Inson ko‘zida o‘lim xavfini chaqiruvchi oqsil aniqlandi
Download 49 Kb.
|
prionlar
Inson ko‘zida o‘lim xavfini chaqiruvchi oqsil aniqlandi Kaliforniya universiteti olimlari inson ko‘zida o‘lim xavfi kuchli bo‘lgan qator neyrogenerativ kasalliklarni chaqiruvchi prion oqsillarini aniqladi.O‘zAning yozishicha, bu haqdagi ma’lumot “Science Alert “ portalida e’lon qilindi. Bakteriya yoki virus bo‘lgan ushbu sirli patogenlar (kasallik qo‘zg‘atuvchilar) bosh miya ichida ko‘payib, oqsillarga zarar yetkazadi. Inson ko‘zida prionlarning bo‘lishi ko‘p holatda nasliy kelib chiqadi. Ammo, sifatsiz go‘sht mahsuloti iste’mol qilganda yoki jarrohlik amaliyotini o‘tkazganda ham infeksiyani yuqtirib olish mumkin. Olimlarning ta’kidlashicha, prionlarni o‘rganishning navbatdagi bosqichi tashxis testlarini ishlab chiqish bo‘lishi lozim. Tashxis testlari prion bilan og‘rigan bemorlarning ko‘z yoshlarini tahlil qilib, organizmda xavfli patogenlar mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Prionlar infeksiya tashuvchilarning alohida guruhiga tegishli anomal tuzilmaga ega oqsillardir. Ushbu oqsillar turli xil sut emizuvchilarda transmissiv bulutsimon ensefalopatiya, jumladan, yirik shoxlilar bulutsimon ensefalopatiya (“sigir quturishi” kasalligi)sini keltirib chiqaradi. Insonlardagi prion kasalliklarlarda bosh miya va boshqa organlarning asab tolalari zararlanadi. Hozirda bu kasalliklarga da’vo topilmagan. Download 49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling