Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari


“Fan-innovatsiya-investitsiya- ishlab chiqarish” zanjiri va bu jarayonning xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning


Download 1.19 Mb.
bet59/74
Sana25.10.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1721034
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74
Bog'liq
INTELLEKTUAL MULK OB’EKTLARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

“Fan-innovatsiya-investitsiya- ishlab chiqarish” zanjiri va bu jarayonning xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning


respublikamizda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari
Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni taraqqiy ettirish bir qator o‘ziga xos yondoshuvlarni talab etadi. Bunda, ayniqsa, “fan-innovatsiya- investitsiya-ishlab chiqarish” zanjiri mazmun- mohiyatini tahlil qilish va bu borada xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish juda ahamiyatlidir. Shunday ekan, “fan-innovatsiya- investitsiya- ishlab chiqarish” zanjirining mazmun-mohiyatini ko‘rib chiqamiz.

  1. Fan – yuqori malakali mutaxassis tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg‘or-pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi hamda kadrlar tayyorlashda ilmiy tadqiqotga asoslangan tarkibiy qismi hisoblanadi.

  2. Innovatsiya – (inglizcha innovationyangilik kiritish) bozorda sotilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan

texnologik jarayon ko‘rinishida amalga oshirilgan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasidir.

  1. Investitsiya – cheklangan resurslar sharoitida iqtisodiy- ijtimoiy samara olish maqsadida milliy iqtisodiyotninng u yoki bu sohasiga kapital kiritish hisoblanadi.

  2. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan quyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisidir.

Respublikamizda ilm-fan zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish o‘ta zarur hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Resupblikasi Prezidenti SH.Mirziyoev aniq vazifalarni belgilab bergan jumladan,

  • “... ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish zarur... shu sababli ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim prinsipiga asoslanishi...binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz zarur.”;

  • “... yuksak malakali mutaxassislar qancha ko‘p bo‘lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali bo‘ladi...oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy- pedagogik kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish – eng muhim masalalardan biridir. Har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba ishlab chiqarish va innovatsion markazlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Biz mamlakatimizda investitsiyalarni faqatgina iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki ilmiy ishlanmalar “nou-xau”lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak.”[3.3]

  • “... mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Har bir davlat ilm- fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish tarafdorimiz.”

    • “...ilm-fan yutuqlarini elektron platformasini, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet-el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.”[3.5]

Shunday ekan, respublikamizda keng ko‘lamli islohotlarni yanada rivojlantirish uchun innovatsion iqtisodiyotning taraqqiyotini xorijiy davlatlar tajribasida chuqur o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bu borada bugungi kunda xalqaro miqyosida tez va innovatsion asosda fan va texnologiya yutuqlariga asoslanib rivojlanayotgan Xitoy davlati tajribasi ayniqsa, ahamiyatlidir.
Davlatning innovatsion siyosatning keng joriy etishi Xitoy iqtisodiy o‘sishining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 1978 yildan beri Xitoyda fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bir nechta islohotlarning o‘tkazilishi oliy ta’lim tizimining tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. O‘ttiz yil davomida amalga oshirilgan islohotlar o‘rtacha 9foiz iqtisodiy o‘sishga erishishga zamin yaratdi. 2010 yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti Yaponiyanikidan o‘zib ketdi va Xitoy dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. 2014 yilga kelib Xitoyning yalpi ichki mahsuloti o‘n trillion dollardan oshib ketdi, jahonda faqatgina AQSH bu natijaga erishgan. Ammo 2008 yildagi moliyaviy inqiroz Xitoyning ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyoti o‘sishini sekinlashtirdi, chunki u rivojlangan davlatlar texnologiyalarini o‘zlashtirar edi. Inqirozdan keyin Xitoy rivojlangan davlatlardan qaramligini kamaytirish maqsadida o‘z mahalliy innovatsiyalar infratuzilmasini rivojlantira boshladi. Ya’ni mahalliy tadqiqot institutlari va universitetlarning raqobatdoshligini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar o‘tkaza boshladi. 2017 yilda Xitoy global innovatsiyalar indeksi bahosi bo‘yicha dunyoda 22o‘rinni egalladi. Global innovatsiyalar indeksining bilim va texnologiyalar natijalari ko‘rsatkichi bo‘yicha 2017 yilda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirish siyosati 1970 yillarda boshlanib to‘rt bosqichda rivojlandi:

  • tajriba bosqichi;

  • tizimli islohotlar;

  • chuqur islohotlar;

  • uzoq muddatli rejalashtirish;


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling