Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag‘lari bo‘yicha joriy yilga
Xulosa:
Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytish mumkinki “Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi – bu tashkilot (muassasa)ga o’z xarajatlarini va daromadlarini tegishli normalarga muvofiq moliya yili uchun shakllantirish, hamda bu orqali kelgusida maqsadli yo’nalishlarda o’z ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun aniq rejaga asoslanib tuzilgan hujjatdir. Byudjet tashkilotlarida moliyalashtirishning asosiy manbai bo’lib, byudjet mablag’lari hisoblanar ekan, byudjet tashkilotlari bo’ysunuvidan kelib chiqib xarajatlar smetalari asosida respublika byudjetidan yoki mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladi. Byudjet tashkilotlarida bir kalendar yili uchun tuzilgan xarajatlar smetalari ijrosi hisobot yili dabomida oylar va choraklar kesimida hisobga olib boriladi. Byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi ijrosi hisobi ikki ko’rinishda, ya’ni haqiqiy xarajatlar va kassa xarajatlari shaklida yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi ijrosi yuzasidan haqiqiy xarajat va kassa xarajatlar hisobi “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnomaning 45-ilovasi 294-son shakl dafatarida yuritiladi. Haqiqiy xarajat va kassa xarajatlari, xarajatlar smetasi guruhlari hamda xarajat moddalari bo’yicha oylar kesimida yuritiladi. Bunda xarajatlar smetasida xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha belgilangan rejaning bajarilishi kuzatib boriladi. Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha ham mablag’lar tushumi, ular doirasida haqiqiy xarajatlar va kassa xarajatlarini aks ettirish yuzasidan yuqoridagi kabi 294-shakl xarajatlar guruhlari hamda xarajat moddalari bo’yicha oylar kesimida hisob ishlari yuritiladi, xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha belgilangan rejaning bajarilishi doimiy ravishda kuzatib boriladi. Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi uning faoliyatini ta’minlash uchun byudjetdan beriladigan mablag’ni umumiy miqdori, maqsadli yo’nalishi va oylar bo’yicha taqsimlanishini belgilanishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan namunaviy shaklda tuziladi. 25 Xarajatlar smetasi ijrosining haqiqiy xarajat va kassa xarajatlar ko’rinishida yuritilishini quyidagicha izohlash mumkin: haqiqiy xarajatlar – byudjetdan ajratilgan mablag’lar bo’yicha majburiyatlarning aks ettirilishi. Masalan, ish haqi hisoblandi, ish haqiga nisbatan yagona ijtimoiy to’lov hisoblandi, foydalanilgan kommunal xizmatlari uchun hisob-faktura qabul qilindi va boshqalar; kassa xarajatlari – yuzaga kelgan majburiyatlarning to’lovini amalga oshirishdir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling