Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari
Biznes modelni biznes rejaga aylantirish
Download 1.19 Mb.
|
INTELLEKTUAL MULK OB’EKTLARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Biznes modelni biznes rejaga aylantirishBiznes - innovatsion loyiha rejasi - bu harakatlar dasturi, ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar. M. Jonson, K. Kristensen, X.Kagerman, A. Ostervalder hamda I. Pignetlarning uslubiy yondashuvlariga muvofiq ishlab chiqilgan potensial biznesning biznes modelini tahlil qilish va qator biznes-rejalarni barpo etishning asosidir. Biznesni rejalashtirish jarayoni biznes tashkilotining asosiy takliflarini, taxminlarini tizimlashtirish va tuzilishiga qaratilgan. Hujjatning aniq ifoda etilgan tuzilishi har qanday o‘quvchiga butun hujjatni batafsil o‘rganishi uchun vaqtini yo‘qotmasdan, biznes-rejani yaxshi o‘zlashtirishiga yordam beradi. Qoida tariqasida biznes-rejalar uzoq va ko‘p darajali professional imtihonlardan o‘tadi, shu jarayonda mutaxassislar biznes- rejalarning mazmunini sinchkovlik bilan o‘rganishlari, balki ularni bir-biri bilan taqqoslashlari kerak. Shuning uchun biznes-rejani ishlab chiqishda hujjatning rasmiy tuzilishini va har bir bo‘limni to‘ldirish uchun umumiy qabul qilingan talablarni kuzatish muhimdir. Biznes-rejaning maqsadi va vazifalari bevosita bog‘liq bo‘lgan ikkita asosiy yo‘nalish mavjud: biznes-reja ichki foydalanish uchun tuzilgan, bozor ehtiyojlari hamda zarur resurslarni olish imkoniyatlariga muvofiq qisqa va uzoq muddatli biznesni rivojlantirish strategiyasidir. Ya’ni, biznes-rejaning maqsadi loyihaning hayotiyligini, ko‘zlangan natijalarga erishish haqiqatining darajasini baholashga yordam beradi; biznes-reja potensial investorlar yoki kredit resurslarini jalb qilish maqsadida tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. Biznes-reja tomonidan hal qilingan asosiy vazifalar: kompaniyaning uzoq va qisqa muddatli maqsadlarini, ularga erishish strategiyasi va taktikasini shakllantirish; faoliyatning aniq yo‘nalishlarini, istiqbolli savdo bozorlarini va ushbu bozorlarda kompaniyaning o‘rnini belgilash; kompaniyaning marketing strategiyasini aniqlash mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taxmin qilish; kompaniya jamoasining belgilangan maqsadlarga erishish talablariga muvofiqligini baholash; moddiy va moliyaviy resurslarning mavjudliligini, uning yetarliligini belgilash va loyihaning potensial rentabelligini aniqlash; tavakkalchilikni tahlil qilish. Biznes-rejaning odatiy tuzilmasi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: Xulosa (loyihaning qisqacha tavsifi). Loyiha tashabbuskori (shaxs + jamoa + kompaniya). Mahsulot tavsifi. Bozor tahlili. Marketing rejasi. Ishlab chiqarish rejasi. Tashkiliy reja. Moliyaviy reja va natijalarni tahlil qilish. Investitsiyalar rejasi. Xatarlarni tahlil qilish. Agar tashqi foydalanuvchilar uchun biznes-reja tuzilgan bo‘lsa, bir qator ma’lumotlarni yodda tutish zarurudir. Investor uchun quyidagi savollar muhim ahamiyatga ega: jamoa, qanday va qayerda foyda olish, potensial bozorning mavjudligi, kompaniyaning o‘sish salohiyati, barcha ma’lumot manbalari va boshqalar. Biznes-reja o‘quvchiga loyiha to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iloji boricha ob’ektiv va ishonchli, imkon qadar qisqa, ammo ayni paytda batafsil yetkazishi kerak. Hujjatning ko‘p qirraliligi va biznes-rejaning potensiali iste’molchilarning xilma- xilligini hisobga olgan holda, professional lug‘at va ma’lumotlarni idrok etishni murakkablashtiradigan maxsus atamalardan foydalanmasdan, ko‘p ishlatiladigan va tushunilishi oson shaklda taqdim etish kerak. Uch yildan besh yilgacha istiqbolga mo‘ljallangan biznes- rejani tuzish tavsiya etiladi. 1-2-yillar davomida ko‘rsatkichlar har chorakda (hatto oylik) taqsimotda beriladi. 3-yildan boshlab siz o‘zingizni yillik ko‘rsatkichlar bilan cheklashingiz mumkin. Biznes-rejani tuzayotganda ishning haqiqiy holatini aks ettirishi kerakligini va unda tahrirlashlar va hayollarga joy yo‘qligini anglash kerak. Har qanday prognoz haqiqiy ma’lumotlarning butun hajmini chuqur va professional o‘rganishga asoslangan bo‘lishi kerak. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling