Inqiroz sharoitida marketing faoliyati


Jahon iqtisodiy inqirozining oqibati


Download 344.5 Kb.
bet2/3
Sana06.10.2023
Hajmi344.5 Kb.
#1693769
1   2   3
Bog'liq
marketing maʼruza

Jahon iqtisodiy inqirozining oqibati

  • Marketing tuzilishining shakllari asrimizning 30-yillarida 1929—1932-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining oqibatida o`z qiyofasiga ega bo`la boshladi. Kelgusida marketingning hozirgi kunlarimizgacha butun rivojining asosi bo`lmish negizlar mag`zining paydo bo`lishi shu davrga to`g`ri keladi.
  • Marketing tamoyili (konsepsiyasi) rivojining navbatdagi hal qiluvchi bosqichi 30-yillarning oxiriga, iste'molchi karketingi degan tushuncha asosan shakllanib bo`lgan davrga to`g`ri keldi. Iste'molchilar bir kuni kelib yuqoriroq sifat ko`rsatkichiga ega bo`lgan tovarlarni baribir afzal bilishadi, lekin bunda tovarni buyum, narsa sifatida emas, balki unda mujassamlashgan iste'mol jihatdan foydaliligi uchungina xarid qilishadi, degan tushuncha iste'molchi uchun boshlang`ich tezis bo`lib xizmat qildi. Shuning uchun ham eng avvalo iste'molchilarni, ularning ehtiyoj va talablarini, shukingdek, bu narsalar ta'sirida shakllanadigan va rivojlanadigan sharoit va omillarini chuqur, har tomonlama o`rganish masalaning bosh dalillaridandir

Marketing nazariyasi rivoji

  • Bizning davrimizda marketing nazariyasi rivoji marketing faoliyatini tashkil etishning tartibli usuliny qo`llash yo`lidan bormoqda. Marketing tartibli usuli degan tushunchani ikki yo`nalishda ko`rib chiqish kerak: birinchisi — korxona ichidagi boshqaruvning ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o`rtasidagy aloqani ta'minlovchi tarmoqchasi, ya'ni mikromarketing va ikkinchisi — pirovard iste'molchilarning ehtiyojini qondirish maqsadida bozorni boshqarishga vositachi bo`ladigan jamiyat ichidagi tarmoqcha, ya'ni makromarketinglar. Keyingisi o`ziying diqqat markazini alohida firmaning muammolarini o`rganishdan o`z faoliyatini amalga oshiradigan ijtimoiy tuzumning tahliliga ko`chiradigan butunlay yangi yo`nalishdir. Bu esa marketing faoliyatining bir qator yangi yo`llari: ijtimoiy marketing, konsyumerizm, bixeyvorizm va strategik rejalashtirishning yuzaga kelishiga turtki bo`ldi.

Download 344.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling