Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1524244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga

 
 



Kirish 
Yildan-yilga tobora jadallashib borayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv va 
ijtimoiy globallashuv jarayonlari har bir mamlakatga bilvosita ta’sir o’tkazmay 
qolmaydi. Hukumatlar mazkur ta’sirga o’zining optimal reaksiyasini o’z 
xalqlarining mentaliteti, qadriyatlari va boshqa o’ziga xos jihatlarini, xususan, 
iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda ko’rsatishlari tarixdan ma’lum. 
Iqtisodiy jihatdan taraqqiyotga erishgan mamlakatlar tajribalaridan 
foydalangan holda milliy iqtisodiyotning samaradorlik darajasini oshirish 
muammosi deyarli har bir rivojlanayotgan mamlakat oldida turgan va hal qilinishi 
birlamchi ahamiyat kasb etuvchi vazifadir. O’zbekiston Respublikasida ham 
moliya tizimini yo’lga qo’yishda turli taraqqiy etgan mamlakatlar: Rossiya, 
Fransiya va Germaniya mamlakatlari modellaridan foydalanilganligini anglab 
yetish uchun esa iqtisodchi-kadrdan shu va boshqa mamlakatlar moliya tizimiga 
oid asosiy bilimlarni egallashni talab etiladi. 
Lekin shuni ta’kidlab o’tish joizki, ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlar 
misolida milliy iqtisodiy modelni yaratishda yo’l qo’yilgan xatolar, ularning 
oqibatlari rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan oqilona foydalanish talabini 
yuzaga keltiradi. Shu jumladan, mamlakatning iqtisodiy dastagi hisoblangan davlat 
moliyasi ustidan olib boriladigan nazorat ishlari ham ma’lum me’yorlar yordamida 
amalga oshirilishi taqozo etiladi. 
Bank va moliya sohalarining davlat tomonidan tartibga solinishi, bank 
kapitalini tizimli nazorat qilishni ta’minlash, shuningdek, bu borada xalqaro 
moliya institutlarining roli haqidagi masala ekspertlar hamda rasmiy doiralarning 
mintaqaviy va global darajadagi asosiy muhokama mavzusiga aylanmoqda 
Moliya tizimining muhim bo’gini hisoblangan moliyaviy nazorat o’zining 
shakllari va turlariga ko’ra har bir mamlakatda turlicha amalga oshiriladi. 
Ularnio’rganish har bir iqtisodchi kadr uchun dialektik dunyoqarashni 
shakllantirish va ulardan tegishli xulosalarni ishlab chiqarishga xizmat qiladi 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling