Inson huquqlari fanidan vazifa: O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari milliy markazi


Download 224.34 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.03.2023
Hajmi224.34 Kb.
#1299035
Bog'liq
Inson huquqlari fanidan vazifa



Inson huquqlari fanidan vazifa:
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari milliy markazi.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson
huquqlari sohasidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini
bajarish bo'yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o'zaro
hamkorligini, milliy ma'ruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya
qilish bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni
ta'minlovchi davlat organi hisoblanadi
Markaz O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi 
Farmoniga
muvofiq
tashkil
etilgan.
Inson
huquqlari
bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati samaradorligini oshirish va
inson
huquqlari
sohasidagi
O'zbekiston
Respublikasining
xalqaro
majburiyatlarini bajarishning ta'sirchan tizimini yaratish maqsadida 2018 yil
10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
Inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazaning tizimli shakllantirilishini
tashkil etish, BMTning Inson huquqlari bo'yicha Kengashida O'zbekiston
Respublikasining a'zoligini samarali amalga oshirish doirasida 2022 yil 25
marta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti «Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika
ta'minotini yanada yaxshilash to'g'risida»gi Qarorini imzoladi.
Markaz o'z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar,
ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga
oshirilishiga,
ushbu
sohadagi
O'zbekiston
Respublikasi
xalqaro
majburiyatlarining
bajarilishi
bo'yicha
davlat
organlari
faoliyatiga


ko'maklashish;
inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o'rganish, tahlil qilish va
umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro va
mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish;
O'zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya
qilish bo'yicha milliy ma'ruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish
bo'yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish
bo'yicha milliy harakat rejalarini («yo'l xaritalari»ni) ishlab chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka
va huquqni qo'llash amaliyotiga implementatsiya qilishni ta'minlash
bo'yicha takliflar tayyorlash;
inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari bo'yicha
davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga
maslahat berish funktsiyasini amalga oshirish va ularga amaliy
ko'maklashish;
inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga
ko'maklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari bo'yicha ilmiy
tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini
amalga oshirish;
inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda
tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga
oshirish;
inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, o'quv, ilmiy-
uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat
tilidagi to'plamlari doimiy chop etilishini ta'minlash;
inson huquqlarini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning
xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari


bo'yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng
imkoniyatlar yaratish.
Markaz o'ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni
amalga oshiradi:
a) inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga
oshirilishiga,
ushbu
sohadagi
O'zbekiston
Respublikasi
xalqaro
majburiyatlarining
bajarilishi
bo'yicha
davlat
organlari
faoliyatiga
ko'maklashish
b) inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o'rganish, tahlil qilish
va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro va
mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish 
v) O'zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni
himoya qilish bo'yicha milliy ma'ruzalar tayyorlash, inson huquqlarini
himoya qilish bo'yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini
amalga oshirish bo'yicha milliy harakat rejalarini («yo'l xaritalari»ni) ishlab
chiqish
g) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari
sohasidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy
qonunchilikka va huquqni qo'llash amaliyotiga implementatsiya qilishni
ta'minlash bo'yicha takliflar tayyorlash
d) inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari bo'yicha
davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga
maslahat berish funktsiyasini amalga oshirish va ularga amaliy


ko'maklashish
e) inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga
ko'maklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari bo'yicha ilmiy
tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini
amalga oshirish

Download 224.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling