Inson huquqlari


Download 0.56 Mb.
bet1/2
Sana31.10.2020
Hajmi0.56 Mb.
#139406
  1   2
Bog'liq
Inson huquqlari-fayllar.org


Inson huquqlari

Inson huquqlari

Inson huquqi — shaxsning hayotiy ehtiyoji, yashashi, komil topishi uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur boʻlgan xususiyatlari.

Inson huquqi logotipi

Inson huquqlari va erkinliklari tizimi oʻz yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega. Adabiyotlarda „inson huquqlarining uch avlod“ bosqichi haqida koʻrsatilgan.

Ular quyidagilardan iborat.


  • Inson huquqlarining „birinchi avlodi“ — fuqarolik va siyosiy huquqlar hisoblanadi.


  • Inson huquqlarining „ikkinchi avlodi“ — bir qator obʼektiv va subʼektiv omillar taʼsiri ostida shakllandi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoati rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda iqtisodiyot sohasida sezilarli siljishlar roʻy berdi.


  • Nihoyat, inson huquqlarining „uchinchi avlodi“ — „hamjihatlik huquqlari“ deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umumiy eʼtirof etilgan qoidaga koʻra bu huquqlar: tinchlikka boʻlgan huquq, bexavotir tabiiy atrof muhitga boʻlgan huquq, insonniyatning iqtisodiy va madaniy merosidan foydalanish huquqi va boshqalar.


Insonning oʻz erkinlaiklari, huquqlari va manfaatlari uchun davom etgan uzoq kurashi umuminsoniy ahamiyat darajasiga koʻtarilgan quyidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda oʻzining moddiy ifodasini topgan:


  • Erkinlikning buyuk xaritiyasi (1215 yil);


  • huquq toʻgʻrisidagi petitsiya (1628 y);


  • „Habea Cozpus AKT“ (1679 yil);


  • huquqlar toʻgʻrisidagi bill (1689 yil);


  • Amerika Virginiyasi huquqlari Deklaratsiyasi (1776 yil);


  • Amerika Qoʻshma Shtatlarining mustaqillik Deklaratsiyasi (1776 yil);


  • Fransuz inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi (1789 yil);


  • Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 yil);


  • Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro Pakt (1966 y) va boshqalar.


Inson Huduqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma uchun bir hildir. Bu huquqlarInson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan.

Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning , barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan.[1]

Inson huquqlarini ta’minlash — bosh maqsadimiz

Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” deyilgan.

Yurtimizda inson huquq va erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham shu kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga kamarbastalik qilmoqda. Joriy yil 31 oktyabrь kuni Markaz tashkil etilganligiga 18 yil to‘ladi. O‘tgan davr mobaynida mazkur Markaz o‘z oldidagi o‘ta dolzarb sanalgan milliy harakat rejasini tuzish, Konstitutsiyamiz, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma’ruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish, inson huquqlarini rag‘batlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda.

Shu munosabat bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, yuridik fanlari doktori, professor Akmal Saidov “Turkiston-press” NAA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi.

— Avvalo, shuni qayd etishni istardimki, yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng har bir sohada tub islohotlar jarayoni boshlandi, — deydi Akmal Saidov. — Ayniqsa, inson huquqlarini ta’minlash borasida 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining O‘zbekiston parlamenti tomonidan tasdiqlanganligi istiqlolning ilk yillarida qabul qilingan muhim xalqaro huquqiy hujjat bo‘ldi.

O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Shu tariqa, yurtimiz xalqaro huquqning to‘laqonli va teng huquqli sub’ektiga aylandi. Albatta, bularning barchasiga Prezidentimiz Islom Karimovning jonkuyarligi, tashabbuskorligi va rahnamoligi evaziga erishildi.

Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.

1996 yil 13 noyabrdagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori Milliy markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qaror orqali Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi Nizom va Milliy markaz tuzilmasi tasdiqlangan.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi. Ya’ni, mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o‘qitadi, maslahatlar beradi, tashviqot ishlarini olib boradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Markazning asosiy maqsadi bu ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo‘li bilan Inson huquqlari sohasidagi Milliy faoliyat dasturini, huquq va erkinliklarni himoya etishning ko‘p jihatli tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishdan iborat.

Shu o‘rinda, Milliy markazning xalqaro hamkorligiga ham to‘xtalib o‘tish joiz. Xususan, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, EXHTning O‘zbekistondagi Loyihalar Koordinatori, Xalqaro mehnat tashkiloti, O‘zbekistondagi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi, YuNESKO, YuNISEF, Xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari, qator xalqaro jamg‘armalarning vakolatxonalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan. Xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda respublikamizda inson huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, himoya qilish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turli loyihalar amalga oshiriladi.

Hozirda Markazning Axborot-huquq bo‘limi huzurida Markaziy Osiyoda yagona ixtisoslashtirilgan Inson huquqlari bo‘yicha ommaviy kutubxona faoliyat yuritadi. Mazkur kutubxona o‘zbek va xorijiy tillarda nashr etilgan kitoblar, jurnallar va boshqa adabiyotlardan iborat bo‘lib, 5 mingdan ziyod nomdagi inson huquqlariga doir kitob fondiga ega. Markaz tomonidan inson huquqlari bo‘yicha 150 dan ziyod to‘plamlar, kitoblar va boshqa adabiyotlar davlat tilida ko‘p ming adadda chop etildi.

O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o‘tkazish amalga oshirildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2008 yil 1 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqiy maqomini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin. Prezidentimiz Farmonida inson huquqlarini himoya qilish tizimini tashkiliy-huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshqa milliy institutlar bo‘linmalarining samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmokda.

Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlardan Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti hamda Milliy markazimiz zimmasidagi vazifalarni to‘laqonli bajarish yo‘lida xizmat qilib kelmoqda. Bu tashkilotlarning harakati, izlanishlari o‘laroq, yurtimizda inson huquqlari muhofazasi yo‘lida mustahkam qonunchilik tizimi barpo etildi. Istiqlol yillarida insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir konstitutsiyaviy qonunlar, kodekslar va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xayriya to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga zamin bo‘lmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarining huquqiy asoslari yaratilishi va uning amalda qo‘llanishi hamda kafolatlanishini kuzatuvchi mexanizmlardan yuqorida tilga olib o‘tilgan institutlar bilan bir qatorda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi va Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligida inson huquqlari bo‘yicha bo‘linmalar va boshqarmalar samarali faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekistonda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsip va normalari ustunligi konstitutsiyaviy asosda e’tirof etiladi. Bugungi kunda mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar, xususan, BMT tomonidan inson huquqlari bo‘yicha qabul qilingan 10 ta majburiy xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, o‘zining xalqaro majburiyatlarini muntazam ravishda bajarib kelmoqda.

Bu yil “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida ham bir qancha yirik tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, joriy yilning iyulь oyida Milliy markaz va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida davlat organlari faoliyatida bolalar manfaatlarini ta’minlash, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining bajarilishi samaralariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Shuningdek, oktyabrь oyi boshida Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘qituvchi va talabalari bilan hamkorlikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Albatta, ishimizning asosiy qismi fuqarolardan bo‘ladigan murojaatlarni qabul qilish va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan. Shu ma’noda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari va uning tuzilmasi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman: birgina Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining o‘ziga fuqarolar joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, shaxsiy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan 1452 holat bo‘yicha ariza, shikoyat va takliflardan iborat murojaatlarini bildirishgan. Ayni kunda 192 ta holat bo‘yicha tegishli huquqiy maslahat berildi, 117 ta holat bo‘yicha esa huquqlarni amalga oshishiga boshqa organlar bilan hamkorlik qilindi, 92 ta holat bo‘yicha buzilgan huquqlar tiklandi. Shu bilan birga, Markazimizga telefon orqali bo‘lgan ko‘plab murojaatlarga huquqiy maslahat ham berib boriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Bunda jamiyatimizda mavjud milliy institutlar ichida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining o‘rni beqiyosdir.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari. Fuqarolarning burchlari

Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini amalga oshirishni davlat tomonidan ta'minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart- sharoitlar majmui kafolat tushunchasini beradi. Kafolatning asosiy vazifasi, fuqarolarni huquq va erkinliklarni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan to`siqlarni bartaraf etish bilan bog`liq bo`lgan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlashdir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43- moddasida “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi” deyilgan.

Kafolatlarni quyidagicha turkumlash mumkin:

1. Yuridik (huquqiy)

2. Ijtimoiy-siyosiy 

3. Iqtisodiy(moddiy)

Fuqarolarni huquq va erkinliklarini ta'minlashda yuridik kafolatlar alohida o`rin tutadi, chunki boshqa barcha kafolatlar yuridik jihatdan tartibga solinishni taqoza etadi. Ya'ni, yuridik kafolatlar fuqarolarni huquq va erkinliklarni qonunlar asosida huquqiy jihatdan kafolatlanishidir. Yuridik kafolatlarni real amalga oshishi faqat demokratik rejim sharoitida kuzatiladi.

Yuridik kafolatlar quyidagilarni o`z ichiga oladi:

- Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin bo`lgan harakatlarni ta'qiqlash va chegaralashning yuridik me'yorlarini mustahkamlash,

- Fuqarolarning o`z huquq va erkinliklarini hech qanday to`siqsiz amalga oshirishlarida davlat idoralari va mansabdor shaxslar ma'sulligini.

- Tajovuz etishni, mustahkamlashni ta'minlovchi maxsus me'yorlar (shikoyat qilish huquqi, sudga murojaat qilish huquq) mavjudligi.

- Huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarning belgilanganligi (mulkiy, intizomiy, ma'muriy, jinoiy).

- Fuqarolarga qaratilgan va huquqiy ahamiyatga ega bo`lgan, tegishli davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashga jamoat idoralari, mansabdor shaxslarning faoliyati.

Yuridik kafolatlarning quyidagi shakllari mavjud:

1. Konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlar

2. Sudlar tomonidan huquq va erkinliklarni kafolatlash

3. Ombudsman faoliyati

4. Hukumat faoliyati 

Konstitutsiyaviy huquqiy kafolatlarga - mamlakatning Konstitutsiyasining o`zida bevosita mustahkamlangan kafolatlar kiradi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning X bobining 43-46-moddalarida mustahkamlangan normalar. 

Sudlar tomonidan huquq va erkinliklarni kafolatlash – fuqarolar huquq va erkinliklarini sudlar orqali himoya qilinishidir. Uning mazmunini:

- har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g`ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o`z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqi orqali o`z huquq va erkinliklarni himoya qilish.

Ombudsman faoliyati - O`zbekiston Respublikasining fuqarolarning huquq va erkinliklarining himoyasi sohasidaga qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) tomonidan ham amalga oshiriladi. Uning faoliyati O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 apreldagi “Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (OMBUDSMAN) to`g`risida”gi qonuniga muvofiq O`zbekiston Respublikasida davlat organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari to`g`risidagi amaldagi qonunchilikka rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini o`rnatadi. Vakil ko`rilayotgan masalalar bo`yicha xulosalar qabul qiladi. Xulosalar faqat tavsiyaviy xarakterga ega.

Hukumat faoliyati – hukumat tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chiqargan normativ huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 

Siyosiy kafolat- bu davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim. Ushbu tizim, mamlakatning olib borayotgan siyosiy maydondagi faoliyati orqali jamiyatda inson huquqlari va erkinliklarining buzilishidan himoya etish uchun xizmat qiladi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini siyosiy kafolatlash quyidagilarga bog`liq: 


  • -                                 davlatning mamlakat miqyosida olib borayotgan siyosatining maqsadiga 



  • -                                 siyosiy plyuralizmga 



  • -                                 siyosiy mafkuraga 



  • -                                 inson huquqlarini himoya qilish holatiga 



  • -                                 ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga 



Ukraina Konsttutsiyasida har bir fuqaroga davlat ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini saqlab qolishni kafolatlaydi. 




Iqtisodiy kafolatlarga vujudga kelgan ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy tizim kiradi. Mustaqil O`zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan, mulkchilikning barcha shakllari tengligi va himoyasini tan olgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo`li bilan mulkdorlarni safini kengaytiradigan xuquqiy jamiyatni barpo etmoqda. Qilinayotgan ushbu harakatlar xalqni iqtisodiy kafolatlashga yordam beradi.

Iqtisodiy kafolatlarga:



  • -         adolatli iste'mol savatini davlat tomonidan rasmiy ravishda mustahkamlash, 



  • -         eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash. 



  • -         davlat tomonidan aholini kam ta'minlangan qatlamini, voyaga yetmaganlar va nogironlarni moddiy jihatdan qo`llab- quvvatlash 



  • -         barcha mulk shakllarini tengligini hamda fuqarolarni mulk huquqlarini ta'minlash kiradi. 



O`zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash Konstitutsiya asosida qabul qilingan maxsus qonunlar orqali ham tartibga solinadi. Ushbu qonunlarga: “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi,“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to`g`risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlariing kafolatlari to`g`risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`g`risida”gi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi, “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to`g`risida”gi, “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi qonunlar kiradi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida “Har bir shaxsga o`z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g`ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi” deb mustahkamlangan. Ushbu konstitutsiyaviy huquqiy norma bevosita O`zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-haraktlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida”gi qonunda to`la rivojlantirilgan.

Har bir fuqaro davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning g`ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) bilan o`z huquqlari yoki erkinliklari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.

O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi “Sudlar to`g`risida”gi (yangi tahriri) qonuniga ko`ra fuqarolar huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini har qanday tajovuzlardan himoya qilish sud organlarining vazifasi etib ko`rsatilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasini “Prokuratura to`g`risida”gi (yangi tahriri) qonunning 4-moddasiga ko`ra prokuratura organlari o`z faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish mustahkamlab qo`yilgan.

Shikoyat deganda fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to`g`risidagi talabi bayon etilgan murojaatini tushunamiz. 

Sudga shikoyat qilish huquqi – fuqarolar tomonidan ularning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud tartibida tiklashni talab etgan huquqidir.

O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-haraktlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida”gi qonuniga binoan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq xatti-harakatlari (qarorlari) jumlasiga:

a) fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzgan;

b) fuqaroning o`z huquqlari va erkinliklarini ro`yobga chiqarishiga monelik tug`dirgan;

v) fuqaro zimmasiga qonunga hilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sabab bo`lgan xatti-harakatlar (qarorlar) kiradi.

Fuqaro o`z huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga yoki tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilish huquqiga ega.

Berilgan shikoyatni tegishli davlat organi, mansabdor shaxs bir oylik muddatda ko`rib chiqishlari shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlantirish rad qilingan bo`lsa yoki u shikoyat bergan kundan boshlab bir oy mobaynida javob olmagan bo`lsa, sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.

Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiy va uni bajarish shart.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb mustahkamlangan. Bu O`zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz keksalarni davlat himoyasida ekanligini konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish hamda ijtimoiy davlat barpo etish kabi strategik maqsadlarni amalga oshirishning salmoqli asosi bo`lib hisoblandi. Shuningdek, bu sohada qabul qilingan qator normativ hujjatlar davlatmizni ijtimoiy sohada olib borayotgan odilona siyosatining mahsuli sifatida baholashimiz mumkin. Ushbu normativ hujjatlar qatoriga misol tariqasida “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo`naltirilgan tarzda qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish to`g`risida” 2002 yil 25 yanvardagi Prezident Farmonini ( bola ikki yoshga to`lgunga qadar uni parvarish qilish bo`yicha onalarga beriladigan oylik nafaqalar miqdori 2002 yilning 1 fevralidan boshlab eng kam ish haqining 170 foizi, 2003 yilning 1 yanvaridan boshlab esa 200 foizi miqdorida belgilanganligi mustahkamlangan) ko`rsatish mumkin.

O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy sohada olib borilayotgan siyosati yoshi ulug`, keksa fuqarolarimizni ham nazardan chetda qoldirgani yo`q. Ularga g`amxo`rlik ko`rsatishni oshirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish, moddiy va ma'naviy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida va 2002 yil O`zbekiston Respublikasida “Qariyalarni qadrlash yili” deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 24 yanvarda “Qariyalarni qadrlash yili”davlat dasturi qabul qilindi.

Konstitutsiyamizni 46-moddasida Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlarga ega ekanligi mustahkamlangan. “Ayollar bilan erkaklarning teng huquqligini ta'minlash uchun davlat keng miqyosda qo`shimcha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Davlat ayollarga bilim olish, kasb egallash, mehnat qilish, unga haq olish, siyosiy hayotda faol ishtirok etish, uchun erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratish bilan birga, ayollarning oiladagi o`rni, jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, ularga mehnat qilishda, sog`lig`ini mustahkamlashda yaxshi sharoitlar va imtiyozlar yaratib berishi ham zarurdir. Chunki, teng imkoniyat va qo`shimcha sharoit, imtiyozlar o`rnatish bilangina ayollarning teng huquqligi ta'minlanishi mumkin. Bundan tashqari, oiladagi ishlarning asosiy qismi ayollar zimmasiga tushadi, buning natijasida ayollar o`zlarining to`la huquqliligi imkoniyatidan foydalana olmaydilar. Shuning uchun davlat ayollar bilan erkaklarning tengligini e'lon qilar ekan, buni ta'minlash uchun ayollarni qo`shimcha ravishda moddiy va ma'naviy rahbatlantirish choralarini ko`rmoqda.”14

O`zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga beriladigan e'tibor milliy qonunchiligimizda ham o`z aksini topmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”gi (yangi tahrirda) qonunda xotin-qizlarga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka qo`yiladigan nomzodlarning 30% xotin-qizlardan bo`lishligi mustahkamlandi.

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining, respublika xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida to`laqonli ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlar hamda yoshlarning ma'naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 mayda “O`zbekiston xotin –qizlar qumitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi. Unda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va ularning joylardagi bo`linmalari faoliyatining eng muhim vazifalari va yo`nalishlari zamon talablariga javob beradigan tarzda belgilandi. 

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari – bu Konstitutsiya darajasida mustahkamlangan va tegishli davlat hududida yashovchi har bir fuqaro uchun jamiyat, davlat va shaxslar manfaati yo`lida ma'lum bir hatti- harakatlarni bajarish yoki ulardan tiyilish majburiyatidir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning birinchi chaqiriq VI-sessiyasida qilgan ma'ruzasida: "Insonning o`z huquq va burchlarini bilishi insonning konstitutsiyaviy huquqlarining ta'minlanishini kafolatlaydi. Biz odamlardagi eski tuzum psixologiyasini o`zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim. Inson anglasinki, erkinlik – bu burch mas'uliyatidir" deb ta'kidlandi.. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 19-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo`lgan huquqlari va burchlari bilan o`zaro bog`liqdir.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining burchlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-52 – moddalarida mustahkamlangan bo`lib ular quyidagilardan iborat:

- Barcha fuqarolar Konstiutsiyada belgilab qo`yilgan burchlarini bajaradilar.

- Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.

- Fuqarolar O`zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.

- Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar.

- Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburdirlar.

- O`zbekiston Respublikasini himoya qilish - O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosinining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar.

Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e'tiqodini hurmat qilishi shart. Har bir fuqaro o`z huquq va erkinliklaridan manfaatlari yo`lida foydalanayotganda, uning hatti-harakatlari boshqalarga, ya'ni shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazmasligi lozim








Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling