqni aniqlashga, boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini to’g’ri shakllantirishga katta yordam beradi. Hozirgi vaqtga kelib fonetika tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biri bo’lib, ikki mustaqil qism fonetika va fonologiyadan tarkib topgandir. Fonetikaning bo’limlari. Fonetikada nutq tovushlari turli jihatdan o’rganiladi. SHunga asosan uning quyidagi bo’limlari mavjud: 19 1. Umumiy fonetika – fonetikaning barcha tillarga xos umumnazariy masalalari haqida ma’lumot beruvchi turi. 2. Xususiy fonetika – fonetikaning muayyan bir til tovushlarini, ularning turlari fizik-akustik va artikulyasion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi. U quyidagi 2 qismdan iborat: A) tavsifiy fonetika – muayyan tilning fonetik tizimini statik (o’zgarmas) holatda (til taraqqiyotining oldingi bosqichida yuz bergan hodisalar bilan bog’lamay) o’rganadi. B) tarixiy fonetika – biror tilning tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tilning tarixiy taraqqiyoti bilan bog’lab) o’rganadi va shu asosda tilning fonetik- fonologik tizimida yuz bergan tarixiy o’zgarishlar aniqlanadi. 3. Qiyosiy fonetika – qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o’rganadi. 4. Eksperemental fonetika – nutq tovushlari, o’rg’u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulyasion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o’rganadigan fonetikadir. Download 228.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling